ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Adliya vazirligi, sud, prokuratura va advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat olib boruvchi advokatlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Unda ishtirok etgan mas'ullar tomonidan korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish, shuningdek, advokatlar tomonidan faoliyati davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan qat’iy qoidalar yuzasidan tushuntirish berildi.

🔹Shu bilan birga, mazkur seminarda soha vakillarning davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishdagi ishtiroki tahlil qilinib, unda “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali so‘rov asosida advokatni jalb qilish tartibi, u bilan amaliyotdagi muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli masalalariga to‘xtab o‘tildi.

❗️Ushbu mavzudagi seminarlar Respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilishi nazarda tutilgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sunʼiy intellekt yoki inson. Raqobatda kim yutadi?

“Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi qanday oʻtdi? Advokatura, notariat, mediatsiya va shu kabi bir nechta yuridik sohalarda raqamlashtirish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirildi, kutilayotgan yangiliklar nimalardan iborat? “Obyektiv” nigohi ayni mavzularga qaratildi!

To'liq video 👉 https://youtu.be/uob0IBRd_uc

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📚F. Dostoyevskiyning mashhur “Jinoyat va jazo” asari tarjimasiga bo’lgan mualliflik huquqi himoya qilindi.

Muallif Ibrohim G'afurov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan “Jinoyat va jazo” asarini nashr etish huquqi shartnoma bo'yicha "Dunyo nashr" nashriyotiga tegishlidir.

📚Adliya vazirligi tomonidan “Jinoyat va jazo” asarining o’zbek tilidagi tarjimasi “T.S” hamda “P.E” MChJlar tomonidan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan 4000 adadda nashr etilganligi aniqlandi.

⚖️Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar chiqarildi.

⚠️Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bir_murojaat_izidan

O‘rta Chirchiq tumanidagi 58-maktab o‘qituvchilari “Mahalla adliya” platformasi orqali bepul tibbiy ko‘rikni tashkil etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan edi.

📌 Adliya bo‘limi mazkur murojaatni o‘rganib chiqdi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni ijobiy hal etdi.

📑 “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, davlat ta’lim muassasalaridagi pedagoglar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tishi kerak.

Adliya bo‘limi tashabbusi bilan 85 nafar o‘qituvchi tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazildi.
📍 Bu ishlar “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

📲 Videorolikni tomosha qiling va huquqiy yordam haqiqatan ham hayotingizni o‘zgartirishini guvohi bo'ling.

📌 Har bir murojaat e’tiborda!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri A. Tashkulov “Squire Patton Boggs” xalqaro yuridik firma vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

📌 Adliya vaziri Akbar Tashkulov mamlakatimizda yuridik sohani rivojlantirish, xalqaro huquqiy hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish maqsadida “Squire Patton Boggs” xalqaro yuridik firmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💬 Muloqot chog‘ida yuridik xizmatlar sohasini takomillashtirish, huquqiy infratuzilmani zamonaviy talablarga moslashtirish, yuridik kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

📈 Shuningdek, xalqaro yuridik firmalarning O‘zbekistonda vakolatxonalarini ochish, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yurtimizdagi investitsion muhitni yanada yaxshilashga xizmat qiluvchi huquqiy xizmatlar tizimini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

📍Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda yuridik xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro huquqiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri A. Tashkulov “Dentons” xalqaro yuridik firma vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov mamlakatimizda huquqiy islohotlarni chuqurlashtirish va xalqaro huquqiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Dentons” xalqaro yuridik firmasining Yevropa va O‘rta Osiyo bo‘yicha Bosh ijrochi direktori Vendela Raas boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💬 Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
▪️ normativ-huquqiy islohotlarga xalqaro ekspertlik yondashuvlarini joriy etish;
▪️ davlat va davlat korxonalarining huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
▪️ yuridik kadrlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
▪️ yuridik xizmatlarga sun’iy intellektni integratsiya qilish.

📍 Shuningdek, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Dentons ofisi bilan hamkorlikni kengaytirish va yuridik xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tajriba almashish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🎓 Uchrashuvda yosh yuristlar salohiyatini rivojlantirish, ularni global huquqiy muhitga tayyorlash va xalqaro tajriba orttirishiga e’tibor qaratish strategik ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mazkur muloqot O‘zbekistonda yuridik tizimni modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarga moslashtirish va global huquqiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Sayyor_qabul
#Sayyor_xizmat

❗️Farg‘ona viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul va o'rganishlar olib borilmoqda
.

Quvasoy shahri markazidan olis hududda joylashgan "Sufon" mahallasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, shahar adliya bo'limi hamda hamkor tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

80 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitilib, 10 dan ortiq fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 20 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

42 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari, 12 nafariga sayyor notarial xizmatlari ko'rsatildi.

30 dan ortiq fuqarolar bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat ijtimoiy buyurtmasi bu sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasini tuzish orqali ishlarni bajarish yoki tadbirlar o‘tkazishga qaratilgan davlat topshirig‘i hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qashqadaryoda yana 100 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e'tirof etildi

Joriy yil 9-iyun kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'n ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada qabul qilingan qarorga ko'ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e'tirof etildi.

Jumladan, Chiroqchi, Dehqonobod, G'uzor, Kasbi, Koson, Mirishkor, Qamashi, Yakkabog', Qarshi tumanlari hamda Shahrisabz shahrida yashovchi jami 100 nafar fuqaro o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlariga ega bo'ldi.

Mazkur amaliyot viloyatda egalik huquqlarini qonuniylashtirish bo'yicha izchil islohotlarning bir qismi bo'lib, 2024–2025-yillar davomida 155 mingga yaqin uy-joy va boshqa turdagi inshootlarga nisbatan mulk huquqlari rasman hujjatlashtiriladi.

Ma'lumot uchun, viloyat hokimi Murotjon Azimov viloyat bo'yicha birinchi bo'lib uy-joy va yerga egalik huquqini olgan 18 nafar fuqaroga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot