ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo'lsin!

🤔Toshkent davlat yuridik universitetida ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🤔Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov ishtirok etib, ustozlarga Adliya vazirining tabrik so‘zini o'qib eshittirdi.

O‘qituvchi va murabbiylar – jamiyat taraqqiyoti, millat kelajagining eng ishonchli tayanchi sanaladi. Ular shogirdlarga bilim berish bilan birga yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni ham singdirib, yoshlarni komil shaxs etib tarbiyalashga beqiyos hissa qo‘shmoqda.


🤔Barcha ustoz va murabbiylarni samimiy tabriklaymiz. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat va faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Bugun, 30-sentabr kuni Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Hayotjon Qilichev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Unda joriy yilning 21-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi O'RQ-1083-son Qonun mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumot berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Urbandrive” nomli EHM uchun yaratilgan dastur DGU 54876-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

«Urbandrive» mobil ilovasi IOS va Android operatsion tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan. Dastur elektron savdo va xizmatlar sohasida marketpleys sifatida qo‘llaniladi. Avtomobil sotib olish niyatida bo‘lgan shaxslarga dastur orqali ilovada mavjud avtosalon (dilerlar) va ular taklif etayotgan avtomobillardan birini yoki bir nechtasini sotib olish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, foydalanuvchilar OneID tizimi vositasida avtomobil sotib olish uchun shartnomalar tuzishlari, avtomobil sotib olish uchun kredit olishga tijorat banklariga ariza yuborishlari va javobini olishlari, avtomobillarni bo‘lib to‘lash yoki lizing shartnomasi asosida olishlari ham mumkin. Dastur ishlash hududi jihatdan chegaralanmagan.

Bundan tashqari, ilovada berilgan buyurtma holati, uning logistikasi holati va muddatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan ham tanishtirib boriladi va bu maʼlumotlar ro‘yxatdan o‘tish davomida ko‘rsatilgan mijoz telefon raqamiga sms orqali push-xabarnoma sifatida ham yuboriladi.

EHM uchun yaratilgan dastur – kompyuter va mobil qurilmalar biron-bir vazifani bajarishi uchun maxsus tilda yozilgan aniq ko‘rsatmalar va qoidalar to‘plamidir.

EHM uchun yaratilgan dasturni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🎉32🔥1👏1
#adliya_xabari

NOTARIAT SOHASIDA ISLOHOTLAR


Bugun Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Qashqadaryo viloyatidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ–280-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda ularning amaliy samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, notariat xizmatlarini raqamlashtirish: “Notarius” axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish amalga oshirish mexanizmi tushuntirildi.

Shuningdek, notariuslar uchun yangi vakolatlar va ijro hujjatlari joriy etilishi va ayrim holatlarda hujjatlarning asl nusxasini talab qilish tartibini kamaytirish hamda xizmat sifati va fuqarolarga qulaylikni oshirish bo‘yicha viloyat boshqarmalar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4