ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qonunlar Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi

🔹Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlar joriy yilning 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilindi.

1. Qayd etish kerakki, yangi tahrirdagi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan qonunchilikka bozor tamoyillariga asoslangan zamonaviy korporativ munosabatlarga oid qoidalarni joriy qilishga qaratilgan.

🔹Shuningdek, Qonunda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning filiali va vakolatxonalarini, sho‘ba va qaram xo‘jaliklarini ochish, kuzatuv kengashining vakolatlari hamda a’zolarini saylash, jamiyat umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashining qarorlarini sirtdan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilish tartib-taomillari, jamiyat boshqaruv organlari rahbarlarining fidutsiar majburiyatlarini, shuningdek, minoritar va majoritar ishtirokchilarining tushunchasini va ularning jamiyat faoliyatidagi ishtiroki hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqiy kafolatlariga oid boshqa bir qator qoidalar nazarda tutilmoqda.

🔹Mazkur Qonun qabul qilinishi jamiyat ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga, qonunchilikka zamonaviy korporativ munosabatlarni joriy qilishga hamda mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.


2. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan yer, ta’lim, soliq, raqobat, tadbirkorlik va boshqa sohalarni tartibga soluvchi 12 ta qonun hujjatlaridagi nomuvofiqliklar bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.

🔹Xususan, Qonun bilan “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda Iqtisodiy protsessual, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, Soliq va Shaharsozlik kodekslariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

🔹Masalan, “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonunga mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini olib kelishni tashkil etish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

🔹Ta’kidlash lozimki, mazkur Qonunning qabul qilinishi qonunchilik hujjatlaridagi bo‘shliqlar va nomuvofiqliklar bartaraf etilishiga, huquqni qo‘llash amaliyoti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlari ishonchli tarzda himoyasi ta’minlanishiga xizmat qiladi.


🔹Muhokama natijalariga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan Qonunlar Oliy Majlis senatorlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | DXM xodimlari uchun o’quv kurslari


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida gazeta nashr etildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Huquqiy_mahalla

Huquqiy mahalla doirasida — Yuqori Mudin MFY aholisining 300 ga yaqin huquqiy muammolari o'z yechimini topdi!

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Koson tumanidagi Yuqori Mudin mahallasi huquqiy mahalla sifatida e’tirof etildi.

👥 Mahallada 2818 nafar aholi istiqomat qiladi, jami 604 ta xonadon mavjud bo‘lib, ko‘pchilik aholining asosiy faoliyati — tadbirkorlik.
Loyiha doirasida:

📍aholiga huquqiy tushuntirishlar berildi;

📅 200 ga yaqin davlat va FHDYO xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.

➡️ Shu jarayonda aholining ijtimoiy muammolari ham hal etildi:

Xusanov Murodulla Qo‘chqorovich — 1-guruh nogironiga karset topshirildi.

Bozorova Sadoqat — Yuqori Mudin MFYdan, Koson tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limiga hamshira sifatida ishga qabul qilindi.

Ergashev Muzaffar Tursunpo‘latovich — nogironlik aravachasi bilan ta’minlandi.

👉 “Huquqiy mahalla” loyihasi aholining huquqiy savodxonligini oshirish, davlat xizmatlarini joylarda tezkor yetkazish va ijtimoiy muammolarni hal qilishdir.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

🚌 Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlar mahalliy budjetdan qoplab berilishidan xabardormisiz?

Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

👫Ariza beruvchilar toifasi: tijorat asosida yo‘lovchilar tashish xizmatini ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxslar.

🏛 Vakolatli organlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan komissiyalar.

💰 Xizmat bepul korsatiladi.

⌛️Xizmat ko'rsatish muddati: 8 ish kuni.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 718-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ul xodimlari Namangan viloyatidagi Norin, Uchqo’rg’on, Yangiqo’rg’on hamda Kosonsoy tumani adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi.


O‘rganishlar davomida soha xodimlarini ish hajmini avtomatlashtirish, jamoaviy birdamlik ruhini ko‘tarish, kasb etikasiga rioya qilish va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini tez va sifatli ko‘rsatish lozimligini ta'kidlandi.

Shuni kuni Kosonsoy tumanida qad rostlagan adliya bo’limi binosidagi ta’mirlash va pardozlash ishlari ko'zdan kechirildi. Barcha qulayliklarni o’z ichiga olgan zamonaviy va ko’rkam binoni foydalanishga topshirilishi kosonsoyliklarga qulaylik yaratishi ta'kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Hamkorlikning yangi ufqlari: “Madad” NNT va Shveysariya Hamkorlik va Rivojlanish Agentligi uchrashuvi!

Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot