ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Пекин шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг расмий делегациялар аъзолари иштирокидаги музокаралари бўлиб ўтди.

В Пекине состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина с участием членов официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Qo‘shrabot tumani “Navkat” mahallasida "Farovonlik markazi" foydalanishga topshirildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

💧Yerosti suv olish inshootlarida o'rnatilgan suv hisoblash vositalarini ro'yxatga olish va muhrlash davlat xizmatidan foydalanish yanada oson!

Endlikda arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

💠 Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik va jismoniy shaxslar.

🏛 Vakolatli organlar: "O'zbekgidrogeologiya" davlat muassasasining hududiy gidrogeologiya stansiyalari hamda tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.

💰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori: BHMning 50 foizi.

⌛️Xizmat ko'rsatish muddati: 10 ish kuni.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 547-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bir_murojaat_izidan

🔹Fuqaro Diyorjon Xidirov qonuniy huquqlarini tiklab berish uchun Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

🔸Biror tashkilotda xodimning ish haqi to'liq to'lab berilmasa, bu holat shundayligicha qolib ketadi degan emas. O'z vaqtida to'lab berilmagan pul mablag'lari agar ular qonuniy bo'lsa albatta undiriladi. Mehnatga haq to'lash yurtimizda mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlab qo'yilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilarmidingiz

Yangi haydovchilik guvohnomasini ham onlayn rasmiylashtirish mumkin

📱 my.gov.uz orqali bu jarayon yana-da oson va qulay!

🔸Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud.

🪪 Tayyor guvohnomani, istasangiz, o‘zingizga eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga pochta xizmati orqali uyingizda qabul qilib oling!

🔹Hatto murojaatingiz holatini ham real vaqtda kuzatib borishingiz mumkin.

❗️Adliya vazirligi fuqarolarga qulaylik yaratishda va davlat xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirishda davom etadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yangi davr – yangi yondashuv: “Inson va qonun AI” start oldi

📰 “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan yangi gazeta – “Inson va qonun AI” nashr qilindi.

🧠 Sun’iy intellekt yozadi, inson esa tahrir qiladi!


🗞 “Inson va qonun AI” – bu an’anaviylik, texnologiya va huquq o‘rtasidagi ko‘prik.

👉 Elektron versiyani yuklab olish
XALQ ORASIDA MUALLIFLIK HUQUQI SOHASIDA ENG KENG TARQALGAN "TOP-5"LIK YANGLISH FIKRLAR REYTINGI
(1-qism)


1-FIKR. Yaratgan asarimni davlat ro‘yxatdan o‘tkazishim va guvohnoma olishim kerak, bo‘lmasam mualliflik huquqim himoya qilinmaydi.


Haqiqat: O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga asosan mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Yana qayta takrorlaymiz! Mualliflik huquqi obyektlarini hech qayerdan ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi va muallifning huquqlari asarga nisbatan har qanday holatda himoya qilinadi. Bunda eng asosiysi – muallif asarning yaratilganlik faktini o‘zi xohlagan usulda (internetda e’lon qilish, nashr qilish va b.) belgilab qo‘yishi mumkin.


2-FIKR. She’rini ruxsatsiz qo‘shiq qilgani uchun falonchi shoir mashhur xonandani sudga beribdi. Ie, shunaqa shoir bor ekanda?! She’ridan foydalangani uchun xursand bo‘lish o‘rniga darrov sudga beribdi-da!


Haqiqat: Afsuski, jamoatchilik orasida mualliflik huquqi obyektlariga (she’riy hamda nasriy asarlar, qo‘shiqlar, filmlar va b.) moddiy mulk kabi munosabatda bo‘lmay, uning qiymatiga past nazar bilan qarash shakllanib qolgan.
Shuni yoddan chiqarmasligimiz kerakki, mualliflik obyektlarining ham xuddi sizning moddiy mulkingiz, ya’ni mashinangiz yoki qimmatbaho taqinchog'ingiz kabi o‘zining egasi va bahosi mavjud.
Shunday ekan, “she’rdan ruxsatsiz foydalansa, nima qilibdi” deyishdan oldin o‘zimizning mulkimizni birov ruxsatsiz olib qo‘ysa va foydalansa, qanday ahvolga tushishimizni o‘ylab ko‘rsak, shoir va boshqa ijodkorlarimizni tushungan bo‘lardik. Chunki ular o‘z mulklarining egasi hisoblanadi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qonunchilik tahlili va tartibga solish samaradorligi haqida eng dolzarb ma’lumotlar endi bir joyda! t.me/tstb_uz

📣Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti – bu:
ijtimoiy munosabatlarni barqaror tartibga solish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va tahlillar;

qonunchilik hujjatlarini baholash orqali samarali va qulay huquqiy muhit yaratish;

qonun loyihalariga huquqiy, ilmiy va korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazish;

uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv kurslari orqali bilim almashish;

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va ilg‘or tajribalarni joriy etish.


Kanalimizda siz:

➡️qonunchilik sohasidagi eng muhim yangiliklar,

➡️ilmiy tahlillar va qiziqarli faktlar,

➡️xalqaro tajriba va amaliy misollar,

➡️regulyator siyosatdagi dolzarb mavzular bilan tanishib borasiz.

🎯Bizning maqsad – qonunchilikni yanada samarali qilish, fuqarolar uchun qulay muhit yaratish.
Siz esa bu jarayonlarning birinchi guvohi bo‘lishingiz mumkin!

🚀Kanalimizga a'zo bo'ling: t.me/tstb_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQ ORASIDA MUALLIFLIK HUQUQI SOHASIDA ENG KENG TARQALGAN "TOP-5"LIK YANGLISH FIKRLAR REYTINGI
(2-qism)

3-FIKR. Agar boshqa birovning ishini o‘zgartirsam, uni o‘zimniki deb da’vo qila olaman.


Haqiqat: Boshqalarning ishidan ilhomlanishingizga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi, lekin o‘zingizning ishingizga kelganda bo‘sh varaqdan boshlang va boshqalar yaratgan ijod mahsulidan nusxa ko‘chirishga urinmang.
Birovning ishini nusxalash yoki uni o‘z asaringiz yoki ilmiy ishingizga moslashtirish harakati cheklangan harakatdir. Buni oddiy qilib ko‘chirmachilik (plagiat) desak ham bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz: Ko‘chirmachilik uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik ham belgilangandir.
✍️ Sizga yoqqan ijodkorning asaridan faqatgina iqtibos keltirgan holda hamda cheklangan miqdorda foydalanishingiz mumkin. Albatta, bu sahifama-sahifa to‘liq ko‘chirib olish degani emas.


4-FIKR. Aslida bu mening g‘oyam edi, bu asar mening g‘oyam asosida yozilgan, demak, asarga nisbatan mualliflik huquqi mendan.


Haqiqat: O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, mualliflik huquqi g‘oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga tatbiq etilmaydi va bular mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydi.
Ushbu norma xalqaro miqyosda ham bekorga kiritilmagan. Chunki g‘oyani, fikrni har kim aytishi mumkin, lekin hamma ham uni obyektiv shaklga keltira olmaydi. Shu sababli, muayyan asarning obyektiv shakli yaratilgandan so‘nggina unga nisbatan mualliflik huquqi yuzaga keladi.


5-FIKR. Internetda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar "jamoat mulki". Shu sababli ulardan foydalanish bepul hamda qonunda bunga cheklov yo‘q.


Haqiqat: Odatda mualliflik huquqiga oid ish haqida gap ketganda, omma orasida keng tarqalgan: “Internet sahifalaridan oldim, u yerda joylashtirilgan ma’lumotlar "jamoat mulki" degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasiga asosan mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qiladi. Ushbu muddat o‘tgach, asar jamoat mulkiga aylanadi.
Shu sababli internet sahifalariga joylashtirilgan mualliflik huquqi obyektlarining hammasi ham jamoat mulki emas va ulardan foydalanilganda huquq egasidan ruxsat so‘ralishi shart.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Andijon_viloyati

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#hamdardlik

Adliya vazirligi jamoasi Adliya vazirligi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori o‘rinbosari Uzakov Uchkun Xamidovichning onasi Uzakova Maxfirat onaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Samarqand_viloyati

Adliya vaziri o'rinbosari M. Istamov Samarqand viloyatida aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Batafsil yuqoridagi lavhada👆

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Sirdaryo_viloyati

Sirdaryo viloyatida adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#bu_muhim

🚫Ortiqcha hujjat talab qilish taqiqlanadi

📄O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu ma’lumot va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olishi belgilangan.

Misol uchun,
▪️shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
▪️shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
▪️kadastr hujjatlari va ularning nusxalari
▪️ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma;
▪️narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma;
▪️sudlanganlik yoki sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma;
▪️manzil-ma’lumot axboroti kabi va boshqa ma’lumot va hujjatlarni davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan talab qilish bekor qilingan.


‼️Hurmatli fuqarolar! Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda Sizdan yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda Adliya vazirligining 1008 yoki 1148 ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot yoki hujjatlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Samarqand_viloyati

O‘qituvchining qonuniy manfaatlari ta’minlandi

🔘Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro A.Bning tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan 2007-2024-yillar uchun foydalanilmagan mehnat ta’til pullari kompensatsiya qilinmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

🔘O‘rganish natijasida fuqaro A.Bga jami 26 million 622 ming 281 so‘m miqdoridagi asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar to‘lab berilmagani aniqlandi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasida aniq belgilab qo‘yilganidek, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan asosiy va qo‘shimcha ta’til kunlari uchun kompensatsiya to‘lanishi shart.


🔘Mazkur holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi zimmasiga A.Bga tegishli kompensatsiya pullarini to‘lab berish majburiyati yuklatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxsdan tovon puli undirilishi belgilandi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, adliya organlari tomonidan “Selena Marketing International Sp.z.o.o.” kompaniyasining (Polsha) “TYTAN” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari Farg‘ona viloyatida joylashgan “Q.S.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Q.S.” MChJ tomonidan “TYTAN” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotuvga taklif etilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “Q.S.” MChJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda kontrafakt mahsulotlaridan “TYTAN” tovar belgilarini olib tashlash, buning imkoni bo‘lmagan taqdirda, tegishli tovarlarni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.

Shuningdek, holat yuzasidan “Selena Marketing International Sp.z.o.o.” kompaniyasining vakili sudga murojaat qildi va adliya organlari tomonidan berilgan fikrlarni inobatga olgan holda sudning 25.08.2025-yildagi qarori bilan “Q.S.” MChJga o‘zida mavjud bo‘lgan kontrafakt mahsulotlarni o‘z hisobidan yo‘q qilinishi hamda huquqbuzardan 11 mln. so‘m miqdorida tovon puli va 9 mln. so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hudud #Namangan

Adliya vazirligi mas'ul xodimlari Namangan viloyatining Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq tumani adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi.

🔸Xizmati safarida davomida adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

🔹Shuningdek, Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM