This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqshunos_oshxonasi
Oʻzbekistonda 5-yilda suv tugaydi(mi)?
Oʻzbekistonda suvning qurib ketishiga nima sabab boʻlmoqda? Ichimlik suvi narxlari yana qanchaga koʻtariladi? Oʻzbekiston suv tanqisligi boʻyicha Markaziy Osiyoda “yetakchi”mi?
“Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida shu va shu kabi savollar eʼtibor markazida boʻldi.
Toʻliq video 👉 https://youtu.be/b0ZbCUayEqo
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Hududiy adliya organlari tizimida yilning eng yaxshi xodimlari aniqlandi

👍1
#Intellektual_mulk
🌍 Geografik koʻrsatgich sifatida roʻyxatdan oʻtgan mashhur non mahsulotlari
➖Samarqand noni (Oʻzbekiston) — qattiq bugʻdoy uni, noyob retsepti va pishirilishi bilan mashhur. Asl Samarqand noni faqat shu hududda tayyorlanishi bilan ajralib turadi. “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
➖ Pane di Altamura (Italiya) — Apuliya mintaqasining Altamura shahri noni. U faqat mahalliy bugʻdoydan tayyorlanadi va 2003-yilda Yevropa Ittifoqining (PDO – Protected Designation of Origin) maqomini olgan birinchi non mahsuloti hisoblanadi.
➖Pain Poilâne (Fransiya) — anʼanaviy fransuz qishloq noni, tabiiy xamirturush asosida pishiriladi va oʻzining oʻziga xos nordon taʼmi bilan mashhur.
➖Campaillou Bread (Belgiya) — tabiiy fermentatsiya yoʻli bilan tayyorlanadigan va maxsus usulda pishiriladigan belgiyalik non mahsuloti.
➖Borodinskiy non (Rossiya) — maxsus koriandr va javdar unidan tayyorlanadigan ruscha qora non. Oʻziga xos taʼmi va uzoq saqlanish xususiyati bilan mashhur.

#Ochiq_adliya
⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.
📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:
▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.
❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Adliya vazirligida BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlinma rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun, 26-fevral kuni adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlinma rahbari Matilda Bogner bilan uchrashdi.
Uchrashuvda adliya vaziri oʻrinbosari mehmonlarga soʻngi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda ushbu islohotlarda BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlinmasining oʻrni haqida gapirib oʻtdi.
Shuningdek, BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining universal davriy hisoboti doirasida Oʻzbekiston Respublikasining davriy hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tavsiyalari muhokama qilindi.
Ushbu davriy hisobot doirasida Oʻzbekistonda erishilgan yutuqlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlari, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza takomillashtirilganligi natijasida bugungi kunga kelib inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilish, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalarda qariyb 10 mingta nodavlat notijorat tashkilotlar erkin faoliyat yuritayotgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar BMTning tegishli qoʻmitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdilar.

#Muhim
📣 📣 OʻzNNTMA NNT rahbarlari uchun malaka oshirish kurslariga talabgorlar arizalari qabuli boshlanganligini e'lon qiladi
Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
Sanasi: 2025-yil 7—17-aprel
Qabul kvotasi: 83 nafar NNT rahbari
❗️ Malaka oshirish kursi bepul!
🗂 Hujjatlar "zip fayl" koʻrinishida akademiyaoquvlar@gmail.com elektron pochtasiga yuboriladi:
1. Ariza (ilovaga muvofiq);
2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi (obyektivka, word formatda);
3. NNT rahbari etib saylanganligi to‘g‘risidagi hujjat (buyruq)dan ko‘chirma;
4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti,
ID kartasi) nusxasi;
5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);
6. NNT guvohnomasi nusxasi.
7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati (agar yuqori tashkiloti mavjud bo‘lsa).
Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatda nomzod tanlovda ishtirok etmaydi.
❗️ Arizalar 2025-yil 20-martga qadar qabul qilinadi.
Saralab olish bo‘yicha tanlov 👉Nizomi.
Murojaat uchun:
(55) 503-05-12, (97) 433-79-77
📌 Kanalga ulanish
Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
Sanasi: 2025-yil 7—17-aprel
Qabul kvotasi: 83 nafar NNT rahbari
1. Ariza (ilovaga muvofiq);
2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi (obyektivka, word formatda);
3. NNT rahbari etib saylanganligi to‘g‘risidagi hujjat (buyruq)dan ko‘chirma;
4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti,
ID kartasi) nusxasi;
5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);
6. NNT guvohnomasi nusxasi.
7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati (agar yuqori tashkiloti mavjud bo‘lsa).
Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatda nomzod tanlovda ishtirok etmaydi.
Saralab olish bo‘yicha tanlov 👉Nizomi.
Murojaat uchun:
(55) 503-05-12, (97) 433-79-77
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻyicha xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar tashkil etildi
15-fevraldan intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berilgan.
Uning doirasida 25–26-fevral kunlari kontrafaktga qarshi kurashuvchi vakolatli davlat organlari, xususan, adliya, bojxona, soliq organlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlarining kontrafakt mahsulotlarni aniqlash boʻyicha bilim va tajribalarini oshirish maqsadida xalqaro ekspertlar jalb qilingan holda seminar oʻtkazildi.
Tadbirda “React” xalqaro kontrafaktga qarshi kurashish tashkiloti ekspertlari, “Panasonic” brendi vakillari hamda “Settle” advokatlik firmasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda intellektual mulk huquqini buzganlik boʻyicha yetkazilgan zararni qoplash, kontrafakt mahsulotlarni tezkorlik bilan aniqlash boʻyicha master-klass oʻtkazilib, huquqbuzarlik ashyolarini olib qoʻyish hamda bojxona va politsiya organlarining kontrafaktga qarshi kurashish, shuningdek, Qozogʻiston Adliya vazirligining intellektual mulk huquqini himoya qilish amaliyoti haqida axborot berib oʻtildi.

