ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xushxabar!

🔔 Andijonda 20 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Joriy yilning 10-aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyada Jami 20 nafar, shundan Ulug‘nor tumanida 13 nafar, Asaka tumanida 5 nafar va Qo'rg'ontepa tumanida 2 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

Qonun bilan fuqarolarning mulkka bo‘lgan huquqlari tan olinadi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi.

Qonun ijrosi Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, viloyat bo‘yicha barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarni e'tirof etish bo‘yicha mahalliy Kengashlarning qarorlari qabul qilinadi.

🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi

📌 Kanalga ulanish
Adliya xodimlari uchun navbatdagi psixologik trening o‘tkazildi.

Adliya vazirligida psixolog Dilbar Xodjimuxamedova ishtirokida xodimlar uchun amaliy trening tashkil etildi.

Tadbir davomida inson psixologiyasi, ichki kuchlarni tiklash usullari hamda hayotiy vaziyatlarga ijobiy munosabatni shakllantirish masalalari o‘rganildi.

Treningda ishtirokchilar samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan asosiy ichki resurslarni boshqarish, stressni yengib o‘tish va quvvatni tiklash yo‘llari bo‘yicha foydali bilim va tavsiyalarga ega bo‘lishdi. Psixolog his-tuyg‘ularni boshqarish va samaradorlikni saqlab qolish bo‘yicha hayotiy misollar orqali tushuntirish berdi.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar davomida kasbiy charchashning oldini olish, shaxsiy imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlashning ahamiyati alohida e’tibor qaratildi.

Bunaqangi davomli treninglar xodimlarning ruhiy farovonligini ta’minlash, barqaror va g‘ayratli jamoani shakllantirish yo‘lida o‘z natijalari berib kelmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_yuridik_forum.

2025-yil 29-30-may
Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.

❗️Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”


Huquqning zamonaviy tendensiyalari yuristlar, IT va biznes vakillari, olim va ekspertlar birlashgan xalqaro muhokama maydonida.

Bunday imkoniyat har 2-yilda 1 marotaba boʻlishi mumkin.
Qoʻldan chiqarmang.

Ro'yxatdan o'tish uchun 👉🏻 https://reg.tashkentlawspring.uz

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqizimida

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda


Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi salomatligini ta’minlashga qaratilgan tibbiyot sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlari ijrosi Buxoro viloyati misolida.

📌 Kanalga ulanish
Qashqadaryoda 18 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Joriy yilning 10-aprel kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining navbatdagi o`ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyada Jami 18 nafar, shundan Nishon tumanidan 14 nafar, Chiroqchi tumanidan 3 nafar va G`uzor tumanidan 1 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qonun ijrosi Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarini e’tirof etish ishlari davom ettiriladi.

📌 Kanalga ulanish
Dunyoga mashhur "Pandora" brendining kontrafakt nusxalari sotuviga chek qo'yildi.

Daniyaning "Pandora AS" kompaniyasi murojaatini o'rganish davomida 2 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan "Pandora" zargarlik buyumlarining kontrafakt nusxalari savdoga taklif etilayotgani aniqlandi.

Qonun buzilish holatlari yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritilib, kontrafakt mahsulotlarning sotuvdan olib tashlanishi ta'minlandi.

"Forbes" ma'lumotlariga ko'ra, "Pandora" kompaniyasining 2024-yil yakunlari bo'yicha daromadi 4,2 mlrd AQSh dollariga teng bo'lib, 100 dan ortiq mamlakatda 7800 dan ortiq rasmiy savdo nuqtalari mavjud.

📌 Kanalga ulanish
Samarqandda 30 nafar shaxsga tegishli yer hamda bino va inshootlarga boʻlgan huquqlar eʼtirof etildi.


Bugun Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oʻninchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonun ijrosi yuzasidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarov axboroti eshitildi.

Tadbir davomida Kattaqoʻrgʻon tumanida 10 nafar, Bulungʻur tumanida 10 nafar, Payariq tumanida 6 nafar, Kattaqoʻrgʻon shahrida 2 nafar, Toyloq tuman 1 nafar, Narpay tumanida 1 nafar fuqarolarning yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga nisbatan huquqlarini eʼtirof etish yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qarori qabul qilindi hamda mazkur fuqarolarga ushbu hujjat tantanali topshirildi.

- Qirq yil ilgari «Qiyot« mahallasidan yer olib, uy-joy solib hozirgacha yashab kelyapmiz, — deydi Kattaqoʻrgʻonlik 69 yoshli Nurmahmud ota Rizanov. — Ammo ushbu uyimizga nisbatan mulk huquqi yoʻq edi. Yillar davomida shu kunlarni kutib yashadik. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bugundan mazkur uy-joyimizning qonuniy egasi boʻldik.


📌 Kanalga ulanish