ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sirdaryo_viloyati
#Adliya_aralashgach

Fuqaroning ko‘p yillik uy-joy muammosi adliya aralashuvi bilan ijobiy hal etildi


Sayxunobod tumani “Sintob” mahallasida yashovchi fuqaro tuman adliya boʻlimiga murojaat qilib, bir necha yillardan buyon uy-joyini oʻz nomiga rasmiylashtirish bo‘yicha qilgan urinishlari natija bermagani yuzasidan norozilik bildirdi.

▶️Batafsil👈

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bir_murojaat_izidan

📣 Fuqarolarning ustama haqlari undirib berildi!

Namangan viloyati, Davlatobod tumani adliya bo'limi tomonidan fuqaro T.B.ning Namangan viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida tibbiyot xodimi bo'lib ishlashi, amaldagi qonunchilik bo'yicha 2025-yil yanvar-aprel oylarida to'lanishi lozim bo'lgan ustama haqi to'lanmaganidan norozi bo'lib qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Natijada, Namangan viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga taqdimnoma kiritilib, fuqaro T.B.ga to'lanishi lozim bo'lgan 20 432 412 so'm miqdoridagi ustama haqlari toʻliq toʻlab berilishi ta'minlandi.

Yana bir holatda maktabning xodimlari A.Z.ga 18 131 739 so'm hamda N.Sh.ga 35 620 200 so'm to'lanmagan ustama pullari kiritilgan taqdimnoma natijasida to'liq to'lab berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV_biz_haqimizda

Andijon viloyatida advokatlar va tadbirkorlar bilan intellektual mulk masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil
etildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i B.Xasanov tomonidan Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan advokatlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda advokatlarga patent vakilligiga talabnoma topshirish tartiblari hamda patent vakillarining imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Adliya azirligi ishchi guruhi tomonidan Andijon tumani “Ipak yo‘li” EIZda tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va huquqiy himoya bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida, ishtirokchilarga joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Batafsil videolavhada 👈

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonunchilik hujjatlarining atrof-muhitga ta’sirini baholashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Finlyandiyaning Xelsinki universiteti Huquq ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda 2025-yil 17–18-sentabr kunlari “Qonunchilik hujjatlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash” mavzusida seminar tashkil etildi.

🔸Seminarda adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov, Finlyandiya Xelsinki universiteti Huquq ustuvorligi markazi direktori Tuya Braks hamda 20 ga yaqin vazirlik va idora vakillari qatnashdi.

🔹Seminar davomida Finlyandiya Adliya vaziri katta maslahatchisi Kaisa Tiusanen hamda ekologik baholash bo‘yicha ekspert Niina Pirttiniemi Finlyandiyaning qonunchilik hujjatlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash sohadagi ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, qonunchilik hujjatlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilayotgan uslubiyot loyihasi taqdimot qilindi.

🔸Tadbir yakunida qonunchilik hujjatlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash mexanizmlarini takomillashtirish kelgusida ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun muhim qadam bo‘lishi qayd etildi. Ushbu yondashuv nafaqat huquqiy siyosat samaradorligini oshirishda, balki ekologik xavflarni oldindan aniqlash va ularni kamaytirishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🌱 Yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiylalarni davlat hisobiga olish xizmatidan foydalanish yanada oson!

Endlikda arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

💠 Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik va jismoniy shaxslar.

🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofa qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofa qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 588-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🇵🇱🇺🇿 Polsha Oliy Sudi bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilandi

⚡️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilaridan iborat delegatsiya Polsha Oliy Sudida bo‘lishdi.

Bunda asosiy maqsad – sud tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

🤝Uchrashuv davomida sud ishlarini tashkil etish, sud qarorlarini sifatini oshirish, shuningdek, sud tizimi kadrlarini tayyorlashga qaratilgan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

📌 Uchrashuv jarayonida Polsha sud tizimining faoliyati bo‘yicha maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.
Ishchi guruh tomonidan tashkilotlar faoliyati o'rganildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan "Namunaviy tashkilot" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida nazorat qiluvchi organlarning mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Buxoro shahar iqtisodiyot va moliya bo'limi hamda 17-sonli umumiy umumiy o'rta ta'lim maktabida ekologiya, yong'in va texnika xavfsizligi, sanitariya-epidemiologik talablarga rioya etilishi hamda arxiv ishining yuritilish ahvoli o'rganildi.

O'rganish davomida aniqlangan holatlarni bartaraf qilish yuzasidan tashkilotlarga amaliy yordam berilib, tegishli uslubiy tavsiyalar taqdim etildi.

"Namunaviy tashkilot" loyihasi doirasida erishilgan natijalar respublika miqyosida ommalashtirilishi ta'minlanadi.