Adliya vazirligi tomonidan Yuristlar malakasini oshirish markazi va “Madad” NNT bilan hamkorlikda “Aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyaning maqsadi — aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatishning amaldagi holati, milliy va xalqaro tajriba, amaliyotdagi muammolar, qonunchilikdagi boʻshliqlar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari hamda takliflarni muhokama qilishdan iborat.
Konferensiyada 20 dan ortiq sohaga aloqador vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishdi hamda konferensiya konstruktiv muloqot va munozaralarga boy formatda boʻlib oʻtdi.

#Bilasizmi
Advokatura: bepul yuridik yordam olish oson
Davlat hisobidan yuridik yordam nima? U kimlarga va qay hollarda koʻrsatiladi? Ushbu yordamni olish tartibi qanday?
Mazkur savollarga📎 video orqali javob oling.
📌 Kanalga ulanish
Advokatura: bepul yuridik yordam olish oson
Davlat hisobidan yuridik yordam nima? U kimlarga va qay hollarda koʻrsatiladi? Ushbu yordamni olish tartibi qanday?
Mazkur savollarga
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk
“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda
“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida huquq egalaridan kelib tushgan murojaatlarga asosan “R.A” hamda “I.A” MChJlarda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazilib, “Ozone” soʻzidan qurilish obyekti peshlavhasida, shuningdek, “ADM” soʻzidan firma nomida huquq egalarining roziligisiz foydalanib kelingan holat aniqlandi.
Olib borilgan tushuntirishlar natijasida huquqbuzarlik holati tekshiruv oʻtkazilgan kunning oʻzida “R.A” hamda “I.A” MChJlar tomonidan bartaraf etildi.
Ushbu korxonalarga intellektual mulk huquqlariga rioya qilish hamda kelgusida bu kabi qonun buzilish holatlariga takroran yoʻl qoʻyilgan taqdirda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanilishi yuzasidan ogohlantirildi.

#Infografika
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyati haqida umumiy ma'lumot 👉 infografikada

#Adliya_hudud
Hududiy adliya organlari: kun davomida
🖥 Oʻzbekiston tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Bozor Yaypan” mahallasida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholi bilan muloqotlar oʻtkazildi.
🖥 Yakkabogʻ tumanida “Qoʻshchinor”, “Mevazor”, “Madaniyat”, “Ulamji” va “Sovuqbuloq” mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
🖥 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Gʻuzor tumanining “Obod”, “Tinchlik”, “Amir Temur” mahallalarida sayyor qabul tashkil etildi.
🖥 Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
🖥 Qamashi tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan “Paxtaobod” mahallasida yashovchi fuqarolarga sayyor xizmatlar tashkil qilindi.
🖥 Namangan shahar davlat xizmatlari markazida OAV vakillari uchun press-tur hamda matbuot anjumani oʻtkazildi.
🖥 Navbahor tumani adliya boʻlimi tomonidan “Paxtakor” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
🖥 “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Quvasoy shahar “Qoʻchqorchi” mahallasida yashovchi Bozorjonovlar oilasining ikki nafar farzandi tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga ega boʻldi.
🖥 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
🖥 Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
🖥 Pastdargʻom tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Kamolot”, “Guliston”, “Balxiyon”, “Ilm” va “Sovuqbuloq” mahallalarida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi.
🖥 Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
📌 Kanalga ulanish
Hududiy adliya organlari: kun davomida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Anderrayting faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3610, 2025 yil 28-fevral) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu Nizom bilan qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish tartibi, shuningdek qimmatli qogʻozlarni chiqarish va (yoki) joylashtirishda emitent va anderrayter oʻrtasidagi munosabatlarning asoslari belgilandi.
Unga koʻra, anderrayting faoliyati investitsiya vositachilari va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, anderrayting faoliyatini amalga oshirish uchun:
➖investitsiya vositachilari qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan berilgan investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga;
➖tijorat banklari esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi lozim.
Emitent va anderrayter oʻrtasidagi qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan anderrayting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda ehtimoliy zarar koʻrish tavakkalchiligini taqsimlash maqsadida anderrayterlarning vaqtinchalik birlashmasi tashkil etilishi mumkin.