ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari xizmat safari bilan Oqoltin va Sardoba tumanlarida bo'ldi.


Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Sardoba tumanlariga xizmat safari davomida mahallalarda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hamda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida “Mahalla yettiligi” a'zolari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida suhbatlar tashkil etilib, aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va huquqiy yordam ko‘rsatish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur doirasida tasdiqlangan Yo‘l xaritasining ijrosi monitoring qilinib, mavjud imkoniyatlardan foydalanib aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, “fuqaro – mahalla – adliya” tizimi orqali huquqiy yordamni kuchaytirish va “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Sh.Rabiyev, shuningdek, Oqoltin tumanidagi “Indorama” va “Agro klaster” MChJlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxona rahbarlari va hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar, mavjud qonunchilikdagi imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan tizimli muammolar o‘rganilib, sohaga oid taklif va fikrlar tinglandi hamda zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi
.

Xususan, vazir o‘rinbosari Sirdaryo tumanidagi eng yirik qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Sirdaryo Mega Luks” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamda metall konstruksiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Wangda group” qo'shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi hamda faoliyatda vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati o‘rganildi.

Adliya vazirligi mas'ullari Navoiy viloyatidagi “Do‘stlik va NNT” uyiga tashrif buyurib, hududda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) faoliyati va ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Navoiy viloyatida 500 dan ortiq NNT faoliyat yuritmoqda. 2024-yil davomida hududda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, korrupsiyaning oldini olish va ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan 40 dan ortiq grant loyihalari amalga oshirilgan.


Shuningdek, 150 dan ortiq NNTni birlashtirgan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining (O‘ZNNTMA) Navoiy hududiy bo‘limi, milliy madaniy markazlar hamda boshqa nodavlat tashkilotlar faoliyati bilan tanishildi, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati o'rganildi.

Adliya vazirligi ishchi guruhi Buxoro viloyatining Romitan va Peshku tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini hamda bu borada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganib, ushbu hududlardagi FHDY arxivlari faoliyatini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek mazkur tuman (shahar) larda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikrlari va takliflari tinglandi.

Mas’ullarga aholining huquqiy muammolarni aniqlash va hal etish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Samarqand_viloyati

Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika”ning Turon shoxobchasi patronaj hamshirasi F.Aning homiladorlik va tug‘ish ta’tili puli to‘lab berilmayotganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

👉Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Jizzax_viloyati

Jizzax viloyatida adliya organlari tomonidan "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Batafsil yuqoridagi 👆 ko'rsatuvda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan “Vorislik huquqi” bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kursi boshlanmoqda!

👉Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_yuridik_forum

“Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”


📆2025-yil 29-30-may
“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi

Huquqning zamonaviy tendensiyalari yuristlar, IT va biznes vakillari, olim va ekspertlar birlashgan xalqaro muhokama maydonida.

Batafsil: tashkentlawspring.uz

📞Qo‘shimcha ma‘lumot (OAV) uchun:
71 2070458 (ichki raqam 1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot