ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va yasharish ayyomi, 21-mart – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliyadan yana bir tuhfa

Navoiy viloyatida adliya organlarining yana bir binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi masʼullari, viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan binoda zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor berilgan. Uning yer maydoni 2000 kv. metrdan ortiq.

Bu yerda 4 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi FHDY arxivi va notarial arxiv, Oʻzbekiston Notarial palatasi hududiy boshqarmasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Navoiy viloyat boʻlimi xalq xizmatida.

Binoda fuqarolarning sifatli huquqiy xizmatdan foydalanishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligining “Ziyo ulash” loyihasi davom etmoqda.

“Bukkrossing”da barcha birdek faol: san’atkorlardan sportchilargacha.

💡 Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sirdaryoda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 4 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi

“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 20-mart kunidagi 2-sonli yig‘ilish qaroriga asosan Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar R.Eminov, Sh.Sindarov, M.Xudoyberdiyeva hamda Boyovut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius L.Boltayevning litsenziyasining amal qilishi 2025-yil 21-mart kunidan boshlab 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor boʻlsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda “Timsol”, “Moʻjaz”, “Milla Amor” kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BOʻLIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘”Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yigʻilishlarida masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi belgilandi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududlarda ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Bekobod shahrida sayyor qabul oʻtkazildi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar masʼullari qatnashib, 30 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda 3 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 11 ta murojaat koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi, qolgan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Davlat xizmatlari koʻrsatilib, 1 ta oilaning farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyilishi taʼminlandi.

Shu bilan birga "Farxod" mahallasida yashovchi ijtimoiy ogʻir ahvoldagi oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib, yordam koʻrsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM