ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📌 Prezident Farmoni va Hukumat qarori ijrosi yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF–157-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentabrdagi 594-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi ishchi guruhlari tomonidan Qibray, Toshkent, Yangiyo‘l tumanlari va Yangiyo‘l shahridagi tuman (shahar) hokimliklari, tibbiyot birlashmasi, mudofaa bo‘limi, qishloq xo’jaligi bo’limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Davlat xizmatlari markazlarida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilmoqda

❗️O‘rganishlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olmoqda:
• nikohlanayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibotlari va elektron ma’lumot almashish holati;
• mudofaa bo‘limlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish va “Raqamli hukumat” tizimi bilan integratsiya;
• davlat organlari va tashkilotlarida hujjat almashish jarayonlari hamda texnik imkoniyatlar;
• aholiga qulaylik yaratish maqsadida interaktiv infokiosklarning ishlashi;
• yer munosabatlari bo‘yicha yangi tartibotlarning amaliy ijrosi.


ℹ️ O‘rganishlar davomida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek, xodimlar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilishi belgilangan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Adliya_xabari

Sud-ekspertlik faoliyatida zamonaviy texnologiyalar: Samarqandda amaliy seminar

❗️Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-sonSud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazdi.

Seminarda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar - sud, prokuratura, Ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organi xodimlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.
👍6🔥2👏21
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 7-oktabr kuni davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10:00 dan boshlab videotasvirga olinib, internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍51👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Xorazm_viloyati

Adliya organlari tomonidan tashkil etilgan "Huquq sinf"larida olib borilayotgan dars mashg'ulotlari. Yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍31
🎉 O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami nishonlandi 🎉

🏛 Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institutda samarali faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga Adliya vaziri A. Tashkulovning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi hamda faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

👤 Institut direktori Y. Kanyazov tadbirni olib borib, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

🙌 Ustoz va murabbiylarning zahmatli mehnati, bilim berish yo‘lidagi fidoyiligi va sabr-toqatiga chuqur minnatdorlik bildirildi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
4🔥1