ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Yangi tartib: Inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi omillar reyestri tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishda Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3633, 2025-yil 23-iyun).

🔹Endilikda elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishda inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf tug‘diruvchi 28 ta omil rasmiy ro‘yxatga kiritildi.

🔹Ta'kidlash lozimki, Prezident Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik faoliyati faqat ushbu reestrga kiritilgan omillar asosida vaqtincha to‘xtatilishi mumkin (sud qarori yoki qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno).

🔹Bu esa nazoratning shaffofligi va tadbirkorlar huquqlarining kafolatli himoyasini anglatadi.

🔹Ushbu ro‘yxat “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ochiq tarzda yuritiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligiga FHDY organlarining Yevrosiyo tarmog'iga raislik qilish taklif qilindi.

🔹Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan tashkil etilgan Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish va tabiiy harakat statistikasi bo‘yicha uchinchi Vazirlar konferensiyasi bo'lib o'tmoqda.

🔹Konferensiyada fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish tizimlarini raqamlashtirish, ularning barqarorligi va inklyuzivligini ta’minlash masalalarida 2030-yilgacha bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilanishi va bu haqda deklaratsiya tasdiqlanishi kutilmoqda.

🔹Shu bilan birga, konferensiya doirasida FHDY organlarining Yevrosiyo tarmog'ini tashkil etish hamda sohada ilg'or tajribasi e'tirof etilgan holda raislikni O'zbekiston tomoniga taqdim etish taklifi bildirildi.

🔹Eslatib o‘tamiz, ushbu konferensiya BMTning turli ixtisoslashgan tashkilotlari, xalqaro moliyaviy institutlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar uchun muhim strategik maydon vazifasini o‘taydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Adliya vaziri o'rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha Kichik qo‘mitasining navbatdagi 21-majlisida qatnashdi

🔹Kichik qo‘mitaning asosiy maqsadi – muntazam muloqotni taʼminlash, kelishuvlar ijrosini nazorat qilish, muammolarni aniqlash va tegishli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

🔹Tadbirda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi vakillari qonun ustuvorligi va sud-huquq sohasini takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

🔹Tadbir kun tartibiga ko‘ra Kichik qo‘mitada mamlakatimizda so‘ngi yilda amalga oshirilgan islohotlar, so‘z va vijdon erkinligi, huquq ustuvorligi, korrupsiyaga va terrorizmga qarshi kurashish, nolegal migratsiya va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Farg'onada "Adliya sayili" bo'lib o'tdi.

Batafsil videolavhada 👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
‼️DIQQAT EʼLON‼️

27-iyun — "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan “O‘zbekiston matbuoti arxiv hujjatlarida” nomli arxiv hujjatlari fotoko‘rgazmasining ochilish marosimiga taklif etamiz!

Joriy yilning 26-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida “O‘ZBEKISTON MATBUOTI ARXIV HUJJATLARIDA” nomli arxiv hujjatlari fotoko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 26-iyun kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.

Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vaziri yoshlar bilan uchrashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

🔹Bugun Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

🔹Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hotamov ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlikning asosiy vazifalaridan biri ekanligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

🔹Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹Seminarda sud, prokuratura va boshqa idoralarning mas’ul xodimlari hamda viloyatda faoliyat yurituvchi advokatlar ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri A.Tashkulov Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 19-majlisida ishtirok etdi.


🔹Tadbirda MDH bosh kotibining birinchi oʻrinbosari, Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston adliya vazirlari va Qirgʻiziston adliya vaziri oʻrinbosari, ushbu davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda MDHning notariat va advokatura boʻyicha tayanch muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.

🔹Yigʻilishda taʼkidlanganidek, MDH mamlakatlari oʻrtasidagi muloqotning mazkur formati huquqiy sohada faol hamkorlik qilish, milliy darajada qabul qilingan muvaffaqiyatli amaliyotlar bilan oʻrtoqlashish hamda yangi qoʻshma tashabbuslarni ishlab chiqish imkoniyatini bermoqda.

❗️Adliya vaziri A.Tashkulov Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirliklari oʻrtasida maʼlumotlar almashish yagona elektron platformasining konsepsiyasini taqdimot qildi.
Mazkur elektron platforma hamdoʻstlik hududida oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirib, fuqarolarimizning davlatlararo huquqiy himoya mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.


🔹Maʼlumot uchun: adliya idoralariga har yili 5 mingdan ortiq FHDY organlari, notariat va boshqa huquqiy yordam yoʻnalishlarida MDH aʼzo davlatlari bilan bogʻlik soʻrovlar kelib tushmoqda. Hujjatlar bilan almashish pochta xizmatlari orqali amalga oshirilayotganligi sababli har bir soʻrovni ijro qilish muddati oʻrtacha 2 oydan 6 oyga qadar choʻzilmoqda.

🔹Kengash qarori bilan konsepsiya va uni amalga oshirish boʻyicha yo'l xaritasi tasdiqlandi. Elektron platformani ishlab chiqish uchun adliya vazirliklari mutaxassislaridan iborat doimiy ishchi guruh tuzildi.

🔹Ishtirokchilar Hamdoʻstlik makonida huquqiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, FHDY organlari, advokatura va notariat sohalarini isloh qilish masalalarni muhokama qilishdi hamda kengashning 2027-yilgi ish rejasini koʻrib chiqdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM