ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Maqsad — qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatni oshirishdir.

Hamkorlik doirasida bir nechta yoʻnalishlar belgilab olindi. Jumladan, qonun loyihalarini ishlab chiqish, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazish, qonun ijodkorligi sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va ilgʻor tajribani milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash kabi masalalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.

Shu bilan birga, oʻzaro manfaatli dolzarb yoʻnalishlarda konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalari hisobga olindi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.05.07-24 “Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 335, 24.02.2025-y.) hisobga olindi.

Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari aholi punktida joylashgan avtomobillar, mikroavtobuslar, mototransport va velotransportlar avtoturargohlarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.

Xususan, avtoturargohlarni loyihalashtirishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:

nogironligi boʻlgan shaxslar uchun avtomobillarni saqlash joylarini yer usti avtoturargohlarining birinchi qavatiga, yer osti avtoturargohlarining yuqoridan birinchi qavatiga “Nogironlar” yoʻl belgilari oʻrnatish orqali joylashtirish;

avtoturargohlarda ularga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xizmat xonalari (nazorat va kassa punktlari, sanitariya uzellari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan xonalar), muhandislik-texnik taʼminoti tarmoqlari, yoʻlovchi liftlari, yuvish joylari, avtomobillar shinalarini saqlash xonalarini loyihalash;

koʻp qavatli avtoturargohlarda avtomobillar harakatlanishi uchun panduslar, qavatlararo qiya yopmalar, maxsus avtomobil liftlari yoki mexanizatsiyalashgan qurilmalar boʻlishi;

avtoturargohlar ikki va undan ortiq qavatda joylashtirilganda, yongʻin vaqtida havo bosimi beriladigan shaxtalarga kamida ikkita yuk liftini oʻrnatish zarurligi;

yopiq turdagi avtoturargohlardagi elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari bilan jihozlangan avtomobil-oʻrinlarni oʻz ichiga olgan xonaning bir qismi 1200 m2 dan oshmaydigan alohida yongʻinga qarshi seksiyaga ajratilishi;

elektromobillar va gibrid avtomobillarni quvvatlantirish stansiyalari oʻrnatilgan avtomobil-oʻrinlariga ega yopiq avtoturargohlar, maydonidan qatʼi nazar avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanishi;

koʻp kvartirali uylarda uyning birinchi qavatida kvartiralar joylashgan holda uyning birinchi qavati bilan yer osti avtoturargohini noturar qavat yoki texnik qavat bilan ajratilishi;

avtoturargohlar turidan, sigʻimi va foydalanish sharoitidan kelib chiqib (elektr taʼminoti, elektr yoritish, avariya (evakuatsiya) rejimidagi yoritish, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqazib yuborish, isitish, ventilyatsiya, avtomatik yongʻin oʻchirish signalizatsiyasi, video kuzatuv) muhandislik tizimlari va jihozlari bilan taʼminlanishi kabilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqshunos_oshxonasi

Oʻzbekistonda 5-yilda suv tugaydi(mi)?

Oʻzbekistonda suvning qurib ketishiga nima sabab boʻlmoqda? Ichimlik suvi narxlari yana qanchaga koʻtariladi? Oʻzbekiston suv tanqisligi boʻyicha Markaziy Osiyoda “yetakchi”mi?

“Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida shu va shu kabi savollar eʼtibor markazida boʻldi.

Toʻliq video 👉 https://youtu.be/b0ZbCUayEqo

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududiy adliya organlari tizimida yilning eng yaxshi xodimlari aniqlandi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Intellektual_mulk

🌍 Geografik koʻrsatgich sifatida roʻyxatdan oʻtgan mashhur non mahsulotlari

Samarqand noni (Oʻzbekiston) — qattiq bugʻdoy uni, noyob retsepti va pishirilishi bilan mashhur. Asl Samarqand noni faqat shu hududda tayyorlanishi bilan ajralib turadi. “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Pane di Altamura (Italiya) — Apuliya mintaqasining Altamura shahri noni. U faqat mahalliy bugʻdoydan tayyorlanadi va 2003-yilda Yevropa Ittifoqining (PDO – Protected Designation of Origin) maqomini olgan birinchi non mahsuloti hisoblanadi.

Pain Poilâne (Fransiya) — anʼanaviy fransuz qishloq noni, tabiiy xamirturush asosida pishiriladi va oʻzining oʻziga xos nordon taʼmi bilan mashhur.

Campaillou Bread (Belgiya) — tabiiy fermentatsiya yoʻli bilan tayyorlanadigan va maxsus usulda pishiriladigan belgiyalik non mahsuloti.

