ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🇺🇿 Adliya vazirligi jamoasi Respublika qon quyish markazi tomonidan e’tirof etildi!

❤️ Adliya vazirligi tomonidan har chorakda o‘tkazib kelinayotgan “Mehr ulash” donorlik aksiyasi jamiyatda ezgulik, birdamlik va hayotga e’tibor madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🔹 Shu munosabat bilan Adliya vazirligi jamoasi qon topshirishdagi faol ishtiroki uchun Respublika qon quyish markazi tomonidan alohida e’tirof etildi va taqdirlandi.

🩸 Har safar “Mehr ulash” aksiyasi doirasida adliya tizimi xodimlari minglab insonlar hayotini saqlab qolishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

📢 Donorlik – bu nafaqat insoniy burch, balki jamiyat oldidagi fidokorona mas’uliyatdir. Bugun adliya xodimlari qon topshirish orqali chinakam fuqarolik namunasi ko‘rsatmoqda.

🫂 Adliya vazirligi ijtimoiy mas’uliyatli tashkilot sifatida bundan keyin ham ezgu tashabbuslarni davom ettiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

🔔 Adliya vazirligi ishchi guruhi Andijon viloyatiga xizmat safarini amalga oshirdi.

Adliya vazirligi huzuridagi ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida adliya organlari va tizimiga oid xizmatlar ko‘rsatish holati, ularning samaradorligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.

Safar doirasida viloyatning olis va chekka hududlarida joylashgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari (FHDY) faoliyati o‘rganildi. Jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarining tez, oson va ochiq sharoitda taqdim etilishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tizim xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralari belgilandi. Ishchi guruh tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

🔖 Mazkur tashrif adliya tizimi faoliyatini takomillashtirish, xizmatlarning fuqarolar ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etilishi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy qadamlardan biridir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Huquqiy muammolarni joyida aniqlash va tizimli yechimlar — asosiy e’tiborda

Kuni kecha, Respublika ishchi guruhi tomonidan hududiy adliya organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida navbatdagi “ZOOM” yig‘ilishi o‘tkazildi.

📍 Yig‘ilishda joylarda huquqiy muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda tizimli muammolarni hal qilishda yagona amaliyotni shakllantirish bo‘yicha hududiy adliya organlariga zarur tushuntirishlar berildi.

🔹 Mazkur jarayonlar adliya organlari tomonidan joylarda samarali yondashuv asosida, ijtimoiy adolatni ta’minlash va aholining huquqiy ehtiyojlariga bevosita javob berish maqsadida olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat shartnomasini muddati tugaganligi munosabati bilan bekor qilishda bir taraf boshqa tarafni qancha muddat oldin ogohlantirishi kerak?
Anonymous Quiz
40%
kamida 3 kalendar kun oldin
28%
kamida 2 hafta oldin
20%
kamida 1 oy oldin
12%
kamida 2 oy oldin
Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi

Joriy yilning 14-iyun kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyati "Qo‘qon erkin iqtisodiy" zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar ishtirokida tovar belgisini muhofaza va himoya qilish bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida ishtirokchilarning intellektual mulk obyektlarini xususan, tovar belgilari va geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, muhofazaga olish va uni himoya qilish bilan bog'liq yig'ilib qolgan savollarga javob berildi. Jumladan, huquq egalari intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish tartibi, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida batafsil tushuntirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📍O'zganing xizmat ko'rsatish belgisidan foydalanayotgan tadbirkorga chora ko'rildi.

“HUGO BOSS Trade Mark Management GmbH&Co.KG (Germaniya) kompaniyasining Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga kelib tushgan murojaati o'rganilganida - BOSS, BOSS HUGO BOSS, HUGO BOSS tovar va xizmat ko'rsatish belgisidan boshqa tadbirkorlik subyekti tomonidan savdo obektiga kirish joyi peshlavhasida qonunga hilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kiritilgan ta'sir chorasi natijasida ushbu huquqbuzarlik holatlari bartaraf etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “jinsini o‘zgartirishga ruxsat berildi...”, “endi kim jinsini o‘zgartirsa, u familiya, ism va ota ismini ham o‘zgartirishi mumkin...” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Bunda familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish masalasi yuzasidan quyidagilar maʻlum qilinadi.
Qonunchilikka muvofiq bolaning tug‘ilishini qayd etish vaqtida uning jinsiga oid ma’lumotlar tibbiyot muassasasi tomonidan beriladigan tibbiy guvohnoma asosida yoziladi.

Biroq har yili o‘rtacha 5-6 nafar bola jinsi noaniq holatda tug‘ilishi holati uchrab turadi, bunda dastlabki tekshiruvlar bolaning jinsini “o‘g‘il” yoki “qiz” deb ko‘rsatsa-da, keyinchalik bola 5-10 yosh, ayrim holatlarda esa 10-16 yoshdan oshganda bolaning jinsi “o‘g‘il” emas “qiz” ekanligi yoki aksincha “qiz” emas “o‘g‘il” ekanligi aniqlanmoqda.

Shu kabi holatlarda tibbiyot muassasasining xulosasi bilan jinsga oid ma’lumotlarga tuzatish kiritiladi.

Ma’lumot uchun: bu kabi holatlarda jinsini tuzatish mumkinligi Oila kodeksining 229-moddasida belgilangan bo‘lib, mazkur huquqiy normalar yangi joriy etilmagan, aksincha 1998-yil 1-sentabrdan buyon amalda hisoblanadi.

Bu borada qonunchilik hujjatlarida ayrim huquqiy bo‘shliqlar mavjud bo‘lgan.
Misol tariqasida, 2008-yilda tug‘ilgan bolaning jinsini aniqlash imkoni bo‘lmasdan “o‘g‘il” deb yozilgan va o‘g‘il bolaning ismi qo‘yilgan. Keyinchalik bola 16 yoshga to‘lgach tibbiy tekshiruvlarda uning jinsi “qiz” ekanligi aniqlanib, tibbiyot muassasasining xulosasiga asosan jinsiga oid ma’lumotlarga tuzatish kiritilgan. Biroq ushbu xulosa asosida uning familiya, ism va ota ismini qiz bolalarga mos ravishda o‘zgartirish imkoni bo‘lmagan.

Mazkur huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori qabul qilinib, tibbiyot muassasasining xulosasiga asosan jinsiga oid ma’lumotlar tuzatilganda bolaning familiya, ism va ota ismini jinsiga mos ravishda o‘zgartirishi belgilandi.

Adliya vazirligi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj |"Mahalla huquqshunosi" loyihasi doirasidagi tadbirlar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot