ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mualliflik_huquqi

Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganligi uchun shoir Shamsiddin Sadoiyga jami 132 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘laydi

Joriy yilning iyun oyida shoir Shamsiddin To'rayev tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, ya’ni mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan ma’naviy zarar va tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan.

Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Botir Qodirovdan da’vogar To‘rayev Shamsiddin Xo‘jayevichning foydasiga BHMning 300 barobari ya'ni 112.500.000 so'm miqdorida tovon puli hamda 20.000.000 so'm ma'naviy zarar undirilishi belgilandi.

Shuningdek, javobgar Botir Qodirov zimmasiga da’vogar Shamsiddin To‘rayevga muallifligidagi "Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” nomli qo'shiqlar ijrosini efirga uzatish, barcha ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat teleradiokanallarda, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda har qanday tarzda foydalanishni darhol to‘xtatish (qat’iy taqiqlash) majburiyati yuklatildi.

‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#intellektual_mulk
#jonli_efir

Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) a’zo davlatlari Assambleyalarining 66-seriyasi yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda.

🔹Mazkur tadbirda a’zo davlatlar tomonidan BIMT faoliyatidagi yutuqlar, mavjud global muammolar, sohada erishilgan natijalar muhokamasi va istiqbolli siyosiy yo‘nalishlar yuzasidan qarorlar qabul qilish, shuningdek, 2026-yilda BIMT Bosh Direktorini saylash bo‘yicha memorandum muhokamasi kun tartibiga kiritilgan.

🔸Shu bilan birga, BIMTning mualliflik huquqi, patentlar genetik resurslar va anʼanaviy bilimlar bo‘yicha qo‘mitalar yig‘ilishi, intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tizimlar, xususan, tovar belgilari bo‘yicha Madrid, patentlar bo‘yicha PCT, sanoat namunalari bo‘yicha Gaaga, shuningdek, Tovar belgilari qonunlari to‘g‘risidagi Singapur shartnomasi assambleyasi yig‘ilishi va Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlar ishchi guruhining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi.

❗️Assambleya yig‘ilishlari joriy yilning 8 – 17- iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.


Jonli efirni tomosha qilish uchun quyidagi link ustiga bosing👇🏻 https://webcast.wipo.int/video-live/A_66_2025-07-08_AM_125431

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Chortoq tajribasi” amalga oshirilmoqda.

🔹Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyat Chortoq tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha amaliy yordam berilmoqda.

🔸Bundan koʻzlangan asosiy maqsad Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatida tezkorlik va natijadorlikni oshirish, sohani toʻliq raqamlashtirish, qogʻoz shaklida ish yuritishga toʻliq barham berish, tashkilotlar kundalik faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy muammolarga tezkorlik bilan yechim berish mexanizmini yaratish hamda sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.

🔹“Chortoq tajribasi”da erishilgan yutuqlar kelgusida respublika boʻylab ommalashtirilishi taʼminlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

📨 Xorijga chiqish biometrik pasportini Siz istagan manzilga yetkazib beramiz!


🚗 Endilikda tayyor bo'lgan xorijga chiqish pasportini olish uchun migratsiya bo'linmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga borishingiz shart emas.

Buning uchun ariza berayotganda xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berilishini ko‘rsatsangiz kifoya.

💰Bunda pochta xarajatlari xizmatdan foydalanuvchi hisobidan qoplanadi.

⌛️Tayyor bo'lgan xorijga chiqish pasporti pochta xizmati orqali 1-2 ish kunida yetkazib beriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-son qarori.

Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_aralashgach

O'rmon xo'jaligi xodimlarining 167 million so'mlik ustama pullari undirib berildi

🔹Qamashi tuman adliya bo'limi tomonidan o'tkazilgan sayyor qabullar chog‘ida Qamashi tuman davlat o‘rmon xo‘jaligida faoliyat yurituvchi 6 nafar xodim o‘zlariga har oy to‘lanishi kerak bo‘lgan lavozim ustama pullari berilmayotganidan shikoyat qildi. Murojaat adliya bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

🔸Aniqlanishicha, ushbu xodimlarga mehnat stajiga mos ravishda to‘lanishi lozim bo‘lgan ustamalar — jami 167 million so‘mdan ortiq mablag‘ — bir necha oy davomida to‘lanmagan.

🔹Qamashi tuman adliya bo‘limi fuqarolarga ushbu masalada huquqiy yordam ko‘rsatib, FIB Yakkabog‘ tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Sudning qarori bilan xodimlarning huquqlari tiklandi, ularga to‘lanmay qolgan barcha pullar to‘liq undirib berildi.

🔸 Bu — fuqarolar manfaatini himoya qilish yo‘lida adliya organlarining amaliy ishlari natijasidir. Bugungi kunda ham bu boradagi faoliyat izchil davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bozor islohotlari jadallashmoqda — JSTga a’zolik yo‘lida muhim qadam qo‘yildi

🔹Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida "Bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

🔹Hujjat bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining ochiqligini oshirish, raqobat muhitini kuchaytirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga qaratilgan muhim islohotlar belgilandi.

🔹Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF–85-son Farmoni bilan ayrim yirik davlat korxonalarining maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinishi natijasida qora va rangli metall lomi hamda chiqindilarini tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyatlar litsenziyalash asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.

🔹Bu sohalarda ilgari mavjud bo‘lgan yirik davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilindi.

🔹Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF–85-son Farmoniga muvofiq ravishda, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqildi va JSTning asosiy tamoyillariga muvofiqlashtirildi.

🔹Qonun loyihasining qabul qilinishi:
▪️ Yangi investorlarni jalb qilishga;
▪️ Tadbirkorlik subyektlari uchun teng sharoitlar yaratishga;
▪️ Bozor tamoyillarini mustahkamlashga;
▪️ Hamda O‘zbekistonning JSTga a’zolik jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.

🔹Qonun loyihasi deputatlar tomonidan keng muhokama qilingan holda qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya aralashuvi bilan mehnat huquqi tiklandi

🔹Nurobod tumanida fuqarolarning huquqlarini tiklash bo‘yicha yana bir muhim ish yakun topdi. Fuqaro B.X. murojaati asosida tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudiga javobgarlar — 44-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Nurobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga nisbatan mehnat huquqlarini tiklash yuzasidan da’vo arizasi kiritildi.

🔸Mazkur da’vo fuqaro B.X.ning foydalanilmagan mehnat ta’tillari, kechiktirilgan to‘lovlar va ko‘rilgan ma’naviy zarar uchun kompensatsiya talabini o‘z ichiga olgan. O‘rganishlar jarayonida, u ish faoliyati davomida o‘z haq-huquqlaridan to‘liq foydalanmagani hamda to‘lovlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagani aniqlandi.

🔹Sud tomonidan da’vo qisman qanoatlantirildi va javobgarlar zimmasiga B.X. foydasiga quyidagi miqdorlarda kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklandi:
▪️14,7 million so‘m — foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun,
▪️54,8 million so‘m — to‘lov kechiktirilgan kunlar uchun penya sifatida,
▪️1 million so‘m — ma’naviy zarar uchun.


🔸Shu tariqa, sud qarorlari orqali fuqaro B.X.ning mehnat huquqlari tiklandi. Mazkur ish yana bir bor qonun ustuvorligi va fuqarolarning huquqiy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishini namoyon etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aralashgach

Fuqaroga 134 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi.

🔹Samarqand viloyati, Paxtachi tuman adliya bo‘limiga Bo‘ston mahallasida yashovchi fuqaro Z.M. rahbarligidagi “B.Q.” (qisqartirildi) MChJ va Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha yuzaga kelgan nizo yuzasidan murojaat kelib tushgan.

🔸Mazkur murojaatda shartnomada ko‘zda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilganiga qaramay, tegishli to‘lovlar amalga oshirilmaganligi ko‘rsatilgan.

🔹Tekshiruvlar davomida haqiqatdan ham birlashma shartnoma asosidagi majburiyatlarni to‘liq bajarmaganligi aniqlandi. Adliya bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi kiritilib, natijada sud qaroriga asosan, jami 134 446 576 so‘m pul mablag‘lari tadbirkor foydasiga undirib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi mas'ullari Namangan viloyatida.

🔹Adliya vazirligi mas’ul xodimlari davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi ko'zdan kechirib, sohani yanada rivojlantirish bo’yicha muhim tavsiyalarni berdi.

🔸Namangan shahar DXMdagi oʻrganishlarda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada yaxshilash hamda tizimda ishlayotgan kadrlarni fuqarolar bilan muloqot qilishda xushmuomalalik va odob-axloq meʼyorlariga amal qilish kerakligi taʼkidlandi.

🔹Shuningdek, davlat xizmatlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, sohani rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy etish va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan takliflar tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Ahmadjon Umarov: 62 yoshimda ilk bor O‘zbekiston fuqarolik pasportini oldim

🔹Qo‘qon shahrida yashovchi 62 yoshli Ahmadjon Umarov 1994-yilda uzoq safarga otlanadi. Yo‘lda baxtsiz hodisa ro‘y berib, yo‘l transport hodisasiga uchraydi. O‘sha voqeada yonida bo‘lgan eski “qizil” pasporti va boshqa hujjatlarini yo‘qotib qo‘yadi. Shunday buyon Ahmadjon otada tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma ham, fuqarolik pasporti ham bo‘lmadi.

🔸“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasida uning bu muammolariga ijobiy yechim topildi.

Batafsil lavha davomida 👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida “Yuridik yordam” axborot tizimining ishlab chiqilayotgan yangi versiyasi imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tdi.

🔹Unda vazirlikning mas’ul xodimlari, Advokatlar palatasi vakillari hamda tizimni ishlab chiqayotgan texnik-dasturchilar ishtirok etdi.

🔸Taqdimotda “Yuridik yordam” AT yangi versiyasida adliya organlari, Advokatlar palatasi, advokatlar hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, tizimni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish, tizim orqali axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🔹Shuningdek, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar berilib, kelgusida hamkorlikni davom ettirish borasida kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM