#Adliya_xabari
✅ Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i B.Xasanov tomonidan Andijon viloyat Andijon tumani “Ipak yo‘li” EIZda tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va huquqiy himoya bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuv davomida, ishtirokchilarga joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.
✅ Shuningdek, tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida tadbirkorlarga tushuntirishlar berish orqali profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
✅ Tadbir yakunida, ijtimoiy tarmoqlar orqali o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra "Hududdagi eng mashhur brend" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilgan "ANJAN" muzqaymog'iga adliya boshqarmasining sertfikat va esdalik sovg'alari topshirildi.
✅ Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan, "UZ-TIAN JIAO HONG AN" va "M PRINT" tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
✅ Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Xorazm viloyatida huquqiy masalalar va huquqiy xizmatlar sifatini o‘rganmoqda.
🔹Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Urganch shahridagi 5-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Adliya huquq sinfi”da yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
🔹Bugungi kunda Xorazm viloyatida hududlar kesimida 21 ta “Adliya huquq sinflari” tashkil etilgan bo'lib, o'quv davrida amaliyotchi huquqshunoslar, shu jumladan, adliya xodimlari tomonidan amaliyot darslarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
🔹Vazir o‘rinbosari o‘quvchi yoshlarning erishgan yutuqlari va yoshlarga ta’lim berish metodikasi bilan yaqindan tanishdi. Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida toʻxtalib, huquqshunos kasbining muhimligi xususida soʻz yuritdi.
🔹Shuningdek, Xorazm viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i va mas'ullari bilan Variativ o‘quv-rejalarini tasdiqlash va bu orqali o‘quvchilarga huquqshunoslik fanini yanada chuqurlashtirilgan holda o‘rgatish masalalari muhokama qilindi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DARDI HOL
Hujjat bor xotirjamsiz! Uyingizni qonuniylashtirishni kechiktirmang!
Bir martalik to’lov va soliqlarni to’lab, uyingizni qonuniylashtiring!

#taqdirlash
✅ Toshkent shahrida 11-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlarining taqdirlashga bag‘ishlangan xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.
✅ Forum doirasida ilk bor “EYUF Awards 2025” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazilib, 7 ta nominatsiya boʻyicha eng yaxshi stipendiatlar taqdirlandi.
✅ Shuningdek, akademik aloqalarni mustahkamlash va oʻzbekistonlik yoshlarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlashga katta hissa qoʻshgan hamkorlarga — vazirliklarga, davlat idoralariga va xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalariga tashakkurnomalar topshirildi.
🥇 Xususan, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, tanlov jarayonlarini huquqiy qoʻllab-quvvatlash va qonuniyligini taʼminlashda hamkorligi uchun Adliya vazirligi taqdirlandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Ma'lumot uchun, “El-yurt umidi jamg‘armasi” grandlari asosida 23 nafar xodim xorijiy OTMda tahsil olib kelib, vazirlik tizimida ishlab kelmoqda. Shundan, 5 nafari markaziy apparatda, 18 nafari adliya muassasalarida ishlamoqda. Shuningdek, hozirda 4 nafar tizim xodimlari xorijiy OTMlarda o‘qishmoqda.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
📣 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Xorazm viloyat davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi
🔰 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Xorazm viloyat davlat arxiviga tashrif buyurib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash, ish jarayoni, yaratilgan sharoitlar, shuningdek, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi.
✅ O‘rganish davomida, sohada mavjud muammo va kamchiliklar, ish faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish yuzasidan xodimlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Xorazm viloyat davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi
🔰 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Xorazm viloyat davlat arxiviga tashrif buyurib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash, ish jarayoni, yaratilgan sharoitlar, shuningdek, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi.
✅ O‘rganish davomida, sohada mavjud muammo va kamchiliklar, ish faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish yuzasidan xodimlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari N.Muxammadiyev Chust tumani tadbirkorlari bilan muloqot olib bordi.
Sayyor qabul shaklida tashkillangan ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — tadbirkorlarni qiynayotgan huquqiy masalalarni oʻrganish, ularning faoliyatida duch kelayotgan toʻsiq va muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatishdan iborat boʻldi.
Dastlab, Chust tumani adliya boʻlimida boʻlib oʻtgan muloqot davomida tadbirkorlar bir qator masalalarning ijobiy yechimiga doir takliflarni bildirdilar.
Muloqot davomida 15 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, masʼullar tomonidan 16 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi, shundan 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 7 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 3 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.
Jumladan, Chust tumani "Birlik" MFYda yashovchi Sh. Kalonov Xorijiy shaxs PNFL olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati ijobiy hal etilib, Xorijiy shaxs PNFL olib berilib, roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza qabul qilindi
Kunning ikkinchi yarmida, adliya vaziri oʻrinbosari tumandagi “Namangan metallurgiya zavodi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlar Yevropa va MDH davlatlariga eksport qilinadi. Hozirgi kunda 570 nafar ishchi oʻz faoliyatini olib boradi.
Bu yerda ham tadbirkorlar bilan ochiq va samimiy tarzda muloqot tashkil etildi. Tadbirkorlar asosan soliq imtiyozlari, yer ajratish, kredit olishdagi toʻsiqlar, kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlaridagi muammolar yuzasidan oʻz taklif va mulohazalari bildirdi.
Mazkur muloqotda, 10 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, 8 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi, shundan 3 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, oʻrganish talab etilgan 2 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.
Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yoʻlida amaliy choralar koʻrish taʻkidlandi.