ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i B.Xasanov tomonidan Andijon viloyat Andijon tumani “Ipak yo‘li” EIZda tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va huquqiy himoya bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida, ishtirokchilarga joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida tadbirkorlarga tushuntirishlar berish orqali profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

Tadbir yakunida, ijtimoiy tarmoqlar orqali o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra "Hududdagi eng mashhur brend" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilgan "ANJAN" muzqaymog'iga adliya boshqarmasining sertfikat va esdalik sovg'alari topshirildi.

Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan, "UZ-TIAN JIAO HONG AN" va "M PRINT" tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Xorazm viloyatida huquqiy masalalar va huquqiy xizmatlar sifatini o‘rganmoqda.

🔹Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Urganch shahridagi 5-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Adliya huquq sinfi”da yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

🔹Bugungi kunda Xorazm viloyatida hududlar kesimida 21 ta “Adliya huquq sinflari” tashkil etilgan bo'lib, o'quv davrida amaliyotchi huquqshunoslar, shu jumladan, adliya xodimlari tomonidan amaliyot darslarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

🔹Vazir o‘rinbosari o‘quvchi yoshlarning erishgan yutuqlari va yoshlarga ta’lim berish metodikasi bilan yaqindan tanishdi. Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida toʻxtalib, huquqshunos kasbining muhimligi xususida soʻz yuritdi.

🔹Shuningdek, Xorazm viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i va mas'ullari bilan Variativ o‘quv-rejalarini tasdiqlash va bu orqali o‘quvchilarga huquqshunoslik fanini yanada chuqurlashtirilgan holda o‘rgatish masalalari muhokama qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DARDI HOL

Hujjat bor xotirjamsiz! Uyingizni qonuniylashtirishni kechiktirmang!

Bir martalik to’lov va soliqlarni to’lab, uyingizni qonuniylashtiring!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#taqdirlash

Toshkent shahrida 11-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlarining taqdirlashga bag‘ishlangan xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.

Forum doirasida ilk bor “EYUF Awards 2025” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazilib, 7 ta nominatsiya boʻyicha eng yaxshi stipendiatlar taqdirlandi.

Shuningdek, akademik aloqalarni mustahkamlash va oʻzbekistonlik yoshlarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlashga katta hissa qoʻshgan hamkorlarga — vazirliklarga, davlat idoralariga va xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalariga tashakkurnomalar topshirildi.

🥇Xususan, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, tanlov jarayonlarini huquqiy qoʻllab-quvvatlash va qonuniyligini taʼminlashda hamkorligi uchun Adliya vazirligi taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, “El-yurt umidi jamg‘armasi” grandlari asosida 23 nafar xodim xorijiy OTMda tahsil olib kelib, vazirlik tizimida ishlab kelmoqda. Shundan, 5 nafari markaziy apparatda, 18 nafari adliya muassasalarida ishlamoqda. Shuningdek, hozirda 4 nafar tizim xodimlari xorijiy OTMlarda o‘qishmoqda.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Xorazm viloyat davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi

🔰 Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Xorazm viloyat davlat arxiviga tashrif buyurib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash, ish jarayoni, yaratilgan sharoitlar, shuningdek, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida, sohada mavjud muammo va kamchiliklar, ish faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish yuzasidan xodimlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot