ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#etirof

Avval xabar berganimizdek, ICTWeek Uzbekistan 2025 haftaligi doirasida “Raqamlashtirish — transformatsiya drayveri: g’oyalardan aqlli yechimlarga” forumi bo'lib o'tdi.

Ushbu forumda Adliya vazirligi "My.gov.uz portalini rivojlantirish bo’yicha eng yaxshi hamkor tashkilot" deya e'tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5👏2🎉1
#Xalqaro_hamkorlik

🤔Joriy yilning 25-sentyabr sanasida Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev boshchiligida S&P xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida “S&P” xalqaro reyting agentligi tomonidan tuziluvchi xalqaro suveren kredit reytingi hisobotlarida aks ettirish maqsadida O‘zbekistonda sud-huquq, inson huquqlari, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.


🤔Tadbirda Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oliy sudning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash sohasiga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo‘ldi. Safarning dastlabki manzili Sirdaryo tumanidagi “PENG-SHENG” Xitoy–O‘zbekiston qo‘shma korxonasi bo‘lib, korxona faoliyati, bu yerda mahalliy bozor va eksport uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sirdaryolik 40 dan ortiq tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda biznes uchun yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi qulayliklar haqida ma’lumotlar berildi.

Muloqot samarali tarzda o‘tdi, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar va takliflar diqqat bilan tinglandi. Jarayonda 10 ga yaqin murojaat qabul qilinib, shulardan 6 tasi joyida o'z yechimini topdi, 4 ta masala o‘rganishni talab etishi tufayli ish yurituvga qabul qilindi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Oqoltin tuman adliya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi

Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Oqoltin tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jarayonda tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan ochiq muloqot qilib, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida markazdagi sharoitlar va mavjud infratuzilma o‘rganildi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, aholiga qulay xizmat muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda mas’ullarga xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va samimiylikni ta’minlash borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!

Sizlarni 26-sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdagi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishidagi, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini taʼminlashdagi masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Подписаться на канал 👇👇👇
https://t.me/pravoinf
#Adliya_xabari

Ustoz faxriylar hamisha eʼtibor va eʼzozda


🤔Adliya vazirligi tizimida bayramlar va alohida sanalar oldidan adliya organlarida koʻp yillar davomida mehnat qilgan, koʻplab shogirdlarni yetuk kadr sifatida yetkazib bergan ustoz faxriylar holidan xabar olish anʼanaga aylangan.

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faxriylar kengashi hamda Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida bir guruh faxriylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Ustozlar bilan bir piyola choy ustida diydorlashildi hamda ular uchun A.Navoiy nomidagi musiqali drama teatrida “Bu chollar yomon chollar” spektakli namoyish etildi.


🤔Adolat yoʻli — sharafli, shu bilan birga sermashaqqat yoʻl, bu tanlov jasoratni, fidoiylik va sadoqatni talab etadi. Umrini fuqarolarga xizmat qilish, qonun va tartiblar ijrosini taʼminlashga bagʻishlagan insonlar mehnati hamisha el ardogʻida.

🤔Soha faxriylari uchrashuvlar chogʻida yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik soʻrab qoʻllarini duoga ochishdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM