ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani davlat xizmatlari markazining Qorasuv filiali yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida, O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov va Qo'rg'ontepa tuman hokimi ishtirok etdilar. 

Adliya vaziri mazkur marosimda nutq soʻzlab, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar fuqarolarimizning huquqlarini taʼminlashga, ularga tez, oson va qulay davlat xizmatlarini koʻrsatishga, vaqtlarini tejashga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida M.Normatovning tug'ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi muddati o'tkazilib qayd etilgan holda  fuqaroga shaxsan vazir  tomonidan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

Adliya vaziri  A.Tashkulov Andijon viloyatidagi "Mustaqillik" mahallasida bo'ldi.

Andijon viloyati respublikamizda aholisi eng zich joylashgan hududlardan hisoblanib, 1 km² ga 824 kishi toʻgʻri keladi.
2030-yilga borib viloyat aholisi qariyb 350 ming kishiga koʻpayib, aholi zichligi 1 km² ga 900 kishini tashkil qilishi kutilmoqda. Bu esa oʻz navbatida uy-joyga boʻlgan talabning ortishiga olib keladi.

Shu bois, A.Tashkulov “Mustaqillik” MFY aholisi bilan uchrashib, respublika hududlaridan samarali foydalanish, hududni meʼmoriy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan yaxshilash boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi haqida ma'lumot berdi.

“Mustaqillik” MFY hududidagi 33 gektar yer maydonida maʼnan eskirgan 682 ta yakka tartibdagi uy-joylar va 37 ta noturar binolar oʻrnida renovatsiya loyihasini amalga oshirish orqali 2,4 ming xonadonli koʻp qavatli uy-joylar hamda xizmat koʻrsatish, ijtimoiy soha va boshqa turdagi obyektlarni qurish imkoniyati mavjudligi ta'kidlanib, salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda, 2025-2030-yillarda bosqichma-bosqich renovatsiya dasturini amalga oshirish pilot loyihasini amalga oshirish imkoniyati mavjudligi ta'kidlandi.

Muloqot davomida, aholining fikrlari, taklif va e’tirozlari tinglandi.

📌 Kanalga ulanish
📣❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

Elektr ta’minotidagi uzilish haqida ma’lumot
!

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

2025-yil 16-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha, F.To‘ytepa 6 kV 102-transformator punktida yangi SIP turidagi elektr kabellarini tortish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur texnik ishlar sababli quyidagi hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi:

📍 Oybek, Obod, Ma’rifat, Bobur, Dehqonobod, To‘ytepa, Uchqun, Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari
📍 Navro‘z MFY – A.Sahoba ko‘chasi

⚠️ Elektr ta’minoti to‘xtatilishi munosabati bilan, Nurafshon shahar adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazida ham elektr energiyasi bo‘lmaydi.

🔹 Elektr uzilishi davrida Sizga my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni yoki yaqin atrofdagi boshqa Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat ❗️

❗️HURMATLI ADVOKATLAR!

Biz sizni "Uy-joy ijarasi bo'yicha nizolarda advokat ishtiroki o‘quv kursi"da kutib olishga tayyormiz.

▫️Bu kurs sizning professional rivojlanishingizga yangi yo'nalishlar ochadi, va sizni ushbu muhim sohada yetakchi mutaxassisga aylantiradi.

Ma'lumot uchun:
+998 71 234 53 46
+998 91 191 47 84

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_yuridik_forum

2025-yil 29-30-may
Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.

📌Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar

Nega “Tashkent Law Spring”ni o‘tkazib yubormaslik kerak?
Keng netvorking
Eng ilg‘or bilimlarga ega bo‘lish
Amaliy yechimlar
Siyosat shakllanishidagi ta’sir


Bunday imkoniyat har 2-yilda 1 marotaba boʻlishi mumkin. Qoʻldan chiqarmang.

www.tashkentlawspring.uz rasmiy veb-saytida hozirоq roʻyxatdan oʻting.

📌 Kanalga ulanish
#Xalqaro_hamkorlik

Yevropa Parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv
.

Joriy yilning 16-aprel kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov
va Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov delegatsiya vakillariga so‘ngi yillarda mamlakatimizda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Adliya vazirligi va Yevro Ittifoq bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Yevropa Parlamenti delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Tomas Zdexovskiy O‘zbekiston hukumati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohalarida erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, uchrashuvda Yevroparlament deputatlari nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olish, inson huquqlarini ta’minlash, investorlar huquqlarini himoya qilish, sudlarning mustaqilligini kuchaytirish va boshqa sohalarda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📌 Kanalga ulanish
⚡️6 oylik kurslarga qabul boshlanmoqda!

❗️Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanmoqda.

🎓Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 20-apreldan 20-mayga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 150 nafar (o'zbek guruhi - 125 nafar, rus guruhi - 25 nafar); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 216 165 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ 71 200 02 35
☎️ 71 233-66-36 (1018)

📌 Kanalga ulanish
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Andijonga boʻlgan xizmat safari davomida Ulugʻnor tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi “Sariqsuv” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Ushbu loyiha asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot tayyorlanib, qilingan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Shu bilan birga, Adliya vaziri tomonidan “Sariqsuv” mahalla yettiligi aʼzolari bilan davra suhbati olib borilib, ularning ish faoliyati, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

Shuningdek, Adliya vaziri va Respublika ishchi guruhi xodimlari tomonidan Prezidentning 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazilib, masʼul xodimlarning joriy yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari hisoboti tinglandi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning bartaraf qilinishi yuzasidan masʼullarga tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish