ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Guliston shahridagi huquq sinfi faoliyati bilan tanishdi

🔸Adliya vaziri Akbar Tashkulov Guliston shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi” faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida maktabga tashrif buyurdi.

🔹Vazir sinfda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, bunday loyihalar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqshunoslik kasbiga qiziqish uyg‘otishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

🔸Shuningdek, Guliston shahridagi umumta'lim maktablarining "Davlat va huquq asoslari" fani o'qituvchilari bilan suhbatlashib, huquqiy ta'limni yanada rivojlantirish yuzasidan ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirining o‘rinbosari N.Muxammadiyev namanganlik tadbirkorlar bilan muloqot olib bordi

🔸Adliya vaziri o‘rinbosari Namangandagi mahalliy tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning faoliyati davomida duch kelayotgan huquqiy va amaliy muammolarini tingladi.

🔹Tadbirkorlar asosan soliq imtiyozlari, yer ajratish, kredit olishdagi to‘siqlar, kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridagi muammolar, shuningdek, litsenziyalash tizimidagi byurokratik holatlardan shikoyat qilishdi. N.Muhammadiyev har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

🔸Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 35 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qabul qilindi, shundan 17 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, 5 ta murojaat tegishliligi bo'yicha taalluqli tashkilotlarga yuborildi, o'rganish talab etilgan 8 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

🔹Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yo‘lida amaliy choralar ko‘rishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri Guliston tumanidagi A.Yassaviy mahallasida

🔹Guliston tumanidagi A.Yassaviy mahallasi tuman markazidan 4 km uzoqlikda joylashgan. 3128 nafar aholi istiqomat qilayotgan ushbu mahallada xonadonlar soni 496 tani tashkil etadi. Huquqiy mahalla loyihasi doirasida ushbu mahallada 200 ga yaqin huquqiy muammolar aniqlangan.

🔸Adliya vaziri A.Tashkulov mazkur mahallaga tashrif buyurib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot qildi. Uchrashuvda aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

🔹Shuningdek, aholining huquqiy muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasidagi ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Onlayn mahalla”, “Huquqiy mahalla”, “Adliya mahalla” platformalariga kiritilgan aholi murojaatlari va ularning huquqiy yechimini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

🔸Tadbir davomida Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan mahallada amalga oshirilgan ishlar taqdimoti namoyish etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri Guliston tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

🔸Tashrif doirasida fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi imkoniyatlar, moddiy-texnik baza ko‘zdan kechirildi hamda aholining murojaatlari qanchalik tez va sifatli ko‘rib chiqilayotgani va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, tadbir chog‘ida vazirlikning Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i Eldor Mahkamov tomonidan davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli texnologiyalar joriy etilishi, aholiga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tilgani haqida taqdimot o‘tkazildi.

🔸Taqdimot davomida aholiga elektron xizmatlarning ommalashishi, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat xizmatlari markazlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

🔹Vazir mazkur taqdimot bilan tanishib, sohani yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlari

Yoshlar siyosati – Adliya tizimida amalda!

🔸Bugun, Adliya vazirligida muhim tashabbus — Adliya vazirligi Yoshlar kengashini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda yoshlarning huquqiy davlat qurishidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda faol ijtimoiy muhitni shakllantirish maqsadida Yoshlar kengashi raisi, kengash a’zolari, kotibi va 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha koordinatorlar saylandi.

🔸Kengash faoliyati quyidagilarga qaratiladi:
▪️Adliya tizimidagi islohotlarda yoshlarning bevosita ishtirokini ta’minlash;
▪️Huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surish;
▪️Adolatli jamiyat barpo etish yo‘lida intellektual resurslarni safarbar etish.

❗️Ta'kidlash lozimki, Davlatimiz rahbari ilgari surayotgan “Yoshlar – kelajagimiz” tamoyilining amaliy ifodasi sifatida bu kengash Adliya tizimida yoshlarning imkoniyat maydoniga aylanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM