ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Yuridik xizmat sohasi boʻyicha faoliyat yurituvchi hududiy adliya organlari mas’ul xodimlari bilan bilan muloqot shaklidagi tadbir tashkil etildi.

🔸Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha onlayn muloqot tashkil etildi.

🔹Mazkur muloqotda hududiy adliya boshqarmalarining Markazlar faoliyatiga mas’ul oʻrinbosarlari hamda sohani muvofiqlashtirish boʻyicha bosh maslahatchilar ishtirok edi.

🔸Muloqot davomida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining “Chortoq tajribasi” asosida ishga tushirilgan funksiyalarini ommalashtirish, shuningdek test rejimida Namangan viloyatidagi Markazlar uchun ishga tushirilgan eksterritorial taqsimot funksiyasini barcha hududlarga bosqichma-bosqich ishga tushirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

🔹Shuningdek, hududiy adliya boshqarmalarining mas’ul xodimlari tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimidagi muammolar hamda xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlardagi kamchiliklar mavjudligi bildirildi, Vazirlik xodimlari ushbu holatlar oʻz fikrlarini bildirishdi va tegishli koʻrsatmalar berishdi.

🔸Bu kabi muloqotlar sohada uchrayotgan kamchiliklar hamda muammolarni operativ ravishda bartaraf etish hamda tizimli ravishda ishlarni tashkil etish uchun xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi mas'ullari Jizzax viloyatidagi xizmat safari davomida tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

🔹 Adliya vazirligi mas'ul xodimlari Zafarobod, Do’stlik, Arnasoy, Sharof Rashidov tumanlarida bo'lib, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyatini o'rgandi. Dastlab, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishildi.

🔸 Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

🔹 Shuningdek, jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatilib, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan hukumat soatida “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish hamda qonunchilik hujjatlarini sifatli tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” axborot berdi


Yangi O‘zbekistonning qonunchilik bazasi yuqori sur’atlarda yangilanmoqda. Hozirgi kunda normativ-huquqiy hujjatlar fondi 26 mingdan ortiq hujjatni o‘z ichiga oladi, shundan 17 mingtasi yoki 65 foizi oxirgi 7 yilda qabul qilingan. Bu esa norma ijodkorligi jarayonlari shiddat bilan rivojlanayotganini, huquqiy tizim zamon talablariga tezkor va moslashuvchan tarzda yangilanib borayotganini yaqqol ifodalaydi.

So‘nggi yillarda qonun ijodkorligidagi faollik ko‘rsatkichlari ushbu jarayonning yaqqol tasdig‘idir. Masalan, 2016-yilga qadar har yili 15-20 ta qonun qabul qilingan bo‘lsa, 2024-yilda bu raqam 125 taga yetdi — bu 5 baravar o‘sish degani.

O‘z o‘rnida, vazirlik va idoralarda ham norma ijodkorligi borasidagi ko‘nikma va mas’uliyat darajasi hamon yetarli emas. Bu, ayniqsa, Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza uchun taqdim etilayotgan qonun loyihalarining sifat darajasi pastligi orqali yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Misol uchun, Adliya vazirligi tomonidan oxirgi bir yarim yilda 355 ta qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu loyihalarning 68 tasi (yoki 19 foizi)ni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa berilgan.


Vazirlik va idoralar tomonidan loyihalar dastlabki bosqichda sinchkovlik bilan tekshirilib, korrupsiya omillarini bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligi natijasida Adliya vazirligiga kiritilayotgan loyihalarda korrupsiya omillar kamaymoqda.

Xususan, Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaviy omillar aniqlangan loyihalar soni 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 5 foizga, korrupsiyaviy omillar soni esa 37 foizga kamaygan.

Joriy yildan boshlab har bir qonunchilik hujjati loyihasi ishlab chiqilishidan oldin, uning konsepsiyasi o‘rganiladi, ya’ni dastlab mavjud muammo tahlil qilinib, ushbu hujjatni qabul qilish zarurati bormi yoki yo‘qmi, degan savolga aniq javob beriladi. Bunda, taklif etilayotgan huquqiy norma haqiqatan ham mavjud muammoni hal qila oladimi yoki unga nisbatan arzonroq va samaraliroq boshqa variantlar mavjudmi – shular o‘rganiladi. Bu bosqichdan o‘tmagan qonunchilik takliflari loyiha sifatida umuman ishlab chiqilmaydi.

Shu tarzda samara bermaydigan yoki ortiqcha cheklov, asossiz majburiyat va iqtisodiy yuklama keltirib chiqaradigan tashabbuslarning boshidanoq oldini olish imkoni paydo bo‘ldi. Ushbu tizimning joriy etilishi natijasida joriy yilning o‘zida o‘rtacha 2,5 trln so‘m qiymatdagi samarasiz va ortiqcha xarajat keltiradigan talablar chiqarib tashlandi.


Tartibga solish ta’sirini baholash instituti – fuqarolarimiz manfaatini himoya qiladigan, tadbirkorlik muhitini yaxshilaydigan va davlat boshqaruvini samarali hamda shaffof qiladigan muhim huquqiy filtr sifatida xizmat qiladi.

Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, loyihalarni ta’sirini baholash ko‘rsatkichi 2021-yilda 25 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 100 foizga yetkazildi.

Shu maqsadda qonunlarning ko‘zlangan maqsadlariga xizmat qilayotganini, yetarli resurslar bilan ta’minlanganini va ijrosi qanday natija berganini aniq ko‘rsatkichlar asosida baholaydigan tizim yaratishga kirishildi. Qonunni KPIni hisoblash yo‘lga qo‘yildi. Avvalo, maxsus uslubiyot ishlab chiqildi va aholi hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi qonunlar tajriba-sinov tariqasida baholandi. Bu jarayonda qonunning nazariy asoslaridan tortib, hududlardagi amaliyotgacha o‘rganildi, aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazildi. KPI baholangan qonunlarning natijadorligi ular amalda to‘liq ishlamyotganligini ko‘rsatmoqda. Xususan, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonun 8 foizga, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun 40 foizga, “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun 34 foizga, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun 38 foizga ish ishlayapti xolos.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A. Tashkulovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan hukumat soatidagi axborotidan:


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida tartibga solish yukini kamida 30 foizga qisqartirish maqsad qilingan.

Bu yo‘nalishda, 2023 – 2024 yillarda qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish hisobiga 2 981 ta qonunchilik hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Natijada, qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidagi yaxlit hujjatlar 17 foizga qisqartirildi.


Vazirlik tomonidan norma ijodkorligi jarayonlari raqamlashtirilib, sun’iy intellekt texnologiyalari faol integratsiya qilib kelinmoqda.

Xususan, ushbu sohadagi eng muhim qadamlardan biri LexAI sun’iy intellektga asoslangan huquqiy yordamchining ishga tushirilgani bo‘ldi. Ushbu SI-yordamchining boshqa raqobatchilardan farqli jihati shundan iboratki, u bevosita Lex.uz bazasiga ulangan bo‘lib, barcha normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirilgan.

LexAI qonunchilikka kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida o‘zini-o‘zi doimiy yangilab boradi. Bugungi kunda, SI vazirlik tomonidan berilgan 10 mingga yaqin huquqiy ekspertiza xulosalariga o‘qitilmoqda.

Buning natijasida, loyihalarni mustaqil dastlabki ravishda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, huquqiy ziddiyat va kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_etirof

Navoiyda yana 101 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔸Joriy yilning 14-avgust kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdagi o'n beshinchi sessiyasi
bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur sessiyada jami 101 nafar, shundan, Qiziltepa tumanidan 25 nafar, Karmana va Nurota tumanlaridan 19 nafardan,   G'ozg'on shahrida 14 nafar, Navbahor tumanidan 12 nafar, Xatirchi tumanidan 10 nafar, Konimex tumanidan va Zarafshon shahridan 1 nafardan fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 166 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Endilikda Samarqand viloyatidagi barcha tuman va shahar adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlariga kelgan fuqarolarga xizmatlardan foydalanish asnosida bepul birlamchi huquqiy maslahat olishi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratildi.


Navbatingiz kelgancha bo‘sh vaqtingizdan foydalanib, mutaxassisdan o‘zingizni qiziqtirgan huquqiy muammolar va qonunchilik bo‘yicha huquqiy yordam oling.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabari

📌Yana bir ijobiy natija: 255 nafar fuqaroning uy-joyiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi!

⚖️Qashqadaryo viloyatida fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniylashtirish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 255 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman tan olindi.

Hududlar kesimida:

🔹Kasbi tumani — 33 nafar
🔹Qamashi tumani — 35 nafar
🔹Dehqonobod tumani — 10 nafar
🔹Qarshi tumani — 18 nafar
🔹Nishon tumani — 3 nafar
🔹Gʻuzor tumani — 50 nafar
🔹Ko‘kdala tumani — 9 nafar
🔹Shahrisabz shahar — 3 nafar
🔹Koson tumani — 13 nafar
🔹Chiroqchi tumani — 22 nafar
🔹Mirishkor tumani — 11 nafar
🔹Shahrisabz tumani — 8 nafar
🔹Yakkabog' tumani — 17 nafar
🔹Kitob tumani — 11 nafar

🔶Ma'lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 517 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi mas'ullari Jizzax viloyatidagi xizmat safari davomida Baxmal va G'allaorol tumanlarida ham bo'lishdi.

🔹 Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati o'rganildi.

🔸 Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

🔹 Jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari ta'kidlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot