ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o‘tkazish hamda ularning huquqiy muhofazasi yuzasidan joyiga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlariga huquqiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda
.

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti mas'ullari tomonidan Nurota tumanida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega bo'lishning afzalliklari to'g'risida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xususan, “JOM MARBLE” MCHJ, “PREMIER TEXTILE” xususiy korxonasi va boshqa tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishilib, ularga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning afzalliklari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda


“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan viloyat markazidan qariyb 100 kilometr olisda joylashgan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining “Xonnazar”, “Navkat”, “Do‘stlik”, “Mayintepa” va “Qiyqim” mahallalari Adliya vazirligiga biriktirilgan.

Vazirlik mutasaddilari tomonidan joriy yil avvalida mazkur mahallalarda o‘rganishlar, aholi bilan uchrashuvlar o'tkazilib, ularning qanday muammolari borligi, hududning ichki imkoniyatlari, drayveri, aholi turmush farovonligini oshirishda qanday yordam ko‘rsatish kerakligi o‘rganilgan edi.


Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yuqoridagi 👆 ko‘rsatuv orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mualliflik huquqini buzgan ijodkorlarning litsenziyalari bekor qilinishi mumkin

📌 Qonunchilikka muvofiq litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini bekor qilishni soʻrab sudga murojaat qilishi lozim.

❗️Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi.

🌀Shunga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan shoir va bastakorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2024 va 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida mualliflik huquqini buzgan va sud qarorlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan 10 nafar ijrochilarga oid maʼlumotlarni “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga taqdim etib, ularning litsenziyalarini bekor qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrishni soʻradi.

❗️Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi, shu jumladan Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Navoiy viloyatining chekka va chegara oldi hududlarida o'rganishlar olib borildi.


Respublika ishchi guruh tarkibida Adliya vazirligi mas'ullari, dastlab, Nurota tumani hokimligida aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalarda xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida tumanning "Sentob", "Temirqovuq", "Kaytasoy", "Chuya", "Jarma", "Qizilcha" mahallalarida ijtimoiy soha obyektlari, xususan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, masjid va qabristonlarda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Buxoro viloyatida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati o'rganildi.

Adliya vazirligi ishchi guruhi Buxoro viloyatining Kogon tumani, Kogon va Buxoro shaharlarida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini hamda bu borada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganib, ushbu hududlardagi FHDY arxivlari faoliyatini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek mazkur tuman (shahar) larda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikrlari va takliflari tinglandi.

Mas’ullarga aholining huquqiy muammolarni aniqlash va hal etish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat tashkilotlariga yoki davlat xizmatlari markazlariga borish shart emas!


Bugungi kunda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali masofadan turib arizalar yuborish mumkin. Navbat kutmaysiz!

Mobil ilova orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video yo‘riqnoma orqali tanishing:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Tillachi", "Toro", "Dakpatent" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xabar berganimizdek, joriy yilning 21-may kuni Adliya vazirligida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot