ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda

Ishchi guruh a’zolari dastlab Samarqand shaharining “Ko‘l” mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi PF–160-son hamda 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Shuningdek, mahalla yettiligiga yaqinda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari yetkazilganligi,  mahallada “@adliyaxabar_bot”ga ulanish ishlari yo‘lga qo‘yilgani, aholi uchun “Adliya burchagi” tashkil etilgani va bu orqali huquqiy axborotdan keng foydalanish imkoniyati yaratilgani diqqat markazda bo‘ldi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi doirasida tadbir o‘tkazildi

Tadbir davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, jumladan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, ularning murojaatlari o‘rganilib, tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Fuqarolarga pensiya, uy-joy hamda bandlik kabi masalalarda yordamlashildi.

Tadbirda ishtirok etgan shifokorlar tomonidan fuqarolarga sog‘liqlari bo‘yicha tavsiyalar berilib, bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo’ldi.


Xizmat safar doirasida Qarshi shahrida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar faoliyati o’rganilib, notarial idoralar hamda aholiga ko'rsatilayotgan huquqiy xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda amaliy samaradorligi tahlil qilindi.

Uchrashuvlar davomida mas'ul rahbarlar va notariuslar ishtirokida huquqiy xizmatlarning sifatini oshirish, fuqarolarga qulaylik yaratish va tizimda shaffoflikni ta'minlash masalalari muhokama qilindi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilib_oling

Xayriya qutilarini o'rnatish va ulardan foydalanish tartibi

(Ushbu tartib Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgаch amalga kiritiladi.)

Manba:
O'RQ–1083-son, 21.08.2025-yil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
“E-ekspertiza” elektron axborot tizimini davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha davra suhbati o’tkazildi

Joriy yilning 29-sentabr kuni X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida “E-ekspertiza” elektron axborot tizimini davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga joriy etish hamda sud-tergov organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

📌 Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar prokuratura, ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organlari, shuningdek davlat sud-ekspertiza muassasalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

🔰 Mazkur tadbir davomida “E-ekspertiza” elektron axborot tizimini joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida taqdimot namoyish etildi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari tomonidan bildirilgan takliflari muhokama qilindi.

📔 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilab berilgan, shu jumladan, “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
🇺🇿🇩🇪 “Mediatsiya nizolarni hal qilish vositasi sifatida – nazariya va amaliyot” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
 
🔻Joriy yilning 29-30-sentyabr kunlari Adliya vazirligi, Toshkent Mediatsiya markazi va Germaniyada IRZ (“Deutsche Stiftung für Internationale Rechtliche Zusammenarbeit e.V.” / German Foundation for International Legal Cooperation) tashkiloti bilan hamkorlikda professional mediatorlar uchun “Mediatsiya nizolarni hal qilish vositasi sifatida – nazariya va amaliyot” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarning birinchi kunida:
▪️O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Maxmud Istamov,
▪️Germaniya Federal Adliya
va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vazirligining parlament davlat kotibi,
▪️Bundestag deputati,
▪️IRZ vaziylik kengashi prezidenti Anette Kramme nutq so’zladilar.


🔹Seminarda Germaniyalik mehmonlarga mediatsiya sohasidagi O‘zbekiston tajribasi hamda Berlin fuqarolik sudlarida sud mediatsiyasini muvofiqashtirish markazi rahbari va yer sudi sudyasi (iste’fodagi) Anne-Rut Moltmann-Villish xonim mediatsiya sohasidagi Germaniya tajribasi bilan bo‘lishib, faol mediatorlarga mediatsiya jarayonlari haqida amaliy keyslar bilan tushuntirishlar berdi.

💬Seminar jarayonida qizg‘in savol-javoblar, treninglar va professional mediatorlar uchun malaka oshirish suhbatlari bo’lib o’tdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1