ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri kunning ikkinchi yarmida Namangan viloyati davlat arxivida boʻldi


Adliya vaziri Namangan viloyatidagi xizmat safari davomida yaqida zamonaviy koʻrinishda qad rostlagan viloyat davlat arxivida boʻlib, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi.

Arxiv xodimlari bilan suhbatda, sohani yanada takomillashtirish, hujjatlarni saqlash va raqamlashtirish jarayonlarni jadallashtirish kerakligini taʼkidlandi.

Shuningdek, ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari talablarining bajarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#hamdardlik

Adliya vazirligi jamoasi Xalqaro-huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi bo’lim boshlig’i Shermatova Anjelika Azalxanovnaga otasi Bekirov Azalxan Muxtasovichning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Aholiga sifatli davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_va_yoshlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqandda “Yoshlar ishsizligiga barham berish, jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan respublika amaliy seminari"da Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiev ishtirok etib, “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning zamonaviy mexanizmlari (Oʻzbekiston tajribasida)” mavzusida nutq soʻzladi.

🔹Taʼkidlandiki, Adliya vazirligi tizimidagi 4 460 nafar yoshlar 1 004 nafar adliya xodimlariga biriktirilgan. Mazkur yoshlar bilan manzilli ishlarni tashkil qilish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Biriktirilgan yoshlardan 2 013 ta muammolari aniqlanib, shundan 1 653 nafar yoshlarning muammolari ijobiy hal qilingan.

🔹Sh.Rabiev oʻz nutqida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning zamonaviy mexanizmlari (Oʻzbekiston tajribasi) va ularni amaliyotda qoʻllash boʻyicha vazirlik tomonidan bugunga qadar bajarilgan ishlar koʻlami bilan tanishtirdi. Shuningdek, yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishga oid takliflarni bildirdi.

🔹Maʼlumot uchun: Adliya vazirligi tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlarda 1 960 dan ortiq chiqishlar, mahallalarda 6 686 ta seminar, davra suhbatlar, “Maʼrifat nuri-Jadidlar”, “Islohotlarga daxldorman” hamda “Mening Vatanim” shiorlari ostida jami 400 dan ortiq targʻibot tadbirlari, “Adliya kubogi”, “Shijoat va gʻayrat” harbiy sport musobaqalari, “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida mini futbol musobaqalari, “Huquqingni bil” va “Huquqiy bilimlar kuni” flesh mob aksiyasi doirasida respublika boʻyicha 2 100 nafar yoshlar ishtirokida “Yoshlar - huquqiy sayli” tashkil qilindi. Mahallalarda uyma-uy yurgan holda 226 mingdan ortiq xonadonga kirilib, huquqiy tushuntirish berildi. 208 ta tuman (shahar)dagi maktablarda oʻqituvchilar va taʼlim oluvchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida “Huquq sinfi” hamda boshqa tadbirlar tashkil etildi.


🔹Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish – faqat huquqni muhofaza qilish organlarining emas, balki butun jamiyatning masʼuliyati. Kompleks yondashuv, yaʼni taʼlim, tarbiya, psixologik yordam, bandlik va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish birgalikda amalga oshirilsa, jinoyatchilik darajasini sezilarli kamaytirish mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Zodac" va "Edem" dori vositalarining kontrafakt nusxalari aniqlandi.

Adliya vazirligi tomonidan "Opella Healthcare" (Fransiya) va "Farmak" (Ukraina) kompaniyalarining murojaatlariga asosan 3 nafar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazildi.

Tekshiruvlar natijasida yuqoridagi farmatsevtika brendlaridan foydalangan holda 3000 ga yaqin kontrafakt biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 200 baravari miqdorida jarimalar qo‘llanildi.

🔵Ma'lumot uchun, biologik faol qo'shimchalar da'volash xususiyatiga ega bo'lmagan minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o‘simlik ekstraktlari, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan tabiiy komplekslardir.

❗️ Hurmatli iste’molchilar, kontrafaktga aldanib qolmang! Zero, o‘zingiz va oilangiz sog‘ligi o‘z qo‘lingizda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ortga qaytmas islohotlar | Toshkent shahri Shayxontohur tumani davlat xizmatlari markazi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aksiya

🪴“Xonam uchun gul” aksiyasi


Adliya vazirligida xodimlar oʻrtasida ekologik madaniyatni shakllantirish va yashil muhit yaratish maqsadida “Xonam uchun gul” aksiyasi oʻtkazildi. Unda barcha xodimlar oʻz xonasiga gul olib kirib, ish joylarini yanada shinam va koʻrkam muhitga aylantirishdi.

🌿Gullar nafaqat ishxonaga nafosat bagʻishlaydi, balki tabiatni asrash yoʻlidagi eng kichik, ammo qimmatli qadam hamdir.

❗️Eslatib oʻtamiz, xodimlarning ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish, atrof-muhitni asrash, resurslardan oqilona foydalanish hamda soʻnggi islohotlar haqida tezkor xabardor qilish maqsadida Prezidentning 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qaroriga muvofiq, Adliya vazirligida ekologik targʻibot guruhi tashkil etilgan. Mazkur aksiya ushbu targʻibot guruhi tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari huquqiy targ‘ibot tadbirlari ko‘lamiga oid taqdimot bilan tanishdi.

“Huquqiy targ'ibot kuni” fuqarolarning huquqiy muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etishda muhim qadam bo‘ldi. Bugungi kunda haftaning har chorshanba kunida Samarqand viloyatidagi tuman adliya bo‘limlari tomonidan ushbu tadbir doirasida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar aholining huquqiy madaniyati yuksalib, mazkur yo‘nalishdagi muammolarni kamayishiga xizmat qilmoqda.


👍Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Samarqand shahar "Devori ko‘ndalang" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" doirasida olib borilayotgan huquqiy targ‘ibot ishlari, aholining huquqiy muammolarini o‘rganish jarayoni ko‘lami hamda boshqarma tomonidan tashkil etilgan “Huquqiy maslahat burchagi” va uning afzalligiga oid taqdimot bilan tanishdi. Unda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, qonunchilikdagi yangiliklarni yetkazish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari haqida keng ma’lumot berildi. Mazkur tashabbus o‘zini oqlasa kelgusida Samarqand tajribasi sifatida hududlarda ham joriy etilishi ta’kidlandi.

👍Shuningdek, mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat jarayonida aholining huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, huquqiy axborotni sodda va xalqchil uslubda yetkazish, turli ijtimoiy qatlam vakillariga mos yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi.

👍Muloqot davomida mahalla vakillari o‘z taklif va fikrlarini bildirdi. Adliya vaziri o‘rinbosari bu takliflarni amaliyotga tatbiq etilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Xususan, “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasidagi tadbirlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilishi kerakligi, bu boradagi hamkorlik ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini qayd etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta'minlash


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov, shuningdek xonandalar Doston Ergashov va Asilbek Amanulloh ijrosidagi qo‘shiqlardan muallifning ruxsatisiz foydalangan didjey qonunchilikka muvofiq jarimaga tortildi.

🔹Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Navoiy viloyati bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan monitoring tadbirlari natijasiga ko‘ra, “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov va xonandalar Doston Ergashov ijrosidagi “Uylanamiz”, shuningdek Asilbek Amanulloh (Negmatov) ijrosidagi “Oppoq aka” nomli qo‘shiqlar fuqaro I. Ruziyev tomonidan muallifning ruxsatisiz hamda tegishli yozma shartnoma tuzmagan holda, Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan “Registon” nomli to‘y-marosimlar markazida omma e’tiboriga havola etilgani aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM