ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan islohotlar samaradorligi bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Yo‘l xaritasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishda mavjud tizimli muammolarni aniqlash bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazish belgilangan.

🔹Shunga ko‘ra, Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyat adliya, qurilish, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalari, soliq boshqarmasi, kadastr palatasi agentligi va boshqa tegishli idoralar mas’ullari ishtirokida viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Uchrashuvda 50 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli, yaratilgan imtiyoz va qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

🔹Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatilishidagi tizimli muammolarga oid fikr-mulohazalari, ularni bartaraf etishga oid takliflari tinglandi.

🔹Bundan tashqari, uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatga oid murojaatlari eshitilib, 6ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish talab qiladigan 16 ta murojaat ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

🔹Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli idoralar mas’ullari batafsil javoblar berishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov kunning ikkinchi yarmida Qarshi tumanida fuqarolarga huquqiy xizmat ko'rsatish sifati va Prezident farmoni ijrosini o'rgandi.

Adliya vaziri Qarshi tumanida adliya bo'limi faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar, huquqiy mahalla konsepsiyasi doirasida aholi yashashi uchun birlamchi minimal standartlarga rioya etilishi holati bilan tanishdi.

Xususan Qarshi tumani adliya bo'limi tomonidan 5 500 ta xonadonlar muammosi o'rganilib, 5498 ta huquqiy muammolar aniqlandi. Shundan, 5411 nafar fuqarolarning muammosi adliya ko'magida hal etildi.

Shundan so'ng , YXKM faoliyati bilan ham tanishilib, markaz xodimlari bilan suhbat tashkil etildi va sohani takomillashtirish yuzasidan takliflari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📍 Toshkent viloyatida ijtimoiy soha bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda

Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi vakillari tomonidan Toshkent viloyatida ijtimoiy soha ob’ektlarida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilmoqda.

👥 O‘rganishlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar vakillarining muammolarini aniqlash va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📌 Xususan, Bo‘stonliq tumanining Kichiksoy, Birlik, G'azalkent, Xo'jakent kabi chekka mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

🚰 Aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi ham o‘rganilib, mavjud ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot