ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Ayrim davlat xizmatlari xususiy sektorga oʻtkaziladi

Davlat xizmatlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2025-yil 1-iyuldan 11 ta davlat xizmatlari xususiy sektorga oʻtkazilmoqda. Bu esa xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.

✔️Jamoat birlashmalari yoki uyushmalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar:
Rieltorlarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
Baholovchilarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
Sud boshqaruvchisi malaka attestatsiyasini berish;
Baholovchilarga toifalar berish;
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish;
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.

✔️Akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar:
Hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish;
Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya);
Kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish jarayonini nazorat qilish;
Yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishi hamda rekonstruksiya qilish ishlarini nazoratdan oʻtkazish;
“M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini sertifikatlash.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi
PQ-78-son qarori.

❗️Davlat xizmatlari borgan sari qulay va yaqin boʻlishi uchun islohotlar davom etadi!


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oliya Majlis Senatida mahalliy Kengashlarning mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari, mahalliy Kengashlar kotibiyatlari xodimlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar oʻtkazildi.

Seminarda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashni taʼminlash hamda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlarni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar vakillarining axborotlari eshitildi.

Muhokamada mahalliy Kengashlarning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror loyihalari “E-qaror” yagona elektron tizimi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi va uning natijasi boʻyicha tegishli huquqiy xulosalar berilishiga alohida eʼtibor qaratishlari zarurligi taʼkidlandi.

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarning oldini olish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya

📣 Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi oʻtkaziladi

3-mart – 31-avgust kunlari adliya organlari tomonidan maxsus huquqiy aksiya oʻtkaziladi! Maqsad — hujjatsiz yurayotgan fuqarolar muammosini hal qilish.

Aksiya davomida:
✔️“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida JShShIR shakllantirish orqali fuqarolarning oila tarkibini shakllantirish choralari koʻriladi;
✔️ “Hujjatlarni tekshirish va xatoliklarni tuzatish” burchaklari tashkil etiladi;
✔️ Hujjatlardagi xatolar joyida bartaraf qilinadi.

Hujjatingizda muammo bormi? Keling, barchasini hal qilamiz!

❗️Shaxsiy hujjatlar — huquqlaringiz garovi!


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Bepul yuridik yordam: milliy va xalqaro tajriba

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquq_vaqti

Noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarni qaytarib olish mumkinmi?


Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Dildora Xashimova bilan qonunchilikdagi soliq imtiyozlari, ulardan foydalanish tartibi hamda soliq deklaratsiyasini qanday to‘ldirish haqida suhbatni "Huquq vaqti"da tomosha qilling.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/IlbnW_0E2SA

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Davlat xizmatlari markazlari – aholi ogʻirini yengil qilayotgan maskan

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Oʻzingizni oʻzingiz band qilsangiz, sizga pensiya tayinlanishini bilasizmi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yuridik_lokatsiya

Qabrda qolgan haqiqat

70 yoshli sohibqironning sogʻlom suyaklari, rentgen qogʻozdagi qaydlar, qabr ochilishi bilan boshlangan urush haqidagi haqiqatlar “Yuridik lokatsiya”ning navbatdagi sonida.

Videoni koʻrish 👉 https://youtu.be/IIzpj2qUgY0

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

❗️“Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi oʻtkaziladi

Aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

Birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish;

Huquqiy muammolarni bartaraf qilish;

“Adliya kuni”, “Huquqiy targʻibot kuni” loyihalari;

Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha maʼlumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

kurslar.huquqiyportal.uz elektron tizimida ayollar huquqiga oid bepul onlayn oʻquv kurslarini tashkil etish;

“Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish;

Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Pensiya hisoblash uchun qaysi davrdagi ish haqi inobatga olinadi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot 👉infografikada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Xodimga ish kuni davomida dam olish uchun qancha tanaffus berilishi kerak

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Samarqand noni”ni milliy brend sifatida shakllantirish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi


Bugun, 3-mart kuni Samarqand shahrida Adliya vazirligi tomonidan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Samarqand noni”ni milliy brend sifatida shakllantirish masalalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda mahalliy nonvoylarga mahsulotni geografik ko‘rsatkich sifatida muhofaza qilish orqali undan qo‘shimcha daromad manbai sifatida foydalanishning yo‘llari va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun: Adliya vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi o‘rtasida “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichini targ‘ib qilish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️DIQQAT EʼLON‼️

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Oʻzbek ayoli - oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy IV Respublika fotokoʻrgazmasiga taklif etamiz!

Joriy yilning 6-10-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida "SPORT TARIXIDA MATONATLI AYOL SIYMOSI!" nomli IV Respublika fotoko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 6-mart kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.
Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.

📍Fotoko‘rgazma 10-martgacha davom etadi.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube