ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor boʻlsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda “Timsol”, “Moʻjaz”, “Milla Amor” kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BOʻLIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘”Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yigʻilishlarida masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi belgilandi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududlarda ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Bekobod shahrida sayyor qabul oʻtkazildi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar masʼullari qatnashib, 30 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda 3 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 11 ta murojaat koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi, qolgan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Davlat xizmatlari koʻrsatilib, 1 ta oilaning farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyilishi taʼminlandi.

Shu bilan birga "Farxod" mahallasida yashovchi ijtimoiy ogʻir ahvoldagi oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib, yordam koʻrsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari “Arabxona” mahallasida ijtimoiy-huquqiy muammolarni oʻrganmoqda

Xabar berganimizdek, adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Qarshi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining F-18-son farmoyishi ijrosi doirasida bahor mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, shahardagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish harakatlari va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganmoqda.

Vazir oʻrinbosari ishchi guruh bilan birgalikda “Arabxona” mahallasida fuqarolar va “yettilik” bilan ochiq muloqot oʻtkazdi, sohaga oid qonunchilik toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, ijtimoiy ahvoli ogʻir aholi qatlamining hayotini yaxshilash uchun — chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirishda imtiyozli kreditlar taqdim etish, aholiga byudjet yuritish va hokazolar haqida oʻz takliflarini berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka koʻra, uch yoshga toʻlmagan bolaning byudjet tashkilotlarda ishlaydigan onasiga haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi va bunda ish haqi kamaytirilmaydi.

Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga toʻlmagan bolaning (16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) onasining iltimosiga koʻra tibbiy xulosa asosida toʻliqsiz ish vaqtini belgilashi shart.

16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan onaga oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqshunos_oshxonasi

Bloger ham soliq toʻlaydimi?

Bugungi kunda yuristlar qaysi mavzularda oʻz malakasini oshirishi kerak? Malakani onlayn shaklda ham oshirish mumkinmi bu holatda ham sertifikat beriladimi? Oʻzbekistonlik yuristlar chet-elda ham malaka oshirsa boʻladimi? Tashkilot va korxonalar uchun yuridik audit qanchalik muhim? Yurist ham bloger boʻla oladimi? Blogerlarning huquqiy bilimi qay darajada?

“Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida ushbu savollarga javoblar yoʻllandi.

Toʻliq video 👉 https://youtu.be/KLH6Y7Ul3ZA

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Qarshi shahrining “Otchopar” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.

30 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari tinglandi, 10 ta murojaat koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi, 25 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Xususan, Shuxrat Nasriyev Noqonuniy qurilgan savdo doʻkoniga kadastr hujjati rasmiylashtirib berishni va chiqarilgan 51 000 000 soʻm jarimani bekor qilishda, Ostanoqul Allayorov savdo doʻkoniga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam soʻradi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan qonuniy nikohdan oʻtish, ijtimoiy himoya, kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq murojaatlar yoʻllandi. Ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM