ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📣Adliya vaziri A.Tashkulovning GFR Adliya va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federal vazirligi Parlament davlat kotibi Anette Kramme bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🔹Uchrashuv davomida, A.Tashkulov vazirlik faoliyati haqida, norma ijodkorligi, Germaniya Federal Adliya vazirligi xuzuridagi Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan yaqindan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi, Tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) yo‘nalishida birgalikda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilganligi hamda Yevropa Ittifoqining “TWINNING” loyihasi doirasida milliy qonunchilik bazasini tizimlashtirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

🔸Bundan tashqari, uchrashuvda Germaniya bilan adliya va huquq sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish maqsadida, Germaniyaning qonun ijodkorligi, qonunchilikka sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish, tartibga solish ta’sirini baholash siyosati, raqamlashtirish, huquqiy tizimda innovatsiyalar bo‘yicha tajribalarini o‘rganish, nemis tajribasi asosida davlat xizmatlari uchun mobil ilovalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

🤝🏻🖊️Uchrashuv davomida, Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vazirligi bilan huquqiy hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiyasi imzolandi.

Deklaratsiyaning imzolanishi ikki vazirlik o‘rtasidagi ilk hamkorlik hujjati hisoblanib, kelgusida vazirliklar o‘rtasida 8 ta yo‘nalishda:
🔻inson huquqlari,
🔻norma ijodkorligi,
🔻raqamlashtirish,
🔻korrupsiyaga qarshi ekspertiza,
🔻yuvenal yustitsiya,
🔻intellektual mulk himoyasi,
🔻arbitraj,
🔻oilaviy va fuqarolik ishlarida huquqiy yordam to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilish imkonini beradi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👏3🔥2👍1
#Adliya_xabari

Oʻqituvchiga ehtirom!

Bu yilgi aksiya ana shunday nomlandi! Adliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan “Oʻqituvchiga ehtirom” aksiyasi doirasida 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Namangan shahrida joylashgan 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida bir guruh taʼlim fidoyilari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan aksiyaning maqsad va vazifalari, bugungi kunda oʻqituvchilarga berilayotgan qonunchilikdagi imtiyozlar hamda “Pedagog maqomi toʻgʻridagi” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni haqida maʼlumot berdilar.

Uchrashuv yakunida oʻzining yoshlarga berayotgan beminnat bilimlari, faolligi, jonkuyarligi bilan soha xodimlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh ustozlar Namangan viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Eslatib oʻtamiz! Ushbu aksiya doirasida tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan Namangan viloyatida faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning muammolari oʻrganilib, ular oʻrtasida onlayn soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev tashrif davomida Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika Bosh markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika Bosh markazining Samarqand viloyati bo'limining ekspertlik yo’nalishlarini tegishli minimal talablarga mos ravishda zarur asbob-uskuna va boshqa jihozlar bilan ta’minlanganlik holati o'rganildi.

Mutaxassislar bu sohalarda strategik qarorlarni samarali amalga oshirish, tizimli yondashuvni ta’minlash hamda amaliyotdagi muhim jihatlarni kuchaytirish uchun barcha tegishli tuzilmalar o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishi zarurligini ta’kidladilar.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1👍1🔥1👏1
“E-huquqshunos” elektron tizimida yanada takomillashtirilmoqda.

Xususan xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar tomonidan loyihalar yaratishda “Kompozit” tarzda yuborish imkoniyati test rejimida ishga tushirilmoqda. Bunda xodimning arizasidan boshlab hujjat qabul qilinguniga qadar boʻlgan jarayonlar toʻliq “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi hamda xodimning “portfeli” modeli yaratiladi.

Bundan tashqari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun bir martalik majburiy muqaddam o‘zi ishlagan va yaqin qarindoshlari ishlaydigan tashkilotlarni belgilash orqali ushbu tashkilotlardan hujjat kelib tushishini cheklash imkoniyati yaratildi. Shuningdek bir martalik majburiy tanlovdan so‘ng, xodim tomonidan ixtiyoriy vaqtda tanlangan tashkilotni o‘chirish va yangi tashkilot qo‘shish imkoniyati qo‘shildi.

“E-huquqshunos” elektron tizimi foydalanuvchilar takliflari asosida doimiy ravishda yangilanib borilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1
🤝 Hamkorlik Memorandumi imzolandi!

🏛 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Squire Patton Boggs xalqaro yuridik firmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

📌 Memorandumga ko‘ra tomonlar:
– stajirovka va malaka oshirish dasturlarini joriy etish;
– qo‘shma konferensiya, seminar va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;
– tadqiqot natijalari va manbalardan birgalikda foydalanish;
– boshqa qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni ko‘zda tutmoqda.

🔰 Ushbu hamkorlik ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, akademik almashinuvni rivojlantirish hamda birgalikda o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratishga xizmat qiladi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
4👍1