Borodinskiy non (Rossiya) — maxsus koriandr va javdar unidan tayyorlanadigan ruscha qora non. Oʻziga xos taʼmi va uzoq saqlanish xususiyati bilan mashhur.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlinma rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun, 26-fevral kuni adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlinma rahbari Matilda Bogner bilan uchrashdi.

Uchrashuvda adliya vaziri oʻrinbosari mehmonlarga soʻngi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda ushbu islohotlarda BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlinmasining oʻrni haqida gapirib oʻtdi.

Shuningdek, BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining universal davriy hisoboti doirasida Oʻzbekiston Respublikasining davriy hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tavsiyalari muhokama qilindi.

Ushbu davriy hisobot doirasida Oʻzbekistonda erishilgan yutuqlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlari, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza takomillashtirilganligi natijasida bugungi kunga kelib inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilish, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalarda qariyb 10 mingta nodavlat notijorat tashkilotlar erkin faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar BMTning tegishli qoʻmitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣📣 OʻzNNTMA NNT rahbarlari uchun malaka oshirish kurslariga talabgorlar arizalari qabuli boshlanganligini e'lon qiladi

Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

Sanasi: 2025-yil 7—17-aprel

Qabul kvotasi: 83 nafar NNT rahbari

❗️Malaka oshirish kursi bepul!

🗂 Hujjatlar "zip fayl" koʻrinishida akademiyaoquvlar@gmail.com elektron pochtasiga yuboriladi:

1. Ariza (ilovaga muvofiq);
2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi (obyektivka, word formatda);
3. NNT rahbari etib saylanganligi to‘g‘risidagi hujjat (buyruq)dan ko‘chirma;
4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti,
ID kartasi) nusxasi;
5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);
6. NNT guvohnomasi nusxasi.
7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati (agar yuqori tashkiloti mavjud bo‘lsa).

Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatda nomzod tanlovda ishtirok etmaydi.

❗️Arizalar 2025-yil 20-martga qadar qabul qilinadi.

Saralab olish bo‘yicha tanlov 👉Nizomi.

Murojaat uchun:
(55) 503-05-12, (97) 433-79-77

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻyicha xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar tashkil etildi


15-fevraldan intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berilgan.

Uning doirasida 25–26-fevral kunlari kontrafaktga qarshi kurashuvchi vakolatli davlat organlari, xususan, adliya, bojxona, soliq organlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlarining kontrafakt mahsulotlarni aniqlash boʻyicha bilim va tajribalarini oshirish maqsadida xalqaro ekspertlar jalb qilingan holda seminar oʻtkazildi.

Tadbirda “React” xalqaro kontrafaktga qarshi kurashish tashkiloti ekspertlari, “Panasonic” brendi vakillari hamda “Settle” advokatlik firmasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda intellektual mulk huquqini buzganlik boʻyicha yetkazilgan zararni qoplash, kontrafakt mahsulotlarni tezkorlik bilan aniqlash boʻyicha master-klass oʻtkazilib, huquqbuzarlik ashyolarini olib qoʻyish hamda bojxona va politsiya organlarining kontrafaktga qarshi kurashish, shuningdek, Qozogʻiston Adliya vazirligining intellektual mulk huquqini himoya qilish amaliyoti haqida axborot berib oʻtildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Yuristlar malakasini oshirish markazi va “Madad” NNT bilan hamkorlikda “Aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyaning maqsadi — aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatishning amaldagi holati, milliy va xalqaro tajriba, amaliyotdagi muammolar, qonunchilikdagi boʻshliqlar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari hamda takliflarni muhokama qilishdan iborat.

Konferensiyada 20 dan ortiq sohaga aloqador vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishdi hamda konferensiya konstruktiv muloqot va munozaralarga boy formatda boʻlib oʻtdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Advokatura: bepul yuridik yordam olish oson

Davlat hisobidan yuridik yordam nima? U kimlarga va qay hollarda koʻrsatiladi? Ushbu yordamni olish tartibi qanday?

Mazkur savollarga 📎 video orqali javob oling.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida huquq egalaridan kelib tushgan murojaatlarga asosan “R.A” hamda “I.A” MChJlarda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazilib, “Ozone” soʻzidan qurilish obyekti peshlavhasida, shuningdek, “ADM” soʻzidan firma nomida huquq egalarining roziligisiz foydalanib kelingan holat aniqlandi.

Olib borilgan tushuntirishlar natijasida huquqbuzarlik holati tekshiruv oʻtkazilgan kunning oʻzida “R.A” hamda “I.A” MChJlar tomonidan bartaraf etildi.

Ushbu korxonalarga intellektual mulk huquqlariga rioya qilish hamda kelgusida bu kabi qonun buzilish holatlariga takroran yoʻl qoʻyilgan taqdirda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanilishi yuzasidan ogohlantirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM