ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍10👏6🎉4
#Adliya_xabari

❗️Bayram tadbirida o'qituvchilar uchun bepul tibbiy ko'rik va sayyor qabullar bo'lib o'tdi

Farg'onadagi "O'qituvchilarga ehtirom" tadbiri davomida 50 nafardan ortiq o'qituvchiga birlamchi tibbiy xizmat va 47 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, tadbir davomida adliya boshqarmasi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudi hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 30 nafar o'qituvchiga tegishli huquqiy tushuntirish berilib, 3 nafarining murojaati ish yurituvga qabul qilindi.

Bundan tashqari, mazkur tadbir davomida Adliya boshqarmasi va hamkor tashkilot vakillari ishtirokida tadbir o'tkazilgan maktab o'quvchilari bilan ham uchrashuv tashkillandi. Namunali xulqi va a'lo baholarga o'qishi bilan o'rnak bo'lgan o'quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi va bayram tadbirlari yakunlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏21
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘istonda NNTlar faoliyati va mahalla infratuzilmasi o‘rganildi


Adliya vazirligi vakillari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri Shig‘iz MFY hamda Nukus tumani Samanboy MFYda Nodavlat notijorat tashkilotlari va Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi mablag‘lari hisobiga barpo etilgan obyektlar ko‘zdan kechirildi.

Safar davomida "mahalla yettiligi” bilan suhbat o‘tkazilib, infratuzilmani yaxshilash jarayonida NNTlarning kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Bu kabi muloqotlar NNTlarning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, mahallalarda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri “O‘zarxiv” agentligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Bugun, 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov “O‘zarxiv” agentligida bo'ldi.

Jarayon davomida agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov tomonidan vazirga arxiv sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, vazir O‘zbekiston Milliy arxivi faoliyati, joriy etilgan yangi ish uslublari va zamonaviy raqamlashtirish uskunalari bilan yaqindan tanishdi.

Sohadagi islohotlarni yana-da jadallashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish va arxiv ishlarida shaffoflikni taʼminlash, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalari hamda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥1👏1
#etirof

Avval xabar berganimizdek, ICTWeek Uzbekistan 2025 haftaligi doirasida “Raqamlashtirish — transformatsiya drayveri: g’oyalardan aqlli yechimlarga” forumi bo'lib o'tdi.

Ushbu forumda Adliya vazirligi "My.gov.uz portalini rivojlantirish bo’yicha eng yaxshi hamkor tashkilot" deya e'tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5👏2🎉1
#Xalqaro_hamkorlik

🤔Joriy yilning 25-sentyabr sanasida Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev boshchiligida S&P xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida “S&P” xalqaro reyting agentligi tomonidan tuziluvchi xalqaro suveren kredit reytingi hisobotlarida aks ettirish maqsadida O‘zbekistonda sud-huquq, inson huquqlari, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.


🤔Tadbirda Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oliy sudning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash sohasiga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2