#Adliya_xabari
✅ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov boshchiligida tegishli sohalarda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Hay'at majlisi o‘tkazildi.
✅ Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yilning III choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
✅ Bundan tashqari, mavjud kamchiliklar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
✅ Shuningdek, yig‘ilish yakunida adliya organlari va muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍2👏1
#Adliya_aralashgach
#Sirdaryo_viloyati
Fuqaroga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli tovon puli to‘lanadigan bo‘ldi
Fuqaro X. Isakulov o‘zining sobiq ish joyi tomonidan sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun tovon puli to‘lanmayotganidan norozi bo‘lib, Guliston tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
Ushbu murojaat bo‘yicha adliya bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
▶️Batafsil👈
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

1👏7👍3❤2🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi
#Bir_murojaat_izidan
✅ Xalqimiz orasida “Ismigul” qo‘shig‘i bilan tanilgan iste’dodli ijodkor – O‘ktam Hakimov, mualliflik huquqlarini tiklab berish yuzasidan Adliya vazirligiga qilgan murojaati ijobiy hal etilganidan mamnunligini izhor etdi.
⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
📽Batafsil videolavhada 👆
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bir_murojaat_izidan
Ijodkor o‘z minnatdorchiligida ta’kidlab o‘tdiki, bu nafaqat bir fuqaroning mualliflik huquqlarini tiklanishi, balki barcha ijod vakillariga nisbatan ko‘rsatilayotgan e’tibor va qonuniy himoyaning yorqin namunasi hisoblanadi.
📽Batafsil videolavhada 👆
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥2👏1🎉1
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati
Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 458 mln. 289 ming 403 so‘m pul mablag'lari to'lab beriladigan bo'ldi
✅ Andijon viloyat adliya boshqarmasiga "Lux Hot House" mas’uliyati cheklangan jamiyati Andijon viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasidan bajarilgan ishlar qiymatini undirib berishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
✅ O‘rganish yakuni bo‘yicha Andijon tumanlararo Iqtisodiy sudiga tadbirkor manfaatini ko‘zlab da’vo ariza kiritildi.
✅ Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, javobgar Andijon viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hisobidan "Lux Hot House" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 458 mln. 289 ming 403 so‘m qarzni undirib berilishi belgilandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Andijon_viloyati
Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 458 mln. 289 ming 403 so‘m pul mablag'lari to'lab beriladigan bo'ldi
Xususan, tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, "Lux Hot House" mas’uliyati cheklangan jamiyati Shahrixon tumanidagi 68-son umumta’lim maktabining issiqilik tizimini mukammal ta’mirlash ishlarini olib borgan bo'lishga qaramasdan Andijon viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan tegishli to'lovlar amalga oshirilmagan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2👏1
#huquqshunos_oshxonasi
MIB qanday faoliyat bilan shugʻullanadi, aliment oldindan toʻlash tartibi qanday, alimentdan qochib, uzoq vaqt toʻlamay yurganda undiruvchi qayerga murojaat qilish kerak? Qaysi holatlarda xorijga chiqishga taqiq qoʻyiladi va uni qanday bekor qilish mumkin? “Huquqshunos oshxonasi”da mana shu savollarga javoblar yangradi.
Ko’rsatuvni quyidagi link orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=cGK3FBfsItk

YouTube
2 MLRD 442 MLN SOʻM ALIMENT | ADLIYA TV
MIB qanday faoliyat bilan shugʻullandi, aliment oldindan toʻlash tartibi qanday, alimentdan qochib, uzoq vaqt toʻlamay yurganda undiruvchi qayerga murojaat qilish kerak? Qaysi holatlarda xorijga chiqishga taqiq qoʻyiladi va uni qanday bekor qilish mumkin?…
👍2🔥1
📡 Raqamli ko‘nikmalar — zamonaviy davlat xizmatlari sari qadam
O‘zbekiston Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida sun’iy intellekt, Big Data va Data Science bo‘yicha besh kunlik amaliy trening tashkil etildi.
🇪🇺 Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Unda 30 nafar IT-mutaxassis zamonaviy texnologiyalar yordamida davlat xizmatlarining ochiqligi, tezkorligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi.
💡 Ishtirokchilar sun’iy intellekt asoslari, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), ma’lumotlar bazalarini boshqarish, axloqiy AI qo‘llash tamoyillari va IT-loyihalarni boshqarish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarni egalladilar.
🔹 Tadbir yakunida sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha loyiha g‘oyalari taqdim etildi. Bu tashabbus “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” maqsadlariga hissa qo‘shadi.

👍8❤2
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev hamda
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
✅ Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
✅ N. Muxammadiyev mazkur uchrashuvda KOICA agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmat muhitini yaratish va Koreya – O‘zbekiston huquq markazini tashkil etish” loyihasini (qiymati 14,5 mln AQSH dollari) O‘zbekiston huquq tizimi tarixidagi strategik tashabbuslardan biri ekanligini qayd etdi.
✅ Uchrashuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlari bilan quyidagi masalalar:
▪️Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni huquqiy tartibga solish holati;
▪️normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda sun’iy intellektdan foydalanish holati;
▪️mamlakatimizda huquqiy axborotni aholiga yetkazish, ushbu sohani raqamlashtirish, jumladan, Lex.uz qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi imkoniyatlari;
▪️Axborot texnologiyalarni huquqiy tartibga solish hamda qonun ijodkorligi faoliyatida sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni qo‘llash sohasidagi mutaxassislar hamda maxsus jihozlarga bo‘lgan ehtiyojlar muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv yakunida mazkur loyiha doirasida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Koreya – O‘zbekiston huquq markazi ikki davlat o‘rtasida huquqiy bilim va tajriba almashinuvi markaziga aylanishi hamda ushbu markaz Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Koreya hamkor tashkilotlari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlab, yangi ta’lim dasturlari, qo‘shma tadqiqotlar, seminar va konferensiyalar uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev hamda
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
Ma’lumot uchun: Mazkur loyiha nafaqat zamonaviy raqamli yuridik infratuzilmani, balki sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yuridik xizmatlarni rivojlantirishni, aholiga qulay va tezkor huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan.
▪️Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni huquqiy tartibga solish holati;
▪️normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda sun’iy intellektdan foydalanish holati;
▪️mamlakatimizda huquqiy axborotni aholiga yetkazish, ushbu sohani raqamlashtirish, jumladan, Lex.uz qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi imkoniyatlari;
▪️Axborot texnologiyalarni huquqiy tartibga solish hamda qonun ijodkorligi faoliyatida sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni qo‘llash sohasidagi mutaxassislar hamda maxsus jihozlarga bo‘lgan ehtiyojlar muhokama qilindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍6👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏23👍16🔥8❤5🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#San'at_va_ijod_himoyasi_oyligi
Ijodiy mulk – qonun himoyasida: Sirdaryo teatrida huquqiy tadbir
🔸Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🔹Tadbirda ijodiy soha vakillariga intellektual mulk tushunchasi, uning asosiy turlari – mualliflik huquqi, patentlar, tovar belgilari, sanoat namunalari va boshqa shakllari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu huquqlarning qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi, qanday hollarda va qanday tartibda himoya qilinishi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

👍7👏1