🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov hamda Rossiya Federatsiyasining ekspertlari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Uy-joyning yagona hayotiy sikli" tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-11-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan "Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda ishtirok etish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
🔹Uchrashuv yakuni bo‘yicha qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining koʻmagi bilan “Samarqand qog‘ozi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
❗️Maʼlumot uchun: Ming yillik tarixga ega Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish jarayonida balxtut novdalari maʼlum muddat suvda ivitib qo‘yiladi. Undan keyin po‘sti shilinib, po‘stloq ustidagi qo‘pol jigarrang qismi pichoq bilan ajratiladi. Tozalangan sarg‘ish rangli po‘stloqlar qozonda 5-6 soat qaynatiladi va shundan so‘ng ular yog‘ochdan yasalgan o‘g‘irlarda 7-8 soat davomida mayin tolalarga aylangunicha maxsus to‘sinlar orqali tuyib maydalanadi. Keyingi bosqichda mayin tolasimon po‘stloqlar katta idishga solinib, Siyob suvida aralashtiriladi va to‘rtburchak shakldagi suzg‘ichlardan o‘tkaziladi. Ho‘l qog‘ozlar 8-10 soat davomida taxtakachga bostirib qo‘yiladi, so‘ngra ular birma-bir silliq joyga yopishtiriladi. Yakunida har bir qog‘oz silliq marmar tosh ustiga qo‘yilib, chig‘anoq yoki aqiq toshi bilan silliqlanadi. Shu tarzda Samarqand qog‘ozi tayyor bo‘ladi.
🔸Samarqand qog‘ozidan mahalliy miniatyurachi rassom va kalligraflar, Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlashda foydalanishadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
✅ Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini yaratish hamda ularni davlat tomonidan muhofaza va himoya qilish bo'yicha sayyor qabul o'tkazildi.
🔹Mazkur qabulda 70 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi hamda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari toʻgʻrisida tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi.
🔸Mazkur qabul davomida tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollariga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.
🔹Shuningdek, qabul davomida tadbirkorlarning 20 dan ortiq tovar belgi (brend)lari dastlabki ekspertizadan oʻtkazilib, ijobiy deb topilganlari yuzasidan tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha 5 ta talabnoma topshirishda amaliy yordam berildi.