ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini yaratish hamda ularni davlat tomonidan muhofaza va himoya qilish bo'yicha sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Mazkur qabulda 70 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi hamda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari toʻgʻrisida tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi.

🔸Mazkur qabul davomida tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollariga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

🔹Shuningdek, qabul davomida tadbirkorlarning 20 dan ortiq tovar belgi (brend)lari dastlabki ekspertizadan oʻtkazilib, ijobiy deb topilganlari yuzasidan tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha 5 ta talabnoma topshirishda amaliy yordam berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 2-chorak yakunlariga ko'ra, Davlat xizmatlari markazlarining ko'rsatkichlari.

🔹Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan hududlar:
1. Surxondaryo viloyati – 99,99 %
2. Farg‘ona viloyati – 99,99 %
3. Samarqand viloyatlari – 99,99 %

🔹Ko‘rsatilgan xizmatlar o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Farg‘ona viloyati, So‘x tumani – 99,99 %
2. Jizzax viloyati, Do‘stlik shahri – 99,99 %
3. Namangan viloyati, Namangan shahri – 99,99 %

🔸Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari bo‘yicha o‘rtacha bahosi eng quyi bo‘lgan hududlar:
1. Qashqadaryo viloyati – 97,24 %
2. Toshkent shahri – 98,91 %
3. Jizzax viloyati – 98,98 %

🔸Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng quyi bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani – 20,09 %
2. Farg‘ona viloyati, Quva tumani – 84,03 %
3. Jizzax viloyati, Arnasoy tumani – 87,08 %

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabar_beradi

Huquqiy axborotni biz orqali tez va oson qabul qiling!


Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan yangi loyiha.


Endilikda, Siz qonunchilikdagi yangiliklarni, qonun, qaror va farmonlarning qisqacha sharhini, shuningdek, adliya sohasidagi soʻnggi oʻzgarish va yangiliklarni audio shaklda ham tinglash imkoniyatiga egasiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi Tamara Vasilyevna Volinkinaning hayotida burilish yasadi.

🔹Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi yotoqxonada yolg‘iz yashab kelayotgan Tamara Valinkina hech qachon shaxsni taqdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan.

🔸Yangiyer shahar FHDY bo‘limining amaliy yordami bilan unga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berildi hamda bu hujjat asosida Tamara opa 70 yoshdan oshganida o‘z pasportiga ega bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Farg‘ona viloyatida sayyor qabul va o'rganishlar davom etmoqda.

Furqat tumanining ma'muriy markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan "Sho'r" mahallasida Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi, tuman hokimligi tomonidan turli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi. Unda:

"Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi" o'tkazildi;

35 nafardan ortiq aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi;

Fuqarolarga bepul dori-darmonlar tarqatildi;

Bepul tibbiy ko'rik tashkil etilib, fuqarolarning sog'lig'i bilan bog'liq muammolariga malakali mutaxassislar tomonidan tavsiya va maslahatlar berildi;

60 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning 40 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 15 nafarini muammolari joyida hal etilib, 5 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi;

Tadbirkorlarga vazirlik va “Intellektual mulk markazi” xodimlari tomonidan 5 ta tovar belgilari dastlabki ekspertizadan o‘tkazilib, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha 2 ta talabnoma topshirishda amaliy yordam berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📌Davlat aktivlari agentligi direktorining “Davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hududiy bo‘linmalarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3644, 2025-yil 7-iyul) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu hujjat bilan Davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hududiy bo‘linmalarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔹Unga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari tomonidan hududlardagi ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha qisqacha ma'lumotlarni (obyektning to‘liq manzili, fotosuratlari, aniq geopozitsiyasi, obyektdan kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha taklifi) Davlat aktivlari agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi va obyektni onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha elektron buyurtmanoma yuboriladi.

🔹Elektron buyurtmanoma uch ish kuni ichida Davlat aktivlari agentligining hududiy boshqarmalari mas'ul xodimlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektini joyiga chiqqan holda taqdim etilgan ma'lumotlar o‘rganiladi.

🔹Bunda, Davlat aktivlari agentligi hududiy boshqarmalarining mas'ul xodimlari o‘rganish jarayonida davlat hamda davlat ishtirokidagi korxonalardan ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni so‘rab oladi.

🔹Ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida bir ish kuni ichida axborot tizimi orqali Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalariga xabar yuboriladi.

🔹Davlat ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda uch ish kuni ichida Davlat aktivlari agentligining hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulk obyektini savdoga chiqarish to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qiladi va ko‘chmas mulk obyektini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksionga chiqarish choralarini ko‘radi.

🔹Davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish masalasi tegishli boshqaruv organlarida ko‘rib chiqiladi va bu haqida Davlat aktivlari agentligining hududiy boshqarmalariga tegishli javob xati yuboriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari samaradorligi o‘rganilmoqda

🔹Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan har bir xizmat xronometrajdan o'tkazilmoqda.

🔸Monitoringdan asosiy maqsad — xizmat ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish orqali xizmat sifatini oshirish hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishdir.

🔹O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga takliflar ishlab chiqiladi va tegishli amaliy choralar-tadbirlar belgilab olinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi

Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganligi uchun shoir Shamsiddin Sadoiyga jami 132 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘laydi

Joriy yilning iyun oyida shoir Shamsiddin To'rayev tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, ya’ni mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan ma’naviy zarar va tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan.

Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Botir Qodirovdan da’vogar To‘rayev Shamsiddin Xo‘jayevichning foydasiga BHMning 300 barobari ya'ni 112.500.000 so'm miqdorida tovon puli hamda 20.000.000 so'm ma'naviy zarar undirilishi belgilandi.

Shuningdek, javobgar Botir Qodirov zimmasiga da’vogar Shamsiddin To‘rayevga muallifligidagi "Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” nomli qo'shiqlar ijrosini efirga uzatish, barcha ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat teleradiokanallarda, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda har qanday tarzda foydalanishni darhol to‘xtatish (qat’iy taqiqlash) majburiyati yuklatildi.

‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot