ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Jurnalist va blogerlar uchun “Matbuot anjumani” oʻtkazildi.


Davlatobod tumani adliya bo'limi binosida 2025-yil 5 oy davomida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumanida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi Dilmurod Ahmedov maʼlumot berdi.

Batafsil 👉

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tayinlov

Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Maxmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari boʻlgan. 2004-2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rahbari, 2005-2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2006-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha inspektori;
2011-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining Adliya va sud idoralari masalalari shu'basining yetakchi inspektori;
2014-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shu'basi mudiri;
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shu'basi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2017-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida;
2021-2024-yillarda Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar (2024-yildan) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vazirligi delegatsiyasi Jahon odil sudlov tashkiloti (World Justice Project) va Polsha Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Jahon odil sudlov forumida ishtirokini boshladi.

🔹Forumning ochilish marosimida Jahon odil sudlov tashkiloti ijrochi direktori Alexandro Ponse, Polsha Respublikasi Adliya vaziri Adam Bodnar, Jahon odil sudlov tashkiloti asoschilaridan biri Viliam Habbord va Nobel mukofoti sovrindori Maria Ressalar tomonidan qonun ustuvoriligi, mustaqil sudlov tizimi va inson huquqlarini ta’minlash davlatlar uchun naqadar muhim yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlandi.

🔹Vazirlik delegatsiyasi forum doirasida tashkil etiladigan sessiyalarda hamda ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlarida yagona standart sari!

🔹Adliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlarida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yagona standartlarini yaratish va ularga ISO xalqaro sertifikatlarini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹Shu maqsadda loyihani amalga oshirish doirasida vazirlik markaziy apparatining tegishli bo‘lim xodimlari ishtirokida xalqaro ekspertlar bilan seminar-trening o‘tkazildi.

🔹Tadbirda ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish standartlari mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, seminar savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, xodimlarni qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritildi.

❗️Mazkur tashabbus fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro tajriba asosida yagona yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholi muammolarga yechim topildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari Nu’mon Muhammadiyev tomonidan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Navkat mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ushbu qabul davomida mahalliy aholi vakillari tomonidan 21 ta turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar asosan meros, vasiylik, mulkni rasmiylashtirish, yer va uy-joyga bo‘lgan huquqlar, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan bo‘ldi.

Eng muhimi, murojaatlarning 11 tasi shu yerning o‘zida iloji boricha ijobiy hal etildi. Qolgan 10 ta masala esa tegishli idora va tashkilotlarga yuborilib, belgilangan tartibda ijroga qaratildi. Har bir fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xususan, Navkat mahallasida yashovchi Ziyadullayev Nuriddin meros masalasida murojaat qildi. Mutasaddilar mazkur holat yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatib, tegishli huquqiy yo‘l-yo‘riqni tushuntirib o‘tdi.

Shuningdek, aholi vakillaridan biri – Akmal Ahmedov vasiylik masalasida murojaat qildi. Uning muammosi ham alohida e’tiborga olinib, mutaxassislar tomonidan huquqiy asosda ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabul mahalliy aholi va davlat organlari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim qadam bo‘ldi.

Shu kabi tadbirlar joylardagi muammolarni yechish, fuqarolarni huquqiy jihatdan xabardor qilish va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot