ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
"Nihol" mukofoti sovrindori Guljahon Xolxo'jayeva mualliflik huquqlarini buzganligi uchun jarimaga tortildi.

🔸Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalqimiz orasida "Salomiy" taxallusi bilan tanilgan shoir Abdusaid Abdusalomovga tegishli bo'lgan "Senmiding" nomli shе'r
muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

🔹O‘rganish mobaynida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Yulduz Usmonova ijrosidagi “Senmiding” nomli qo‘shiq she’ri, xonanda Guljahon Xolx 'jayeva tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

🔸Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug'bek tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

❗️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi tomonidan transport vazirining “Ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3650, 2025-yil, 17-iyul) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔸Ushbu hujjat bilan umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarda ishi bevosita poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlari belgilangan.

🔹Xususan, mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatda temir yo‘l transporti ayrim toifadagi xodimlari uchun quyidagilar nazarda tutib o‘tilgan:

▪️xodimlar uchun ish vaqtining rejimi ichki mehnat tartibi qoidalari, smenalarga bo‘linib ishlash jadvallari va boshqa ichki hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanishi;

▪️xodimlarning ish vaqtiga ishga tayyorgarlik ko‘rish vaqti, tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqti, mehnat vazifalarini bajarishga bevosita sarflanadigan vaqti va boshqalar kirishi;

▪️xodimlarning smena vaqti dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti bilan birga 12 soatdan oshmasligi kerakligi;

▪️ish kunidan (smenadan, safardan) keyin xodimlar uchun uzluksiz dam olish vaqti kamida 12 soatdan kam bo‘lishi mumkin emasligi, bunda lokomotiv brigadasi uchun dam olish vaqti kamida 16 soat etib belgilashga ruxsat berilishi;

▪️xodimlarga mehnat taʼtillarni berish ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi tashkiloti yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanishi va boshqalar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mashhur “Zodac” farmatsevtik vositalarining kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga chek qo‘yildi!

🔸Fransiyaning “ОPELLA HEALTHCARE GROUP SAS” kompaniyasiga tegishli “Zodac” tovar belgisiga o‘xshash belgilardan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan Adliya vazirligiga murojaat kelib tushdi.

🔹Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan va sotuvga chiqarilgan farmatsevtik vositalar qadoqlarida “Zodac” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash — “Зодак ент” belgilaridan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlandi.

🔸Tekshiruv natijasida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qonuniy chora ko‘rildi va huquqbuzarlikni bartaraf etish yuzasidan jamiyatga nisbatan belgilangan tartibda ta'sir chora qo‘llanildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, tovar belgilari sohasidagi qonunbuzarliklar quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima;
BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima;
BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirilishi.


🔸Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 “ZOMIN QOZON PATIRI” – O‘zbekistonning 20-GEOGRAFIK KO‘RSATKICHI! 🇺🇿

Adliya vazirligi tomonidan Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi. U mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy retseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va saryog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Endi “Zomin qozon patiri” O‘zbekiston davlat reyestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

ℹ️ Bu hududiy brendni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga sifatli, original mahsulotni taqdim etishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

"Ma'rifat" MFY jinoyatchilikdan holi hududga aylanadi

- Bizning MFY Farg‘ona shahrida eng yirik yig‘inlardan biri. 2 ming 46 ta xonadonlarda 6 ming 431 nafar fuqarolar istiqomat qiladi, - deydi Farg‘ona shahridagi “Maʼrifat” mahalla fuqarolari yig‘ini raisi Dilhusha Mamajonova.
- Mahallamizni xavfsiz hududga aylantirish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi vakillari kelishib har bir xonadondan masalalar, huquqiy muammolar va takliflarni o‘rganishmoqda.


🔸Darhaqiqat, "Qizil" toifaga kiritilgan "Ma'rifat" MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🔹Adliya xodimlari tomonidan "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda hududni qizil toifadan chiqarish, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli bo‘lganlarga huquqiy - ijtimoiy, tibbiy - psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahallaning A.Navoiy, Al Farg‘oniy, Mirobod, Nurobod, Oftob, O‘zbekiston, Yuksalish ko‘chalarida yashovchi aholiga huquqiy tushunchalar berildi.

🔸Shuningdek, "Ma'rifat" mahallasida uyma-uy yurgan holda aholi muammolari o'rganildi. Mazkur hududda joylashgan 30 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarda ham jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Targ'ibot tadbirlarida mahalladagi yoshlarga kiberxavfsizlik, bezorilik, badanga yengil, o‘rta va og‘ir tan jarohati yetkazish hamda firibgarlik jinoyatlari va huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔸O'rganish va targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Samarqandda 2025-yilning 6 oyida 700 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi

🔹Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 18-iyul kuni matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Qurbonov viloyatda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi, FHDY sohasida amalga oshirilgan ishlar, huquqbuzarlik holatlari hamda tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish holati yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlandiki, 2025-yilning 6 oyida Samarqand viloyatidagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan 709 733 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. Shundan 277 336 ta xizmat onlaynmy.gov.uz portali orqali, 432 397 ta xizmat esa markazlar orqali amalga oshirilgan. Shuningdek, 100 678 ta murojaat turli sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida 5 536 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, ularning asosiy qismi xizmat muddatlarini buzish, ortiqcha hujjat talab qilish va murojaatlarni asossiz rad etish holatlaridan iborat bo‘ldi. Bu holatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlar nomiga 46 ta taqdimnoma, 922 ta ogohnoma yuborilgan, 242 nafar shaxsga bayonnoma rasmiylashtirilib, 25 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Shu bilan birga, joriy yilning birinchi yarim yilligida 10 012 ta tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ularning 3 447 tasi yuridik shaxs, 6 565 tasi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda.

Markazlar orqali o‘tgan davrda 9 382 ta ID-karta, 27 894 ta xorijga chiqish biometrik pasporti hamda 34 927 ta milliy haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.

— 2025-yil o‘tgan davrida davlat xizmatlari sohasida qator yangiliklar joriy etildi, — dedi M.Qurbonov. — Jumladan, “Adliya-QR” axborot tizimi joriy qilindi va bu fuqarolarga Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash, ariza natijalarini ko‘rish va xizmat sifatini baholash imkonini bermoqda. Shaxsni yuz qiyofasi orqali aniqlash tizimi ham yo‘lga qo‘yildi — hujjat taqdim etmasdan xizmat olish imkoni yaratildi. 11 ta davlat xizmati xususiy sektorga o‘tkazilmoqda. “Odil” nomli sun’iy intellekt asosidagi chat-bot ishga tushirilib, davlat xizmatlari bo‘yicha onlayn maslahat olish imkoni yaratildi. Elektron xizmatlar sonini 1000 tagacha ko‘paytirish, biznesni boshlashda kompozit xizmatini 50 taga oshirish, 20 ta “proaktiv” va 65 ta “kompozit” xizmat joriy etish rejalashtirilgan.
FHDY sohasida esa 6 oy mobaynida 49 435 ta tug‘ilish, 10 041 ta o‘lim, 10 534 ta nikoh va 2 264 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan. Nikohlarning 187 tasi chet el, 209 tasi MDH davlatlari fuqarolari bilan tuzilgan. Tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand shahri va Urgut tumani yuqori ko‘rsatkich qayd etdi.


❗️Matbuot anjumanida ishtirok etgan OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#huquqshunos_oshxonasi

Egizak farzandlarning otasi boshqa boshqa boʻlishi mumkinmi?

🔹DNK nima, u qanday aniqlanadi? Alimentdan qochib “men bepushtman” degan otalar ham bor?! Farzandni sport mashgʻulotlariga berishdan avval ekspertizaga olib borish nima uchun muhim? Otalikni belgilash faqat sud qarori orqali amalga oshiriladimi? “Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida sud-ekspert mutaxassis tomonidan qiziqarli va dolzarb maʼlumotlar berildi.

To'liq ko'rsatuv 👉🏻 https://youtu.be/WCRhoZZDxAo

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Xorazm_viloyati

Xorazm viloyat adliya boshqarmasida “Ochiq adliya” dasturi doirasida keng jamoatchilik, OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj

Prezident qarorlari hayotda va nazoratda


🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring

Youtube
| Facebook | Telegram | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Buxoro_viloyati

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari hayotda va nazoratda


Buxoro viloyatida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Bilasizmi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibidan xabardormisiz?

💠Akademiyaga o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadilar.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

🏛 Vakolatli organ: Futbol akademiyalaridagi qabul komissiyalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 4 ish kuni.

🟡Xizmat natijasi bo'yicha hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

🗓Arizalar har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar qabul qilinadi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yondaftarchangizga

“Yondaftarchangizga” loyihasining ushbu sonida “ishonchnoma” tushunchasining ma’nosi va muddati haqida tanishamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_sarhisob

Davlat xizmatlari markazlarida qachon navbat kam bo'ladi?

*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot