ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Koson tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘ldi

Adliya vaziri Koson tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Tizim xodimlarining ish sharoitlari, jarayondagi muammolar va xizmatlar sifatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini o‘rgandi.

Tizim mas'ullari bilan o‘zaro muloqotda bu borada ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan takliflar, fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashladi, tavsiyalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘tgan 5 oyida Koson davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga jami 39 989 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 15 427 tasi onlayn tarzda ko‘rsatilgan xizmatlardir.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_reportaj

📹Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida tadbirkorlar billan uchrashuv o'tkazdi. Guruh tarkibida Adliya vaziri o'rinbosari tomonidan huquqiy masalalar ko'rib chiqildi.

Batafsil👆reportajda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Sirdaryo viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yanada jadallashtirish choralari ko‘rilmoqda

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 16-19-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
"Hyundai" va "Kia" tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo'yildi!

🔹Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Hyundai” va “Kia” kompaniyalariga (Janubiy Koreya Respublikasi) tegishli tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanilganligi holatlari bo‘yicha huquq egalarining murojaatlari asosida tekshiruvlar o‘tkazildi.

🔹 Tekshiruvlar natijasida:

▪️“Hyundai” va “Kia” belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi tasdiqlandi;
▪️bino peshlavhalaridagi tovar belgilarining olib tashlanishi ta’minlandi;
▪️huquqbuzarlik holatlari joyida bartaraf etildi;
▪️tadbirkorlarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“E-qaror” tizimi yuzasidan mas’ullar bilan onlayn seminar o‘tkazildi

🔹Hududiy adliya organlarining “E-qaror” elektron tizimiga mas’ul xodimlari ishtirokida “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlar qabul qilish holatlari” mavzusida “ZOOM” platformasida seminar tashkil etildi.

🔹Seminar davomida qarorlar qabul qilishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, monitoringni kuchaytirish, hamda normativ tusdagi qarorlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, mas’ul xodimlarga “Davlat funksiyalari” axborot tizimi (reestr.gov.uz) orqali mahalliy ijro hokimiyati organlariga yuklatilgan 85 ta funksiyaga oid ma’lumotlarni kiritish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

🔹Tadbirkorlarning huquqiy muammolari va davlat xizmatlaridan foydalanishdagi to‘siqlar – ochiq muloqotda asosiy muhokama mavzusi bo‘ldi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi yig‘ilishga tayyorgarlik doirasida, Respublika ishchi guruhi tomonidan Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasida tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Unda Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muhammadiev va viloyat hokimi o‘rinbosari Oybek Hamroev tadbirkorlarning taklif va muammolarini tingladi.

🔹Uchrashuvda 30 dan ortiq tadbirkor ishtirok etdi. Masalan:
▪️150 ta ish o‘rni yaratgan tadbirkor Barno Jumanova kadastr hujjatlaridagi tushunmovchiliklar va ayrim imtiyozlardan foydalanishdagi to‘siqlar haqida gapirdi. Mazkur masala yuzasidan ishchi guruh tuzilib, amaliy choralar belgilandi.

▪️Murodjon Primov auksion orqali olgan yerida to‘lov bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganini bildirdi. Murojaatlar mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.

🔹Bugungi kunda viloyatda 130 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. 2017–2025-yillar davomida 48 268 ta yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2025 yilning 6 oyida bu ko‘rsatkich 2 908 tani tashkil etdi.

🔹 Uchrashuv davomida 20 dan ortiq murojaat nazoratga olindi va tadbirkorlarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Namanganda yana 42 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etildi


Joriy yilning 17-iyun kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining navbatdagi o'n to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada fuqarolarning  uy-joylariga bo'lgan huquqlari xalq deputatlari viloyat Kengashida ko‘rib chiqilib, ularning yer maydoni uchun ijara huquqi va unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etilib, fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlariga bo'lgan mulk huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

Bugungi kengash muhokamasi natijasida tegishli qaror qabul qilinib, 42 nafar fuqaroning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot