ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Rahbar va yoshlar uchrashuvi!

🔹Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda Navoiy shahar 523-son harbiy qism, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat yuridik texnikumi faollari hamda otaliqqa olingan yoshlar ishtirok etishdi.

🔹Muloqotda davlatning huquq siyosatini yuritishda adliya organlarining o'rni, amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ko'rilayotgan choralar, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib etish va jinoyatchilikni oldini olish masalalari e'tibor markazida bo'ldi.

🔹 Shundan so'ng, yoshlar sud ekspertizasi, viloyat arxivi, FHDY organlari, intellektual mulk sohasi va NNT lar faoliyati haqida ular tomonidan tashkil etilgan ko'rgazma pavilionida yaqindan tanishdilar. "Ochiq eshiklar kuni" loyihasi doirasida Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida "Yoshlar-tur" o'tkazildi. Xizmat turlari va xizmat olish jarayonlari tanishtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Tadbirkorlarga brendlarini qonuniy himoya qilish yo‘llari tushuntirildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi mas’ullari va tadbirkorlar ishtirokida brendlarni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va afzalliklariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda o‘z brendlarini himoya qilish va bu orqali mahsulotlarni noqonuniy foydalanish va nusxa ko‘chirishdan himoya qilish, shuningdek, patent vakillari faoliyati, ularning huquq va majburiyatlari hamda tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, mas’ullar Guliston shahar davlat xizmatlari markazida bo‘lib, “key-turn” talablari asosida tadbirkorlarga o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazishda birlamchi yordam berish davomida e'tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida tushuntirishlar berishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Ochiq muloqot tashkil etildi

"O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni eʼtirof etish to'g'risida"gi Qonunning Namangan viloyatidagi ijrosi yuzasidan viloyat adliya boshqarmasida vakolatli tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ushbu tadbirda viloyat hokimligi, tuman (shahar) hokimliklari, kadastr organlari, "Hududgaz" taʼminot hududiy boshqarmasi, Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, Soliq organlari, Irrigatsiya tizimi xodimlari va Sanitariya-osoyishtalik va epidemiologiya boshqarmasining masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur  yigʻilishda viloyatda Qonun ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda tizimli muammolar tahlil qilindi.

Masʼullarga oʻz vakolatlari doirasida bajarilishi kerak boʻlgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga tizimda yaratilgan yangi texnik imkoniyatlar bilan masʼul xodimlar tanishtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️ Huquqiy axborotni samarali yetkazish yuzasidan o‘tkazilayotgan so‘rovnomada faol ishtirok eting


Huquqiy sayt va telegram kanallarda huquqiy kontentlar yo‘nalishini aniqlab olish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havоlаgа kiring.

So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Adliya_xabari

Intellektual mulk huquqiga oid targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Mirzaobod tumanida joylashgan “Navro‘z” kichik sanoat zonasi hamda Yoshlar iqtisodiy zonasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ullari hamda tumandagi faol tadbirkorlar va ishbilarmon yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda intellektual mulk tushunchasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, sanoat namunasi, ixtirolar, shuningdek kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida tovar va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ularni himoya qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot