ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev “WBM Romitex” klasterining “DiROMM” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

🔹Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori texnologik uskunalar, mahsulot sifati va ichki hamda tashqi bozorlar uchun eksport salohiyati haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

🔹50 million dollar miqdoridagi investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, ushbu inshootda Italiya va Germaniyadan olib kelingan yuqori texnologik uskunalar o‘rnatilgan. Korxona matoni bo‘yash va gullash jarayonlarini tashkil etib, yiliga 24 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega hisoblanadi.

🔹Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat yuqori sifatga ega, balki milliy iqtisodiyotga ham katta hissa qo‘shadi. Korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish usullari va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlari ichki bozorlarda ham keng e’tirof etilmoqda.

🔹Muloqotda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan soliq, intellektual mulk, kommunal xizmatlar, eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalari va ularning huquqiy yechimi boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari davomida Nukus shahar va Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlarida bo'ldi.

🔹Xizmat safari davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

🔹Markaz faoliyati, undagi texnik va tashkiliy sharoitlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ularni olishda qulayliklar mavjudligi o‘rganildi. Markazda aholining murojaatlari qanchalik tez va sifatli ko‘rib chiqilayotgani, xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti, xizmat ko‘rsatish madaniyati ham diqqat markazida bo‘ldi.

🔹Xizmat safari yakunida adliya vaziri o‘rinbosari davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, aholi uchun qulay xizmat muhitini yaratish yuzasidan markaz rahbariyati va mas’ul xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev Andijonda tadbirkorlar bilan uchrashdi

🔹Uchrashuvda, tadbirkorlikni rivojlantirishi va soliq tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma'lumotlar berildi.

🔹Vazir o'rinbosari, tadbirkorlar uchun yaratilgan huquqiy imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish va yuridik maslahatlar bo‘yicha to‘liq tushuntirishlar berdi.

🔹Tadbir davomida, tadbirkorlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi. Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va huquqiy yordamni taqdim etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida so'z yuritildi.

🔹Uchrashuv yakunida Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud soliq imtiyozlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yaratilgan qulayliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri Toshkent viloyati adliya boshqarmasida: tizimni takomillashtirish, xizmat sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash!

🔹Avval xabar berganimizdek, Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent viloyatida bo'lib turibdi. Xizmat safarining asosiy maqsadi — joylardagi adliya organlari faoliyati bilan bevosita tanishish, mavjud tizimni o‘rganish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholashdan iborat bo‘ldi.

🔹Safar davomida Toshkent viloyat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) arxivi hamda viloyat notarial arxivi faoliyatini bevosita o‘rgandi.

🔹O‘rganishlar chog‘ida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

▪️Arxiv ish yuritish tartibi va hujjat aylanishi;
▪️Hujjatlarning elektron shaklda yuritilishi va saqlanish holati;
▪️Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati;
▪️Notarial va FHDY hujjatlarini raqamlashtirish darajasi.

🔹Adliya vaziri joylardagi mavjud shart-sharoitlar va amaldagi ish tartibini tahlil qilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

🔹Xususan, fuqarolar uchun xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratish, hujjatlarni tezkor va shaffof yuritish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Shunday xizmat safarlari adliya organlari faoliyatini takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda davlat xizmatlarining aholi uchun yanada ochiq va qulay bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_hudud

Adliya vazirligi mas'ullarining Navoiy viloyatida huquqiy xizmatlar sifatini o'rganish ishlari davom etmoqda.

🔹Navbatdagi manzillar Qiziltepa, Karmana tumanlari va Navoiy shahri bo'ldi. O'rganishdan maqsad - DXM va FHDY bo'limlarida fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, soha rivojlanishi uchun amaliy tavsiyalar berishdan iborat

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM