ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada tadbirkor ayollar bilan noodatiy uchrashuv tashkil etildi

"Tovar belgisi hamda unga ega bo'lishning afzalliklari" mavzusida o'tkazilgan ushbu uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan o‘z brendiga ega bo‘lish hamda uning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir davomida tadbirkor ayollar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida tadbirkorlarga tushuntirishlar berish orqali profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

Shuningdek, 2025-yilning 8-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ–1080-son Qonuni bilan intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini, jumladan tovar belgisi, ixtirolar, dasturiy taʼminot, sanoat namunasi va boshqa obyektlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarliklar belgilanganligi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA ARALASHGACH

🔹Muammoga yillar davomida yechim topilmagan edi. Ammo adliya aralashgach, fuqarolarning huquqlari tiklandi. Shahrisabz shahrida xodimlarga tegishli ustama to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijasida yuz millionlab so‘mlar qayta undirib berildi…

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Farg'onada.

🔹Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Farg'ona viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarining faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔸Bugun vazirlik mas’ullari Beshariq, Bag'dod, Buvayda, Dang'ara, Furqat, Uchko'prik va O'zbekiston tumanlari Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔸O‘rganishlar davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini tez va oson taqdim etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish jarayonlari o‘rganilib, bu boradagi ishlar sifati tahlil qilindi.

🔸Shuningdek, tizim xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.
Endi vasiyatnoma oshkora tasdiqlanadi

Er-xotinlar birgalikda vasiyat qoldirishi mumkinmi? Meros shartnomasi otaning so‘nggi vasiyatidan ustunmi? Vasiyatnomadan bexabar aka-uka yoki opa-singillar merosdan mahrum bo‘ladimi?

“Yuridik klinika” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida ana shu dolzarb mavzuning huquqiy tomonlari muhokama qilindi. Prezidentning notariatga oid yangi qarori (PQ-280)da ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar va qulayliklar tushuntirildi.

❗️To‘liq video 👉🏻 https://youtu.be/tqKIa7vi0EM?si=qFnoQjk5jgSTkrPA

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Brendlarni milliy va xalqaro tartibda himoya qilish bo’yicha xalqaro hamkorlik amalga oshirilmoqda

Adliya vazirligida intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov va nodavlat notijorat tashkiloti shaklidagi Xalqaro tovar belgilari uyushmasining (INTA) Belgiyadagi vakili L.Tat bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda INTA tashkiloti intellektual mulk sohasini rivojlantirish, xususan intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilishda vazirlikning mas’ul xodimlarining malakasini oshirish, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda amaliy yordam berish, xalqaro shartnomalarga qo‘shilish masalalarida yo‘nalishlar berish va hammaga ma’lum tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlarini soddalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish yo‘nalishida samarali hamkorlik masalalari belgilab olindi.


Shuningdek, INTA tashkiloti vakillari tomonidan “Brendlarni milliy va xalqaro tartibda himoya qilish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi, bojxona, prokuratura organlari xodimlari, shuningdek advokatlar va patent vakillari ishtirok etdi.

Seminar-treningda milliy va xalqaro darajada tovar belgilarini huquqiy himoya qilish mexanizmlari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishning samarali yo‘llari va ilg‘or xalqaro tajribalar, intellektual mulk sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning intellektual mulk huquqlarini buzilishiga qarshi kurashishdagi o‘rni keng muhokama qilindi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev boshchiligidagi ishchi guruh ishtirokida Xorazm viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ–270-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan o‘tkazilgan seminar tafsilotlari.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

❗️ Maxsus reportaj: Prezident qarorlari hayotda va nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil, 8-avgustdagi «2020-2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida olib borilgan ishlar so‘xliklar hayotini butunlay o‘zgartirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, adliya organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha nazorat olib borishi belgilangan.


Shunga muvofiq, adliya organlarining ushbu qaror va topshiriqlari ijrosini taʼminlashi natijasida bugun So‘x tumanida qarorda ko‘rsatilgan barcha ijobiy o‘zgarishlar to‘lig‘icha amalga oshirilmoqda.

Batafsil videolavhada👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar VII Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi

🔻Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Yarmarkada o‘z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

Vaqti va sanasi: 20-21-sentabr kunlari

📍 Manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahri, (Ichan qal’a majmuasida).

❗️Barchani yarmarkada faol ishtirok etishga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga chaqiramiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot