🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Sirdaryoda xizmat safari davomida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy targ‘ibot yo'nalishi bo'yicha mas'ul bo‘lgan xodimlari bilan uchrashdi.
🔸Tadbirda Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi PF-160-son “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
🔹Farmonga asosan endilikda huquqiy axborotni tarqatishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.
🔸Ta’kidlanganidek, yangi tizimda “proaktiv qonunchilik” va “aqlli targ‘ibot” kabi zamonaviy tamoyillar asosida fuqarolarga huquqiy axborot yetkaziladi.
🔹Tadbirda huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov xizmat safari doirasida viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan axborot-tahlil, media va situatsion-tahliliy markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔸Shuningdek, vaziri o‘rinbosari Guliston shahar adliya bo‘limi binosida bo‘lib, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Binoda huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, qulayliklar va murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi o‘rganildi.
🔹M.Istamov sohaviy nazorat samaradorligini ta’minlash, huquqiy kontentlar va media materiallarni sodda va xalqchil tilda tayyorlash, fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasida o'z tavsiyalarini berdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🗓2026-yil 1-yanvardan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 30 turdagi hujjat va ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi. Xususan,
❌fuqaro doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi to'g'risida qayd varag'i;
❌vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi;
❌tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yo'llanmalar;
❌083 shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;
❌xo'jalik jamiyatining bankrotligi to'g'risida ma'lumot;
❌ chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha milliy sertifikat;
❌davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilish uchun yo'llanma;
❌barcha fanlardan bilish darajasini aniqlash bo'yicha milliy sertifikatni taqdim etish bekor qilinadi.
✅Ushbu turdagi ma'lumot va hujjatlar "Raqamli hukumat" tizimi orqali mas'ul davlat organlari tomonidan taqdim etiladi.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025-yildagi PF-157-son Farmoni.

🔹Ayni kunlarda Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatidagi davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad davlat xizmatlarini ko’rsatishda qonuniylikka erishish salmog'ini oshirish, sohada raqamlashtirishni yanada kuchaytirish orqali "qo'l usuli"dagi amaliyotga chek qo'yish, qonunbuzilishlarni viloyat, tuman, idora va xizmat turi kesimida real vaqt rejimida onlayn monitoring qilish imkonini yaratish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish va shu kabi samarali mexanizmlarni joriy etish bo'yicha takliflar berishdan iboratdir.
🔸Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jalik boshqarmasi va viloyat, shahar, tuman kommunal xizmat ko’rsatuvxhi tashkilotlar xodimlari bilan bevosita joyiga chiqqan holda uchrashuvlar o'tkazilib, sohada davlat xizmatlari ko'rsatilishi ahvoli tahlil qilinib, muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar kelishib olindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz
📍 Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan Toshkent shahridagi savdo obyektlarida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
ℹ️ Targ‘ibotlar davomida iste’molchilar va tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni realizatsiya qilishning salbiy oqibatlari hamda ularni sotganlik uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
✅ Shuningdek, joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1080-son Qonunning mazmuni tushuntirilib, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilgani alohida ta’kidlandi.
🎯 Targ‘ibot tadbirlarining asosiy maqsadi — aholining huquqiy savodxonligini oshirish va kontrafakt mahsulotlarning oldini olish ekanligi qayd etildi.
📚 Tadbir yakunida esa kontrafakt mahsulotlar haqida ma’lumot beruvchi kataloglar tarqatilib, aholining hushyorligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.