ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | Davlat xizmatlari: qulaylik, shaffoflik va ustuvor vazifalar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

❗️Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi o'rganishlari

Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi mas'ullari va Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi rahbarlari mazkur qabullarda xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan uchrashuvlar o'tkazdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | O`zboshimcha egallangan yer uchastkalari va ko`chmas mulklar qonuniylashtirilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️Xalqaro hamkorlik kengaymoqda.

⚡️ Joriy yilning 16-iyun kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik
faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashi ishchi guruhining onlayn uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya vazirligi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mas'ullari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishchi guruhning kelgusidagi maqsad va vazifalari, xususan Kengashning ikkinchi yig'ilishini tashkillashtirish, amaldagi uslubiyotlarni o‘zaro almashish va takomillashtirish, sud ekspertiza sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

✔️ Shuningdek, kelgusida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik
faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashi ishchi guruhining hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish choralari muhokama etilib, sud ekspertlik sohasini rivojlantirish masalalari kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Prezident_farmonlari
Prezident Farmoni va Qarorlarining Andijon viloyatida ijrosi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishchi guruhi boshchiligida, Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Andijon viloyatida 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmon, 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son hamda 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

🔹 Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir, chegaraoldi va chekka hududlardagi 8 ta mahallada aholining muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, 1 070 dona suyultirilgan gaz baloni aholiga yetkazildi, gaz ta’minoti barqaror yo‘lga qo‘yildi.

🔹 Uyma-uy yurish orqali 250 nafardan ortiq xotin-qizlar va yoshlar ish bilan ta’minlandi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun shart-sharoitlar yaratildi.

🔹 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida yo‘llar ta’mirlandi, maktablar atrofi tartibga keltirildi, 20 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

🔹 Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 23 nafar fuqaroga kredit mablag‘lari ajratildi.

🔹 “Adliya sayli”, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, sport musobaqalari tashkil etildi. 16 nafar probatsiya nazoratidagi yoshlar ish bilan ta’minlandi va o‘quv kurslariga jalb qilindi.

📌 Ushbu faoliyatlar Prezident hujjatlari ijrosini ta’minlash, aholi turmushini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

AOKAda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Hayotjon Qilichev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Unda “Tashkent law spring 2025” IV xalqaro yuridik forumi natijalari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Quyidagilarning qaysi biri mas'uliyati cheklangan jamiyatda jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi?
Anonymous Quiz
31%
jamiyatning kuzatuv kengashi
56%
ishtirokchilarning umumiy yig'ilishi
8%
jamiyatning taftish komissiyasi
6%
jamiyatning direksiyasi
🏛 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazov boshchiligidagi delegatsiya joriy yil 16–19-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) iqtisodiy va savdo faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash forumi”da ishtirok etmoqda.

📢 Forum doirasida o‘tkazilgan sessiyalarda institut direktori Y.Kanyazov “Huquqiy infratuzilma va iqtisodiy islohotlar simbiozi” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi. Unda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur huquqiy islohotlar, jumladan, iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi huquqiy infratuzilmani mustahkamlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni taqdim etdi.

🌐 Mazkur xalqaro forum doirasida delegatsiya a’zolari ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar vakillari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi tashabbus va g‘oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Joriy yilning 17-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori yoki harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda
davlat organlari va tashkilotlarining yoki ular mansabdor shaxslarining o‘z faoliyati davomida amalga oshirgan qonunga xilof qarori yoxud harakati (harakatsizligi) yuzasidan jismoniy (yuridik) shaxsga yetkazilgan zararni pul shaklida qoplash;
zararlarni qoplash uchun hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ularning manbalari;
zararni qoplash to‘g‘risidagi sud hujjati va ijro varaqasini sud qarzdor joylashgan yerdagi davlat ijrochisi va hududiy hokimliklarning yuridik xizmatiga yuboradi, bunda inson omili aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi;
Jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, hududiy Kengashlarga davriy hisobot taqdim etib borishi;
mahalliy hokimliklar zararni qoplash uchun to‘langan mablag‘larni regress tartibida undirish choralarini ko‘rishi.

Qonun qabul qilinishi bilan fuqarolarga davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof faoliyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash hamda aybdor mansabdor shaxslardan belgilangan tartibda regress tartibda undirishning qonuniy asoslari belgilanadi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash, mansabdor shaxsning shaxsiy masʼuliyatini oshirish hamda davlat idoralari faoliyatida shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
ADLIYA YANGILIKLARI
Joriy yilning 17-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori yoki harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining…
❗️Qonunchilikdagi ziddiyatlar bartaraf etilmoqda!

📄 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 17-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tafovut hamda ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

⚖️ Ushbu qonun loyihasi orqali yer, ta’lim, soliq, raqobat, tadbirkorlik kabi sohalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlaridagi nomuvofiqliklar bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.

🔹 Misol uchun:
• Sud orqali litsenziya yoki ruxsat xususiyatiga ega hujjat amalini 10 kundan ortiq, 6 oygacha to‘xtatib turish imkoniyati belgilanmoqda;
• Mehnat migratsiyasida vafot etgan fuqarolarning jasadini olib kelish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi;
• Referendum komissiyalari qarorlari bo‘yicha nizolar ma’muriy sudda ko‘rib chiqiladi.


📚 Shuningdek, “O‘rmon to‘g‘risida”, “Bola huquqlari”, “Raqobat”, “Davlat boji” qonunlari, Soliq va Shaharsozlik kodekslariga ham o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Bu islohotlar huquqni qo‘llash amaliyotini yaxshilaydi va fuqarolar manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot