ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Avval xabar berganimizdek, hududlarda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi o‘rganilmoqda.

Adliya vaziri topshirig‘iga asosan, Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan hududlarda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan notarial arxivlarda arxiv ishini tashkil etilganligi holati hamda tuman (shahar)lardagi ayrim notariuslar faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazilmoqda.

Respublikamiz hududlari bo'ylab ishchi guruh tomonidan “Yuridik yordam” axborot tizimini yo'lga qo'yish holati, bu borada adliya bo‘limlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikdagi faoliyati o‘rganilmoqda.

Xususan, Xorazm va Navoiy viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarida surishtiruvchi va tergovchilar, shuningdek tuman adliya bo'limlari mas'ullari ishtirokida surishtiruv va tergov organlarida jismoniy shaxslarni himoya huquqi bilan ta'minlashda “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali davlat hisobidan advokatni jalb etilishi tartibi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Bu kabi tadbirlar boshqa hududlarda ham davom etadi.

📌 Kanalga ulanish
Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi — CPR Xalqaro mediatsiya musobaqasi g‘olibi bo'ldi.

Braziliyaning San-Paulu shahrida o‘tkazilgan nufuzli CPR Xalqaro mediatsiya musobaqasi yakunlandi.

Nyu Yorkdagi Xalqaro nizolarning oldini olish va hal qilish xalqaro instituti tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar mediatsiya jarayonida muzokara yuritish, nizolarni hal etish bo‘yicha ko‘nikmalarini namoyish etdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti professori Otabek Narziyev murrabbiyligidagi Sarvarxon Nosirxonov, Madinabonu Abdulazizova va Roziyaxon Kuchkarovadan iborat TDYU jamoasi ilk ishtirokdayoq nufuzli xalqaro musobaqaning g‘olibi bo‘ldi.

Shuningdek, jamoa a’zosi Roziyaxon Kuchkarova “Eng yaxshi mediator” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.

Bugun Toshkent xalqaro aeroportida jamoa a'zolari tantanali ravishda kutib olindi.

📌 Kanalga ulanish
#qiziqarli

2025-yilning I choragida ro'yxatdan o'tgan brendlar soni bilan quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari bilan Parlamentlararo ittifoqning qo‘mita raisi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida joriy yilning 9-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov bilan Parlamentlararo ittifoqning Milliy guruhi ijroiya qo‘mitasi raisi Sasha Djuich o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil...

📌 Kanalga ulanish
#qiziqarli

Intellektual mulk sohasidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BMT Bosh kotibining Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Najat Maalla xonim boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Adliya vaziri o'rinbosari A.Karimov mehmonlarga so‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berdi.

Xususan, Adliya vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan hamda 2024-yil 14-noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun mohiyatiga e'tibor qaratildi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan 2024 – 2034 yillarda bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yanada takomillashtirish strategiyasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar joriy yilning 29-30 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan "Tashkent Law Spring" xalqaro yuridik forumida bolalarni onlayn zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha seminar trening o‘tkazishga kelishib oldilar.

📌 Kanalga ulanish
📄 Hamkorlik memorandumi imzolandi

2025-yil 9-aprel kuni Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlar markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝 Ushbu memorandum quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni ko‘zda tutadi:

raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash;

raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish;

raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;

raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohadagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish va boshqalar.

Uchrashuvda Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti direktori N.Tillayev mazkur memorandum ikki tashkilot oʻrtasida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni mustahkamlab, fuqarolarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda sogʻlom raqobat muhitini taʼminlashga xizmat qilishini ta'kidladi.

#Hamkorlik #Memorandum #RIAInstituteNEWS

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

❗️Hurmatli fuqarolar!

2025-yil 10-aprel kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar Marg'ilon shahridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotidagi nosozliklar tufayli ta'minot vaqtincha o‘chirilganligi ma'lum bo'ldi.

Shu sababli Marg'ilon shahar Davlat xizmatlari markazi hamda shahar FHDY bo'limida ham elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan.

Fuqarolardan yaqin hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlarini yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini so‘raymiz.

Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz!

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM