ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev bilan Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi Milliy qo‘mitasi aʼzosi, Inson huquqlarini oʻrganish boʻyicha Xitoy jamiyati raisining oʻrinbosari janob S. Szyango boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda Sh. Rabiyev O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida izchil rivojlanib borayotgan o‘zaro hamkorlikni ta’kidlab, mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, adliya va huquq tizimini takomillashtirish, inson huquqlari, huquqiy targ‘ibot, yuridik ta’lim va qonuniy manfaatlarni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar alohida qayd etildi.

🤝Janob SZYAN Szyango samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash O‘zbekiston va Xitoy uchun ustuvor masala ekanini ta’kidladi.

🔹Mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi, inson huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan milliy qonunchilik normalari, Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

🔸Uchrashuv yakunida janob SZYAN Szyango taqdim etilgan batafsil ma’lumotlar uchun minnatdorlik izhor etdi. U mazkur tashrif ikki tomonlama do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etar ekan, kelgusida ham o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanligini bildirdi.

🤝Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi faoliyati kompleks o‘rganildi


Adliya vazirligining 2025-yil II yarim yillik ish rejasi ijrosi doirasida joriy yilning 11–18-avgust kunlari Samarqand viloyat adliya boshqarmasi faoliyati kompleks tekshiruvdan o‘tkazildi.

18-avgust kuni vazir o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari M.Istamov hamda ishchi guruh a’zolari ishtirokida Samarqand viloyat adliya boshqarmasini kompleks o‘rganish yakunlari bo‘yicha hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Hay’at yig‘ilishida adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan ayrim xodimlarga tegishli choralar ko‘rildi.

O‘rganish davomida aniqlangan juz’iy kamchiliklar joyida bartaraf etildi, qolgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud
#Qashqadaryo_viloyati

Xodimning 137 232 148 so‘mlik foydalanilmagan mehnat ta'tili pullari undirib berildi.

Muborak tumani, “Ko‘hna shahar” MFYda yashovchi fuqaro Ch.O tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025-yil 4-yanvar kuni bekor qilingan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati Muborak tumani adliya bo‘limi tomonidan o'rganib chiqildi.

O'rganish natijasiga ko'ra, adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Natijada, ushbu da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaroning foydasiga 137 232 148 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot