ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📌 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limiga tashrif buyurdi

🔰Joriy yilning 30-sentabr kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

📔 Ushbu Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda sud-tergov organlari bilan o‘zaro hamkorlik, hujjatlar almashinuvida elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli o‘rganildi.

Shuningdek, yangi ekspertiza turlarini joriy etish va sohani yanada takomillashtirish yuzasidan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

📌 Bundan tashqari, OAV hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari ishtirokida sud-ekspertizaning imkoniyatlari bo‘yicha press-tur tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
#Adliya_xabari

Adliya boshqarmasida
tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish tartibiga doir talabnomalar topshirish yuzasidan amaliy mashgʼulot tashkil etildi.

Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan olib borilgan o'quv-seminarda tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni ro'yxatga olish bo'yicha mutaxasislar ishtirok etdi.

Davlat xizmatlari markazlarining tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun mas'ul xodimlariga tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish tartibi va im.adliya.uz saytidan foydalanish tartibi tushuntirildi.

Shuningdek, davlat xizmatlari markazlari direktorlari va mutaxasislarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🎬 "Zamin” axborot dasturi

🏢 "O'qituvchilarga ehtirom" huquqiy aksiyasi doirasida Jizzax shahar Adliya bo'limi tomonidan 1-oktyabr O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
#Adliya_tabrik

❗️Ustoz - qadri buyuk muallim

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va Rishton tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi rahbarlari "Oʼzbekiston Respublikasi xalq oʼqituvchisi" faxriy unvoni sohibi, Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Rahimov Hamidjon Mamajonovichni "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami bilan tabrikladilar.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi. Ustozlarimiz o'giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo'lmaymiz.

Barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamanglar!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya
#Öqituvchilarga_ehtirom

📣 “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman adliya bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy tadbir tashkil etildi.

▫️Tadbirda tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagog xodimlar ishtirok etishdi.

🔰 Tadbir avvalida, adliya bo‘limi xodimlari ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan tabriklab, ustozlarga samimiy tilaklar bildirishdi hamda pedagoglarning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasida ekanligi, shuningdek, pedagogik faoliyatga noqonuniy aralashuv uchun javobgarlik belgilanganligi yuzasidan tushunchalar berildi.

✔️Tadbir so‘nggida bir guruh soha xodimlariga tuman adliya bo‘limining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6