ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#hududlarda
#adliya_sayli

Farg'ona, Namangan, Andijon viloyatlarida "Adliya sayli" tadbirlari o'tkazilmoqda.

Ushbu huquqiy sayldan koʻzlangan asosiy maqsad aholining, ayniqsa yoshlarni adliya idoralari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish barobarida “dolzarb 90 kunlik” doirasida maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishdan iborat.

❗️Tadbir tafsilotlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

Andijon, Namangan, Farg'ona

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida “Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.


Mazkur seminarda Adliya vazirligi mas'ullari ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlik tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Sirdaryoda tadbirkorning qarzdorlikni undirish bo‘yicha murojaati adliya bo‘limi tomonidan ijobiy hal etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Tuxum barak” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o’tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan Xorazm viloyatiga xos bo‘lgan “Tuxum barak” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o’tkazildi.

Mazkur taom o‘ziga xos tayyorlanish usuli, tarkibi va qadimiy an’analarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. “Tuxum barak” asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi.

Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish, sifat va nufuzini saqlab qolish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.

📌 Eslatib o‘tamiz, geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning ma’lum bir hududga xosligi va aynan shu hudud omillari bilan bog‘liq alohida sifatlarga ega ekanligini bildiruvchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📍 “E-qaror” tizimi bo‘yicha navbatdagi seminar

📅 2025-yil 13-iyun kuni hududiy adliya organlarining “E-qaror” elektron tizimiga mas’ul xodimlari ishtirokida “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ tusdagi qarorlari loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

🧩 Seminarda normativ qaror loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi tushuntirildi, yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilindi.

📌 Shuningdek:
• Ekspertiza xulosasida gender ekspertizadan o‘tkazilgani alohida ko‘rsatilishi kerakligi eslatib o‘tildi;
• Qarorlar monitoringini kuchaytirish va qonunbuzarliklarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

👥 Seminar “ZOOM” platformasi orqali o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi.

Murojaatlarning qabul qilish hamda muammolarning batafsil oʻrganishning samarali usuli boʻlgan shaxsiy qabullarni tashkil etishga ham vazirligimiz rahbariyati tomonidan alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 13-iyun kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 10 nafardan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.

Qabul jarayonida vazirlik faoliyatiga tegishli murojaatlarni oʻrganib chiqish hamda qonun doirasida hal etish uchun masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15-00 dan 17-00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qaysi toifadagi xodimlarga ularning xohishiga ko'ra ish haqi saqlanmaydigan ta'til majburiy tartibda beriladi?
Anonymous Quiz
12%
pensiya yoshidagi shaxslarga
28%
homilador ayollarga
43%
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga
17%
18 yoshga to'lmagan shaxslarga
📍 O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida qonunchilik islohotlarini jadallik bilan amalga oshirmoqda

📅 2025-yil 13-iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Ushbu yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Adliya vazirligi vakillari hamda 30 dan ortiq JSTga a’zo davlatlar ishtirok etdi.

📌 Yig‘ilish doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov tomonidan JST bitimlariga mos qonunchilik islohotlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Jumladan:

🔹 So‘nggi 2 yilda 130 dan ortiq hujjatlar JST talablariga moslashtirildi;
🔹 Bojxona kodeksi yangilandi, eksport subsidiyalari va cheklovlar bekor qilindi;
🔹 Intellektual mulk sohasida asosiy xalqaro shartnomalarga a’zolik ta’minlandi.

🌐 JST a’zo-davlatlari, jumladan Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qonunchilik islohotlarini ijobiy baholadi.

📈 Bu O‘zbekistonning global iqtisodiy hamkorlikda faol ishtirok etish borasidagi qat’iy siyosatini ko‘rsatmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot