ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_yuridik_forum

2025-yil 29-30-may
Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.

📌Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar

Nega “Tashkent Law Spring”ni o‘tkazib yubormaslik kerak?
Keng netvorking
Eng ilg‘or bilimlarga ega bo‘lish
Amaliy yechimlar
Siyosat shakllanishidagi ta’sir


Bunday imkoniyat har 2-yilda 1 marotaba boʻlishi mumkin. Qoʻldan chiqarmang.

www.tashkentlawspring.uz rasmiy veb-saytida hozirоq roʻyxatdan oʻting.

📌 Kanalga ulanish
#Xalqaro_hamkorlik

Yevropa Parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv
.

Joriy yilning 16-aprel kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov
va Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov delegatsiya vakillariga so‘ngi yillarda mamlakatimizda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Adliya vazirligi va Yevro Ittifoq bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Yevropa Parlamenti delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Tomas Zdexovskiy O‘zbekiston hukumati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohalarida erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, uchrashuvda Yevroparlament deputatlari nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olish, inson huquqlarini ta’minlash, investorlar huquqlarini himoya qilish, sudlarning mustaqilligini kuchaytirish va boshqa sohalarda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📌 Kanalga ulanish
⚡️6 oylik kurslarga qabul boshlanmoqda!

❗️Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanmoqda.

🎓Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 20-apreldan 20-mayga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 150 nafar (o'zbek guruhi - 125 nafar, rus guruhi - 25 nafar); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 216 165 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ 71 200 02 35
☎️ 71 233-66-36 (1018)

📌 Kanalga ulanish
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Andijonga boʻlgan xizmat safari davomida Ulugʻnor tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi “Sariqsuv” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Ushbu loyiha asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot tayyorlanib, qilingan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Shu bilan birga, Adliya vaziri tomonidan “Sariqsuv” mahalla yettiligi aʼzolari bilan davra suhbati olib borilib, ularning ish faoliyati, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

Shuningdek, Adliya vaziri va Respublika ishchi guruhi xodimlari tomonidan Prezidentning 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazilib, masʼul xodimlarning joriy yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari hisoboti tinglandi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning bartaraf qilinishi yuzasidan masʼullarga tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Adliya vaziri Bo‘ston tumanida

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Bo‘ston tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi "Ko‘hinur" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi.

Shuningdek, vazir va Prezident Administratsiyasi xodimlari tomonidan Andijon viloyatida Davlat rahbarining 03.01.2025 yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi hamda kriminogen vaziyatni tahlil qilish faoliyatini tashkil etilishi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar ahvoli ham o‘rganildi.

Xususan, tashrif davomida kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Bos‘ton tumanidagi qizil toifali “Ko‘hinur” mahallasida qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, tuman prokurori, IIB boshlig’i, “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga ijtimoiy profilaktika ishlarini yanada jadallashtirish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida bir qator ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor ta’kidlanib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
“Канефрон”ning kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarilishi holati aniqlandi.

Germaniyaning “Bionorica SE” kompaniyaga tegishli “Канефрон” tovar belgisiga iste’molchlarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Каниферон С” nomi ostidagi kontrafakt biologik faol qo‘shimchalar “B. L.” MChJ tomonidan ishlab chiqarilib, savdoga taklif etilayotganligi holati ma'lum bo‘ldi.

Qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzarga nisbatan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilib, tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish chorasi ko‘rildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasiga ko'ra o'zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ma’muriy
javobgarlikka sabab bo‘ladi, shuningdek huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilinib BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima qo'llanilishi mumkin.

Bionorica SE - ilmiy tadqiqotlar yordamida o‘simliklardan asosida dori mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

kanalga a’zo bo’lish