ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya boshqarmasida
tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish tartibiga doir talabnomalar topshirish yuzasidan amaliy mashgʼulot tashkil etildi.

Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan olib borilgan o'quv-seminarda tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni ro'yxatga olish bo'yicha mutaxasislar ishtirok etdi.

Davlat xizmatlari markazlarining tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun mas'ul xodimlariga tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish tartibi va im.adliya.uz saytidan foydalanish tartibi tushuntirildi.

Shuningdek, davlat xizmatlari markazlari direktorlari va mutaxasislarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🎬 "Zamin” axborot dasturi

🏢 "O'qituvchilarga ehtirom" huquqiy aksiyasi doirasida Jizzax shahar Adliya bo'limi tomonidan 1-oktyabr O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
#Adliya_tabrik

❗️Ustoz - qadri buyuk muallim

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va Rishton tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi rahbarlari "Oʼzbekiston Respublikasi xalq oʼqituvchisi" faxriy unvoni sohibi, Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Rahimov Hamidjon Mamajonovichni "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami bilan tabrikladilar.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi. Ustozlarimiz o'giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo'lmaymiz.

Barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamanglar!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya
#Öqituvchilarga_ehtirom

📣 “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman adliya bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy tadbir tashkil etildi.

▫️Tadbirda tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagog xodimlar ishtirok etishdi.

🔰 Tadbir avvalida, adliya bo‘limi xodimlari ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan tabriklab, ustozlarga samimiy tilaklar bildirishdi hamda pedagoglarning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasida ekanligi, shuningdek, pedagogik faoliyatga noqonuniy aralashuv uchun javobgarlik belgilanganligi yuzasidan tushunchalar berildi.

✔️Tadbir so‘nggida bir guruh soha xodimlariga tuman adliya bo‘limining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Бу_муҳим

Давлат хизматчилари учун муҳим янгилик: “MyDX: Davlat xizmatchisi” мобил иловаси ишга тушди


Президент ҳузуридаги Бошқарув самарадорлиги агентлиги ташаббуси билан яратилган инновацион платформа орқали давлат хизматчилари:

➡️Шахсий маълумотларини бошқариши;
➡️Ташкилоти учун энг зўр ташаббусларни таклиф қилиши;
➡️Шахсий ривожланиш режасини тузиши;
➡️Бўш иш ўринларига онлайн ариза бериши ва карьерасида янги чўққиларни забт этиши;
➡️Энг сара онлайн курсларда ўқиб, сертификат олиши ва электрон китобларни мутолаа қилиши мумкин.

Қулай интерфейс, замонавий дизайн ва янги имкониятлар — ҳаммаси бир иловада!

📲 Иловани юклаб олинг ва ундан мутлақо бепул фойдаланинг!

▫️Google Play
▫️AppStore

“MyDX: Davlat xizmatchisi” — рақамли бошқарувнинг янги қадами!

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩 “San’at va ijod himoyasi oyligi”

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor “Oktyabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilindi.

Ushbu tashabbus mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan.

Unutmang, mualliflik huquqini himoya qilish — bu faqatgina huquqiy jarayon emas, bu milliy merosni, milliy g‘ururni va o'zlikni saqlash demakdir.

📣 Keling, siz ham “huquqiy karvon”imizga qo‘shiling!
Ijodga hurmat — qonunlarga sodiqlikdan boshlanadi.


Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3👍2👏2
Maktabda yo‘qlama. Hamma shu yerdami?

O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Rahmat sizga ustozlar!

Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/nXf8w8rxpo4

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4
“Hurmatli ustoz doim e’zozdasiz!”

Bugun, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan adliya faxriylarining holidan xabar olindi. Ustozlarimiz uchun esdalik sovg‘alari topshirilib, yosh avlod va faxriylar o‘rtasida samimiy suhbatlar o‘tkazildi.

Bu uchrashuvning asosiy maqsadi – adliya tizimida ko‘p yillar xizmat qilgan, bilim va tajribasi bilan yosh avlodni tarbiyalagan ustozlarimizni e’zozlash, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorchilikni izhor etishdir.

Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va yoshlarga bergan bebaho saboqlaringiz doimo qadrlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8👍1