ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
"Madad" NNT va TIKA o‘rtasida muhim hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!

Bugun "Madad" NNT ijrochi direktori Sh.Saidov Turkiya hamkorlik va taraqqiyot agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Adjar Ergin xonim bilan kelgusi hamkorliklar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

👉 Batafsil: www.advice.uz
#Adliya_xabari

Xabaringiz bor, joriy yil 25-iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan mazkur farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan joylarda mutasaddi tashkilotlar xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etib borilmoqda.


Ushbu tadbirlarda ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosini “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali nazorat qilishni tashkil etish to‘g‘risida taqdimot qilinmoqda.

Hududlarda o'tkazilgan tadbir tafsilotlari bilan tanishing👇

▪️Jizzax viloyati

▪️Sirdaryo viloyati

▪️Navoiy viloyati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Surxondaryoda 360 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining joriy yil 7-avgust kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada, Uzun, Boysun, Sho'rchi, Jarqo'rg'on, Oltinsoy, Bandixon, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Sariosiyo, Termiz, Denov, Qumqo'rg'on tumanlari hamda Termiz shahrida jami 360 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 619 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri A.Tashkulov Singapur Xalqaro Mediatsiya markazi rahbari Jorj Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹Adliya vaziri Akbar Tashkulov mamlakatimizda nizolarni hal qilishning zamonaviy mexanizmlarini rivojlantirish, shu jumladan, mediatsiya institutini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar doirasida Singapur Xalqaro Mediatsiya markazi rahbari Jorj Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔸Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
▪️ nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishda mediatsiya instituti tobora keng qoʻllanilayotganligi.
▪️ Mediatsiyaning afzalliklari sifatida ishlarning tezroq, arzonroq va ishtirokchilar uchun kamroq stressli ekanligi.
▪️ mediatorlar malakasini oshirish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish;
▪️ bank, sug‘urta kabi sohalarda mediatsiyadan foydalanish doirasini kengaytirish;
▪️ Singapur tajribasini o‘rganish asosida elektron platforma joriy etish;
▪️ Singapur Konvensiyasiga qo‘shilish.


❗️Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda 2021-yilda 4,8 ming ish mediatsiya orqali hal qilingan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 7,2 mingga yetgan (50% o‘sish).

🔸Uchrashuv yakunida quyidagilarga erishildi:
1. Singapurdagi mediatorlar tayyorlash markazlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 20 dan oshiq mediatorlarini xalqaro standartlarga mos ravishda qayta tayyorlash;
2. Toshkent mediatsiya markazining reglament, nizom va kodekslarini takomillashtirish;
3. O‘zbekistonni Markaziy Osiyo davlatlarida mediatsiya nizolarini hal qilishda regional habga aylantirish yuzasidan tegishlar choralarni ko‘rish;
4. Ayrim xalqaro nizolar bo‘yicha mediatsiya ishlarini Toshkent mediatsiya markazida ko‘rib chiqish;
5. “Tashkent Law Spring” doirasida xalqaro mediatsiya haftaligini o‘tkazish;
6. Singapur Xalqaro Mediatsiya markazi bilan hamkorlik yuzasidan Anglashuv Memorandumini va Yo‘l xaritasini imzolash.


❗️J.Lims, o‘z navbatida, mediatsiya sohasida yaqindan hamkorlik qilishga ijobiy qarashini, shu oʻrinda, mazkur masalada shaxsan amaliy yordam koʻrsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Ushbu uchrashuv xalqaro tajriba almashuvi, qonunchilikni takomillashtirish va O‘zbekistonda mediatsiya madaniyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya organlariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz...? Adliya organlari va muassasalari faoliyati va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz..?

Ushbu savollarga tadbirkor, BMB Holding asoschisi va kuzatuv kengashi raisi, Oʻzbekiston futzal federatsiyasi prezidenti, "Faol tadbirkor" ko'krak nishoni hamda "Do'stlik" ordeni sohibi Mamatqulov Bekzod Akmalovich javob berdi.

Batafsil 👉 videoda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari ishtirokida brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Adliya vazirligi tomonidan Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga o‘z brendlarini tovar belgisi sifatida ro‘yxat o‘tkazish tartibi va afzalliklari, shuningdek ularni bojxona reyestri orqali himoya qilish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga patent vakillari, ularning huquq-majburiyatlari va imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.

Bundan tashqari, Davlat xizmatlari markazlari xodimlariga “key-turn” talablari asosida tadbirkorlarga o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazishda birlamchi yordam berish davomida nimalarga e‘tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM