ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Toshkent viloyatida 69 nafar fuqaroga egalik huquqi eʼtirof etildi

🔹 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonun 2024-yil 8-noyabrda kuchga kirgan.

🔸Adliya vazirligi mazkur qonun normalarini mutasaddilarga, aholiga yetkazish bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirdi. Qonun ijrosi bilan bog‘liq masalalarda ham adliya organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lmoqda. 

🔹Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan 69 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etildi.

🔸Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda 89 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔸Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining navbatdagi o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur sessiyada Jami 89 nafar, shundan Angor tumanida 2 nafar, Bandixon tumanidan 11 nafar, Boysun tumanida 6 nafar, Denov tumanida 4 nafar, Jarqo‘rg‘on tumanidan 15 nafar, Muzrabot tumanidan 3 nafar, Oltinsoy tumanidan 10 nafar, Sherobod tumanidan 5 nafar, Sho‘rchi tumanidan 4 nafar, Termiz shahrida 1 nafar, Termiz tumanida 9 nafar, Uzun tumanida 10 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

🔸Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolarga yechim topiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiyerlik ayolning murojaati adliya aralashuvi bilan ijobiy yechim topdi, u o‘z uyiga egalik qiladigan bo‘ldi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vazir o’rinbosari M.Istamov xizmat safari davomida yangi qurilayotgan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi binosini ham ko‘zdan kechirdi.

🔸Vazir o’rinbosari binoning qurib bitkazilgan qismlari bilan tanishib, joriy qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi va loyihani bajarishning yuqori sifat standartlari va muddatlariga rioya qilish muhimligini ta’kidladi.

🔹Uchrashuvda qurilish va pardozlash ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli maslahat va ko‘rsatmalar berildi.

❗️Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari G‘ijduvon tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

🔸Yuzma-yuz muloqot davomida xodimlarning o‘z funksional vazifalari bo‘yicha amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlari yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

🔹Shuningdek, aholi orasida eng ko‘p duch kelinadigan muammolardan kelib chiqib, ularni hal etish yo‘llari, fuqarolarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish borasidagi fikrlari ma’qullandi.

🔸Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan ish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanishlari, barcha qulayliklarga ega bino, zamonaviy va shinam xonalarda ish faoliyatini olib borar ekan zimmalariga yuklatilgan vazifalarga sidqidildan yondashishlarini ta’kidlab o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 1 mlrd. 980 mln. 335 ming 703 so‘m pul mablag'lari to'lab berildi!


Paxtaobod tumani adliya bo‘limiga "Rich mir" mas’uliyati cheklangan jamiyati Shahrixon tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasidan vujudga kelgan haqdorlikni undirib berishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Xususan, tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, "Rich mir" mas’uliyati cheklangan jamiyati to'liq bajargan bo'lishga qaramasdan Shahrixon tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tegishli to'lovlar amalga oshirilmagan.

O‘rganish yakuni bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo iqtisodiy sudiga tadbirkor manfaatini ko‘zlab da’vo ariza kiritildi.

Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, javobgar Shahrixon tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hisobidan "Rich mir" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 1 mlrd. 980 mln. 335 ming 703 so‘m qarzni undirib berilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbikorlar_bilan_uchrashuv

Adliya vaziri o'rinbosari Maxmud Istamov Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganmoqda.

🔹Hududdagi tadbirkorlarning huquqiy muammolarini o'rganish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv tadbirkorlar uchun manfaatli bo'ldi. Navoiy shahrida bo'lib o'tgan muloqot davomida ular bir qator takliflar va masalalarning ijobiy yechimiga huquqiy ko'mak so'rashdi.

🔹Xususan, davlat xizmatlari markazlarida reklama joyi pasportini olish, kredit tarixini yaxshilish, ijara to'lovlarini amalga oshirishda imtiyoz qo'llash, mulkiy munosabatlarga oid murojaatlar shular jumlasidan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Farg'onada 165 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining joriy yil 16-iyul kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada Beshariq, Bag'dod, Buvayda, Dang'ara, Furqat, Oltiariq, O'zbekiston, Qo'shtepa, Rishton, Toshloq, Uchko'prik, Yozyovon, Farg'ona tumanlarida jami 165 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha engash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 78 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan edi.

Qonun ijrosi Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida huquqlarni e’tirof etish ishlari davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM