ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“E-ekspertiza” elektron axborot tizimini davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha davra suhbati o’tkazildi

Joriy yilning 29-sentabr kuni X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida “E-ekspertiza” elektron axborot tizimini davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga joriy etish hamda sud-tergov organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

📌 Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar prokuratura, ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organlari, shuningdek davlat sud-ekspertiza muassasalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

🔰 Mazkur tadbir davomida “E-ekspertiza” elektron axborot tizimini joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida taqdimot namoyish etildi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari tomonidan bildirilgan takliflari muhokama qilindi.

📔 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilab berilgan, shu jumladan, “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
🇺🇿🇩🇪 “Mediatsiya nizolarni hal qilish vositasi sifatida – nazariya va amaliyot” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
 
🔻Joriy yilning 29-30-sentyabr kunlari Adliya vazirligi, Toshkent Mediatsiya markazi va Germaniyada IRZ (“Deutsche Stiftung für Internationale Rechtliche Zusammenarbeit e.V.” / German Foundation for International Legal Cooperation) tashkiloti bilan hamkorlikda professional mediatorlar uchun “Mediatsiya nizolarni hal qilish vositasi sifatida – nazariya va amaliyot” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarning birinchi kunida:
▪️O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Maxmud Istamov,
▪️Germaniya Federal Adliya
va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vazirligining parlament davlat kotibi,
▪️Bundestag deputati,
▪️IRZ vaziylik kengashi prezidenti Anette Kramme nutq so’zladilar.


🔹Seminarda Germaniyalik mehmonlarga mediatsiya sohasidagi O‘zbekiston tajribasi hamda Berlin fuqarolik sudlarida sud mediatsiyasini muvofiqashtirish markazi rahbari va yer sudi sudyasi (iste’fodagi) Anne-Rut Moltmann-Villish xonim mediatsiya sohasidagi Germaniya tajribasi bilan bo‘lishib, faol mediatorlarga mediatsiya jarayonlari haqida amaliy keyslar bilan tushuntirishlar berdi.

💬Seminar jarayonida qizg‘in savol-javoblar, treninglar va professional mediatorlar uchun malaka oshirish suhbatlari bo’lib o’tdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
#Adliya_tabrik

❗️BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ USTOZLAR

Mehr nuri yog’ar doim, yuzingizdan ustozlar,
Yursam deyman shu tabarruk izingizdan ustozlar!
            
        
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan "O'qituvchilarga ehtirom" aksiyasi doirasida Farg'ona viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida ustozlarga navbatsiz xizmat bilan samimiy ehtirom ko'rsatilmoqda.

Ko'z nuri va qalb qo'rini, butun ongli hayotini bilim va tarbiya berishga, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

Sizga ta'zimdamiz - aziz ustozlar!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥2👏1
#Adliya_aralashgach

‼️Bayram arafasida pedagogning 25 000 000 so'mdan ziyod ustama pullari undirib berildi

Farg'ona viloyatining Furqat tumani adliya bo'limi tomonidan tumandagi 2-axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.D. ga ustama haqi to'lanmayotganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi.

Murojaatlarni o'rganish davomida tumandagi 2-axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.D. ga 13.09.2022 yil kunidan shu kunga qadar ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va psixologlarga beriladigan ustama pullari to'lanmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2008 yilgi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 173-sonli Qarorning 8-bandi 3-xatboshisida “20 foiz — ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va psixologlarga” ustama berilishi ko‘rsatilgan.

Tuman adliya bo'limi tomonidan sudga da'vo arizasi kiritilishi natijasida fuqaro M.D. ga 25 000 000 so'mdan ziyod ustama pullari to'lab berildi va 1-oktabr ustozlar va murabbiylar kuni arafasida o'qituvchining buzilgan mehnat huquqlari tiklanishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🎉2🔥1👏1
Adliya vazirligi tomonidan "Polifer" biologik faol qo'shimchasining kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish holati aniqlandi.

Huquq egasi "Euro Lifecare" MChJning murojaatiga asosan 2025-yil 22-sentabr kuni huquqbuzar yuridik shaxs faoliyatida tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida "Polifer/Полифер" tovar belgisiga iste'molchini fonetik jihatdan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan "Folifer/Фолифер" belgilaridan foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.

Shu bois, "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 37(1)-moddasiga asosan huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, ya'ni 82 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

🔈 Eslatma:
Agar sizning tovar belgilaringiz yoki boshqa intellektual mulk obyektlaringizdan noqonuniy foydalanish holatlari yuz bersa, Adliya vazirligining “1008” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Maktablarda huquqni qoʻllash amaliyotini toʻgʻri tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avval xabar berganimizdek Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Namunaviy maktab” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida ishchi guruh tomonidan Toshkent shahar Shayxontohur tuman 102-son maktabda huquqni qoʻllash amaliyotini toʻgʻri tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, maktab faoliyatidagi ishlarni raqamlashtirish, bino va sinf xonalarga qoʻyilgan talablarni birxillashtirish, rahbar xodimlar va oʻqituvchilar malaka talablarini toʻgʻri tashkil etish hamda “BPR” usulidan foydalanish orqali taʼlim sifatini va boshqaruv samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Sohaviy mutaxassislar bilan birgalikda oʻrganish davomida aniqlangan holatlarni bartaraf qilishning aniq mexanizmlari belgilab olindi.

Kelgusida maktab faoliyatini har tomonlama huquqiy taʼminlash orqali namunaviy ish yuritish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1