ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Ijtimoiy barqarorlik va davlat xizmatlari ko‘rsatilish holati o‘rganildi

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev Qo‘shrabot tumaniga xizmat safari davomida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida “Qiyqim” mahallasida bo‘ldi. Tashrif chog‘ida mahalliy aholi bilan ochiq muloqot qilib, ularning kundalik turmush tarziga oid dolzarb muammolari, ehtiyojlari va takliflarini diqqat bilan tingladi.

Fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ish bilan ta’minlash, ta’lim va boshqa muammoli masalalar ko‘rib chiqildi. Aholining turmush darajasini yaxshilash, huquqiy madaniyatni oshirish hamda yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha aniq taklif va chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

N. Muxammadiyev, shuningdek, Qo‘shrabot tuman Davlat xizmatlari markaziga ham tashrif buyurdi. Markaz faoliyati, undagi texnik va tashkiliy sharoitlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ularni olishda qulayliklar mavjudligi o‘rganildi. Markazda aholining murojaatlari qanchalik tez va sifatli ko‘rib chiqilayotgani, xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti, xizmat ko‘rsatish madaniyati ham diqqat markazida bo‘ldi.

Tashrif yakunida Adliya vaziri o‘rinbosari davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, aholi uchun qulay xizmat muhitini yaratish yuzasidan markaz rahbariyati va mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari va xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berilmoqda.

🔹Belgilangan reja-grafikka asosan Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.

🔹Xizmat safari doirasida Dehqonobod, Nishon hamda G'uzor tuman Markazlari hamda tashkilotlari faoliyati, ular uchun yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

🔹O'rganish davomida Markazlar va tashkilotlarga ish faoliyatini optimallashtirishda "E-huquqshunos" elektron tizimining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berildi.

🔹Markazlar va tashkilotlarning kundalik faoliyatida uchrayotgan 10 dan ortiq muammolar joyida bartaraf qilindi.

🔹Markaz hamda tashkilotlarga amaliy yordam berishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUQUQIY MAHALLA

"Huquqiy mahalla " konsepsiyasi doirasida Qarshi tumani, "Kaxlak" MFYda joylashgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida "Huquqiy bilimlar kuni" tashkil etildi.

Muassasa xodimlariga my.go.uz platformasidan foydalanish afzalliklari, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish afzalliklari tushuntirildi hamda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

"Huquqiy mahalla" konsepsiyasi doirasida "Kaxlak" MFYda ijtimoiy xodim hamkorligida ijtimoiy himoya reyestrida turuvchi fuqarolarning tibbiy ko'rigi tashkil etilib, ularning imtiyozlardan foydalanish ahvoli hamda huquqiy muammolari o'rganildi, huquqiy va tibbiy maslahatlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot