ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

ADLIYA ARALASHGACH O'QITUVCHILARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI

Ko'kdala tuman adliya bo’limi tomonidan Ko'kdala tumani 75-maktab o'qituvchilari Z.I va M.Ilarning moddiy yordam pullarini to'lab berilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 14 500 000 so‘m moddiy yordam pullari tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga "TAQDIMNOMA" kiritilib, fuqaro Z.I va M.Ilarga 14 500 000 so‘m moddiy yordam pullari to'lab berilishi ta’minlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1🔥1
#Bilasizmi

📄 Quyidagi hollarda litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish lozim:

🔹yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari boʻyicha oʻzgarganda:

🔸jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganda;

🔹litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki bir nechta faoliyat turlari birlashtirilganda.

Asos:
"Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonun.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1🔥1
#Adliya_aralashgach

Zomin tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro S.Zning Zomin tumani, Qo‘rg‘on MFYda joylashgan savdo do‘koni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilganligi, biroq hokimlik tomonidan kompensatsiya to'lovlari to‘lab berilmaganidan norozi bo'lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro S.Zga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni hokimning 15.10.2011-yildagi 686-sonli qaroriga asosan buzib tashlangan, biroq kompensatsiya to‘lovlari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan.

Vaholanki, Fuqarolik kodeksining 163-moddasida mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni bartaraf etish haqidagi talablariga nisbatan da'vo muddati joriy qilinmaydi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga fuqaro manfaatida 163.688.934 so‘m zararni undirishni so‘rab da’vo ariza kiritildi va sudning hal qiluv qaroriga asosan qanoatlantirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥32👍2🎉1
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada 2 400 nafar fuqarolarning yer va mulkka bo‘lgan huquqlarini e'tirof etildi

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining joriy yil 21-oktabr kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 960 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatda jami 2 461 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏2🎉1
#Adliya_xabari

❗️"Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida 152 907 ta huquqiy muammosi aniqlandi

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibida viloyatda amalga oshirilayotgan "Huquqiy mahalla" loyihasi yuzasidan Adliya boshqarmasining hisoboti eshitildi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida o‘tkazilgan “Huquqiy mahalla” loyihasi davomida viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 171 ta mahallada joylashgan 144 458 ta xonadonlarning 130 899 tasiga uyma-uy yurgan holda o‘rganilib, uyma-uy yurish vaqtida hamda aqlli yondashuvlar asosida aholining 13 turdagi jami 152 907 ta huquqiy muammosi aniqlanib, mazkur aniqlangan huquqiy muammolarning 145 628 tasi vakolat doirasida ko‘rib chiqilib, hal etilganligi aytib o'tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3🎉2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Farg'onadagi FHDY organlarida nikohni tantanali vaziyatda qayd etish (Keytering) xizmatlari joriy etildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi fuqarolarga nikohni tantanali vaziyatda qayd etish jarayonlarida yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida yangi xizmatlarni taklif qilinmoqda.

Maqsad, viloyatning barcha tuman (shahar) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) boʻlimlarida nikohlanuvchi shaxslarning buyurtmasi asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bir martalik qoʻshimcha xizmatlar (fotosessiya, keytering, bezak ishlari va boshqalar) koʻrsatilishiga koʻmaklashish rejalashtirilgan.

Mazkur xizmatlar amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olingan hamkor tadbirkorlar orqali tashkil etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥7👍5👏2🎉2
Forwarded from Rasmiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔠 Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni
Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni.

Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim,
Ham g‘ururu ham sharaf-shon, Ona tilim
Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland,
Jonimiz senga fido, jon Ona tilim.

t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Avtomobilsiz_kun

📣Toshkent shahrida har oy bir kun davomida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

⚠️Bunda shaxsiy avtomobillar harakatlanishi cheklanib jamoat transportidan foydalanish targ‘ib qilinadi.

Adliya vazirligi jamoasi ham ushbu loyihada faol qatnashmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥84
#Adliya_aralashgach #bir_murojaat_izidan

Adolat qaror topgan kun yoxud yana bir fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi

Qiziriq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli maktab o‘quv hamshirasi S. F ishdan noqonuniy bo‘shatilganligidan norozi bo‘lib Qiziriq tuman adliya bo‘limiga murojaat qiladi.

Fuqaro S. F ning murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan darhol ish yurituviga qabul qilinadi va o‘rganish ishlari boshlab yuboriladi.

O‘rganish davomida, barcha huquqiy hujjatlar tuman adliya bo‘limi tomonidan qonuniy va vakolat doirasida chuqur o‘rganiladi.

Natijada, S. F, haqiqatan, ishdan noqonuniy bo‘shatilganlik fakti asosli deb topiladi va shu kunning o‘zidayoq tumandagi tegishli tashkilotga taqdimnoma ta'sir chorasi qo‘llaniladi.

Taqdimnoma natijalariga ko‘ra, S. F hozirda o‘zining ish joyiga, ya'ni maktab o‘quv hamshirasi lavozimiga tiklandi va uning buzilgan huquqlari tiklandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_aralashgach #bir_murojaat_izidan

Nega ko‘rsatilmagan xizmat uchun fuqarolar pul to‘lashi kerak?
| 5 000 000 so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik bekor qilindi

Boysun tumani "Ko‘chkak" mahallasida yashovchi fuqaro B. R va boshqalarning chiqindilarni tashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da noreal qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib "Onlayn-mahalla" platformasi orqali yo‘llagan murojaati Boysun tuman adliya bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Bo‘lim mas'ul xodimlari tomonidan holat batafsil o‘rganilganda, haqiqatan, fuqaro B. R va boshqalarning nomlariga Surxondaryo viloyat "Toza hudud" davlat muassasasi tomonidan abonent raqamlari shakllantirilib ularning nomiga noreal qarzdorliklar hisoblanganligi aniqlandi.

Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro B. R va boshqalarning nomlariga ochilgan abonent raqamlar o‘chirilishi hamda hisoblangan jami 5 000 000 so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik bekor qilinishini yuzasidan taqdimnoma ta'sir chorasi ishlab chiqilib tegishli tashkilotga yuborildi.

Natijada fuqaro B. R va boshqalarning nomlariga ochilgan abonent raqamlari o‘chirildi va hisoblangan jami 5 000 000 so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik bekor qilinishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
📚 Yuridik xizmat xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot

🔹
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Institutiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Institut hamda Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda Institut tinglovchilari uchun ish yurituvi na’munaviy bo‘lgan Yakkasaroy tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazida amaliy mashg‘uloti tashkillashtirildi.

🔹 Mashg‘ulot davomida tinglovchilar markaz faoliyati, soha bo‘yicha yuqori ish tajribasiga ega mutaxassislar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍61🔥1👏1